Sport, uning jamiyatdagi ahamiyati va tashkillashtirish tizimlari.
Sport asosini musobaqalar, “maxsulotini” g’oliblar, sport natijalari va muvaffaqiyatlarini tashkil etadigan tarixan tuzilgan inson faoliyati tashkil etadi. Bunda uning asosiy tushunchalari kelib chiqadi: “sport faoliyati”, “musobaqaviy faoliyat”. Sport zamonaviy jamiyat tuzilmasiga kirgan, uning mazmuni universal bo’lib, hajimli tavsifga ega. Uning elimentlari sifatida umumjahon ijtimoiy- siyosiy birligiga turli sport jamiyatlari kiradi: sport masalalari buyicha xalqaro birlashmalar, sport turlari bo’yicha xalqaro fediratsiyalar, texnik sport turlari bo`yicha xalqaro birlashmalar, xalqaro turistik tashkilotlar kiradi. Sport rivojlanishi masalalari BMT, davlatlar parlamentlari tomonidan muhokama etiladi. Ular o`z aksini mamlakatlar konstitutsiyasi, siyosiy partiyalar dasturlarida topiladi; sportni boshqarish davlat darajasida ta’minlanadi.
Sport faoliyatida bazaviy qisim (musobaqalar) va maxsus xizmatlarni ajratishadi, ular uning samarali faoliyatini ta’minlashadi. Sport funksional tuzilmasiga quyidagi qismlar ajratiladi: sport musobaqalari va uning funksiyalanishini ta’minlash (qoidalar, nizomlar, musobqalar grafiklari, hakamlar, tashkilotchilar); mashq; sportchilarni saralash va zaxira; ilmiy va uslubiy ta’minot; soxa bo’yicha kadrlarni ta’minlash; moddiy –texnik ta’minot; musobaqa funksiyasi jarayonini boshqarish va tashkillashtirish.
Jamiyatda sportning funksiyalari xilma –xil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |