Uchunchi guruhni kuch –tezlik yo’nalishidagi asiklik, hamda otish sport turlari tashkil etib (engil atletikadagi irg’itishlar va sakrash , chang’ida trmpilindan sakrash, og’ir atletikaotish turlari), ularda erishilgan natija ulchanadigan ob’ektiv ko’rsatkichlarga qarab belgilanadi. Mazkur sport turlarida raqiblar va sheriklar bilan o’zaro hamkorlik yuz bermaydi. Sportchilar bir –biridan alohida chiqish qilib, tartib musobaqalar nizomiga ko’ra belgilanadi. Taktik moxiyat harakat qismini aniq, intensive va etuk darajada amalgam oshirishga qaratiladi.