qiynaladilar, o‘rganilgan mavzu bo‘yicha og‘zaki hikoya tuzolmaydilar. Shuning
uchun ham tabiatshunoslik darslarida foydalanish uchun nutqiy mashqlar ishlay
turib, o‘qituvchi aqliy ishning muayyan shakllariga — tahlil va sintezga, induksiya
va deduksiyaga eng muhim belgilarni ajratishga,
umumlashtirishga, fikr yuritish
bo‘yicha masalalar yechishga, sabab va oqibat bog‘lanishlarini aniqlashga,
taqqoslash va qarama - qarshi qo‘yishga tayanish kerak.
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari ko‘pincha narsalarning, hodisalarning,
faoliyatning belgilarini ajratishga qiynaladilar, shu sababli bu ishni kuzatishlar bilan
borliq yoki o‘quvchilarning tasavvurlariga asoslanib yoki xotiralari bo‘yicha
o‘tkazish zarur. Kuzatishlar muntazam ravishda xilma-xil materialda (tabiat
hodisalari, ayrim holatda va muvaqqat rivojlanishda, urug‘dan o‘simliklarning
rivojlanishi, bahorda o‘simliklarning uyg‘onishi) olib boriladi. Gul va uning tabiatda
tovlanishini kuzatish ham o‘quvchilarda qiziquvchanlikni tarbiyalashga, o‘rab olgan
olamni ko‘ra bilish va qabul qila olishga yordam beradi.
Bularning hammasi
tafakkur va nutqni rivojlanishini ta‘minlovchi bazadir.
Tabiiy material bilan ish olib borilganda taqqoslashga, tafakkurning
rivojlanuvchi mantiqiga alohida ahamiyat beriladi. Bu uslubning muhimligini
hisobga olib, uni to‘laroq qarab chiqishga to‘g‘ri keladi.
Taqqoslash — bu narsa va hodisalar
o‘rtasidagi o‘xshashlik
va tafovut
belgilarini aniqlash demakdir. Taqqoslash — aqlning tahliliy ishidir. Taqqoslash
jarayoni murakkab va o‘z ichiga sintez, umumlashtirish va xulosani oladi.
O‘quvchilar narsalarning belgilarini ajrata olsalar, muhimni uncha muhim
bo‘lmagandan
farq qila olsalar, shunday sharoitdagi taqqoslash bo‘lishi mumkin,
chunki faqat muhim belgilar bo‘yicha taqqoslash mumkin bo‘ladi.
Taqqoslash uchun topshiriqlar tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur.
Faqat bir-biriga daxlli bo‘lgan narsa va hodisalarni, ya‘ni ular o‘rtasida
o‘xshashlik yoki tafovut bo‘lganligini (archa va qarag‘ay, zarang va chinor, aka-
tsiyani) taqqoslash kerak.
Taqqoslash maqsadga yo‘nalgan holda (masalan, bo‘ri va it, it va mushuk)
bo‘lishi. Taqqoslash faqat tashqi belgilari bo‘yichagina emas, balki xarakteri va
keltiradigan foydasi bo‘yicha ham bo‘lishi mumkin.
Taqqoslash xulosa bilan tugallanishi kerak.
Mashqni ikki narsa yoki hodisani taqqoslash bilan boshlamoq zarur. Keyin
uch, to‘rt va hatto ko‘proq sondagi obyektlarni taqqoslash mumkin bo‘ladi.
Taqqoslashni hammadan ko‘ra bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishdan boshlash qulay
(qum
sochiluvchan, loy esa yopishqoq). Bolalar asta-sekin faqat farq qiladigan
belgilargina emas, balki o‘xshashlarini ham ajrata boshlaydilar, hodisa va
narsalarning eng muhim belgilarini aniqlaydilar.
Maktab oldi uchastkasidagi gulzorda o‘suvchi o‘simliklarni poyasi, barglari,
gullari, mevalari bo‘yicha taqqoslashni taklif qilish mumkin. Taqqoslash asta - sekin
mustaqil hikoya belgilarini kasb etib boradi. Taqqoslash yordamida o‘qituvchi
o‘quvchilar bevosita kuzatmagan, yaqqol ko‘rmagan,
qabul qilish vositasida
sezgilari sezmagan hodisalar o‘rtasidagi boglanishlarni ochib berishi mumkin.
Tahlil — bu butunni
belgilangan qismlarga ajratish, maxsus belgilarga
bo‘lish, o‘xshash narsalarda tafovutni ajrata bilishdir. Masalan, hamma g‘alla
o‘simliklarida ildizi, poyasi, bargi, guli va mevasi bo‘ladi. Ammo bu belgilarning
o‘xshashligida, masalan, bug‘doy va makkajo‘xorida farqlar ham bor.
Sintez — bu bog‘lanishlar
o‘rnatish, umumlashtirish va xulosa chiqarishdir
(g‘alla o‘simliklarining ildizlari ko‘pgina
ingichka ildizchalardan iborat, poyasi
kovak poxol cho‘p, bargi ensiz va uzun, mevasi don).
Fikrlash natijasida ilgari ko‘rilmagan yangi bog‘lanishlarni o‘rnatsa bo‘ladi.
Tafakkur jarayonida o‘quvchi fikr yuritadi, tahlil qiladi, zarur bog‘lanishlarni
aniqlaydi, unga berilgan aniq vazifaga mos keladigan yechim uslublarini fikran
tanlaydi va qo‘llanadi. Aqliy operatsiyalar vositasida u o‘xshash va farq qiluvchi
narsalarni taqqoslaydi va guruhlaydi.
Dostları ilə paylaş: