Tabiatshunoslik
tushunchalari -
bu umumiy muhim belgilari bilan birlashtirilgan obyektlar,
hodisalar, jismlarning butun guruhi to‘g‘risidagi umumlashgan bilimlardir.
Chunonchi, “o‘simliklar” tushunchasiga barcha o‘simliklar uchun umumiy bo‘lgan
muhim belgilari bilan bir guruhga birlashtirilgan har xil narsalar kiradi. Ularning
hammasi o‘sadi, rivojlanadi, nafas oladi, ko‘payadi, ya‘ni tirik organizmlar
hisoblanadi.
Tushunchalarni tasavvurlardan farq qila bilish kerak. Tasavvur — bu sezgi
organlar faoliyatining, xotiraning yoki tasavvur qilishning maxsulidir. Tushuncha-
tafakkur mahsuloti hisoblanadi. Tushunchalar qabul qilinadigan va tasavvur
etiladigan narsalar ustida fikr yuritish natijasida vujudga keladi. Masalan, qushni
tasavvur qilish uchun unga qarash kifoya. O‘sha qush to‘g‘risida tushuncha hosil
qilish uchun esa aniq bilimlar va ularni sistemalashtirish bo‘yicha fikrlash kerak
bo‘ladi.
Qabul qilish va tasavvurlar ayrim narsalarning qiyofasidir. Tushunchalar esa
butun narsalar sinfiga taalluqli umumlashgan mazmunni aks ettiradi. Masalan,
“barg” tushunchasi daraxt, buta, o‘t o‘simliklari o‘sadigan hamma barglarga
taalluqlidir.
Tasavvurlar tushunchalarning sezgili asosi hisoblanadi, biroq tasavvurlar
bilan tushunchalar o‘rtasida keskin chegara yo‘q. Tasavvurlar mazmunning boyib
borishi va ularda narsalarning muhim xossalarini tobora ko‘proq aks ettirib borishi
bilan umumlashadi va tushunchalarga aylanadi. Ayni vaqtda tushuncha o‘z-o‘zidan
vujudga kelmaydi. U yoki bu narsa yoki tabiat obyektlari to‘g‘risida tasavvurlarning
bo‘lishi hali ular to‘g‘risida tushunchadan dalolat bermaydi. Tushuncha ko‘pgina
ayrim hodisalarning muhim belgilarini umumlashgani sifatida hosil bo‘ladi.
Maktabda o‘qishning birinchi yilida bolalar atrof olam bilan tanishish o‘quv
kitobidan ertak va hikoyalarni o‘qish, tabiatdagi kuzatishlar asosida o‘simlik va
hayvon organizmlari to‘g‘risida umumiy oddiy tabiatshunoslik tushunchalarini
oladilar. Kelgusi sinflarda ular tajribalar o‘tkazishda, kuzatishlar, ekskursiyalar,
amaliy ishlar vaqtida tabiat to‘g‘risida aniq tushunchalarga ega bo‘ladilar.
Umumiy tushunchalarni shakllantirishda o‘qituvchi
:
-obyektlarni maqsadga yo‘nalgan holda qabul qilib olinishini tashkil qilishi;
-tabiat jismlari va hodisalari to‘g‘risidagi har bir yangi tushunchani tahlil
qilishi va barcha narsalarda, ilgari o‘zlashtirilganlarda takrorlanadigan muhim
belgilarni ajratishi;
-ikkinchi
darajali
uncha
muhim
bo‘lmagan
barcha
belgilarni
mavhumlashtirish, buning uchun uncha muhim bo‘lmagan turlanadigan belgili,
lekin muhim belgilarini saqlagan (masalan, lola va binafsha, boychechak va lola)
narsalardan foydalanishi lozim.
Tabiatshunoslik
tushunchalarini
shakllantirishda
har
xil
fikrlash
operatsiyalaridan: tahlil, sintez, taqqoslash, mavhumlashtirish, aniqlashtirish,
umumlashtirish kabilardan foydalanishga alohida ahamiyat berish kerak.
Biror o‘simlik, hayvon, jonsiz tabiat obyekti (kompas, termometr) to‘g‘risida
tushuncha hosil qilishda uni fikran qismlarga ajratish, ularning har birini alohida
ko‘rib chiqish zarur.
Narsalarning
ayrim
elementlarini
fikran
ajratish
va
ularni
bir
butunga birlashtirishdan foydalanib, ayrim narsa va hodisalarni bir-biri bilan
taqqoslash (binafsha bilan lolani, chuchmoma bilan binafshani, binafsha bilan
ko‘knorni, tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda o‘simliklar
hayotidagi o‘zgarishlarni) orqali o‘tkazish mumkin. Taqqoslash har xil belgilar:
o‘simlik organlari, tashqi tuzilishi, yil fasllari, foydalanilishi bo‘yicha o‘tkaziladi.
Tushunchalar umumlashtirish, ya‘ni umumiy xossalarga ega bo‘lgan jism va
hodisalarni birlashtirish jarayonida shakllanadi. Umumlashtirish, agar narsa va
hodisalar muhim belgilari bo‘yicha birlashtirilganda to‘g‘ri hisoblanadi. Masalan,
“metall” tushunchasi quyidagi: jaranglash, issiqlik o‘tkazish qobiliyati, chiniqish,
erish kabi umumiy belgilarga ega.
Darslarda xilma-xil metodik uslublarni qo‘llanish, amaliy ish, tajribalar,
ko‘rgazmali qurollardan foydalanish yangi tushunchalarni ongli o‘zlashtirilishini
oshiradi. O‘tkazilgan amaliy ish va tajribalardan kelib chiqqan, puxta o‘ylangan
savollardan foydalaniladigan suhbatlar ularni mustahkamlashga yordam beradi.
Shakllantirilgan tushunchalarni bolalar amalda qo‘llay olishlari kerak Masalan,
bolalar daryolar to‘g‘risidagi tushunchalarni o‘zlashtirib, uning yordamida xaritadan
topishlari, o‘simliklarning ko‘payishi to‘g‘risidagi tushunchani olib, undan tirik
tabiat burchagida yoki maktab oldi uchastkasida qo‘llanishlari kerak ob-havoni
kuzatib, o‘quvchilar kuzatishlar kundaligida qayd qilishga, taqqoslash va xulosalar
chiqarishga (yanvar, fevralda sovuq, martda esa iliqroq) o‘rganishlari kerak.
Tushunchalarni shakllantirishda shuni nazarda tutish kerakki, tushuncha
ayrim elementlarda tarkib topadi. Chunonchi, “tepalik” tushunchasi quyidagi
elementlardan: cho‘qqisi, tagi, tik yonbag‘irlik, yotiq yonbag‘irlik kabilardan tarkib
topadi. Daryo tushunchasi quyidagi unsurlarni: quyilish joyi, boshi (boshlanishi),
o‘zani, o‘ng va chap qirg‘og‘i kabilarni o‘z ichiga oladi.
Tabiat obyektlari va hodisalari to‘g‘risida to‘g‘ri tushuncha hosil qilish uchun
avval ular ustida kuzatish, keyin ularning tasvirini (surat, jadval, xarita, sxema)
qarab chiqish, o‘qituvchining hikoyasi yoki suhbatini eshitish va olingan
tushunchani darslik bo‘yicha mustahkamlash kerak. O‘qituvchining maqsadga
yo‘nalgan ishi tushunchalarning muvaffaqiyatli shakllanishiga yordam beradi.
Yakka tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish. Yakka tushunchalar - bu
yoki boshqa narsalarga, hodisalarga xos bo‘lgan yakka belgilardir. Agar umumiy
tushunchalar atamalar bilan mustahkamlansa, yakka tushuncha esa nomlar yoki
shaxsiy ism bilan ifodalanadi, chunki uning nomida boshqa obyekt bo‘lmaydi.
O‘quvchilar e‘tiborini obyektning umumiy tushuncha bilan bog‘lanishiga
qaratmoq, ya‘ni obyektning yakka xususiyatini ta‘kidlamoq zarur, agar u jo‘g‘rofiya
obyekti bo‘lsa, unda obyektga fazoviy xarakteristika berish, ya‘ni joylashgan o‘rnini
xaritadan aniqlash kerak.
Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishda uncha umumiy bo‘lmagan
tushunchalardan ancha umumiyroq, tushunchalarga olib kelish bo‘yicha mashqlar
katta ahamiyatga molikdir. Masalan, tur doirasidagi “bo‘ri”, “tulki”, “yo‘lbars”,
“sher” tushunchalari avlod doirasidagi “Yirtqichlar” tushunchasiga kiradi. Bunda
farq ettiruvchi xususiyatlar (tur belgilari): junlarining rangi, tana tuzilishi,
harakatlanish xususiyatlari shu hayvonlarning tashqi ko‘rinishidayoq ma‘lum
bo‘ladi. Ularning umumiy avlod doirasidagi belgisi boshqa hayvonning go‘shti bilan
oziqlanish qobiliyatidir. O‘quvchilarni avlod doirasidagi belgilarni tur doirasidan
farq qilishga o‘rgatish uchun har bir tushuncha aniq ifodalangan va aniq belgilarni
o‘zida saqlagan bo‘lishi kerak.
Yakka tushunchalarni shakllantira borib, umumiy tushunchani ochishga
alohida e‘tibor berish lozim. Chunonchi, “daryo” umumiy tushunchasini
shakllantirish uchun uni kuzatish, tahlil qilish va umumlashtirish jarayonida uning
muhim belgilarini ajratish kerak. Buning uchun o‘qituvchi xaritadan Sirdaryo,
Amudaryo, Chirchiq daryolarini ko‘rsatishi, ya‘ni yakka tushunchalar berishi va
bolalardan nimalar umumiy ekanligini so‘rashi mumkin. (Ularning hammasi
oqimga, boshlanish va quyilish joyiga, irmoqlarga, o‘ng va chap qirg‘oqlariga ega).
Shu belgilar asosida “daryo” umumiy tushunchasi shakllantiriladi.
Tabiatshunoslik darslarida yakka tushunchalardan tashqari yig‘ma
tushunchalar ham shakllantiriladi. Ular umumiy belgilarga ega bo‘lgan yakka
tushunchalardan tarkib topadi. Masalan, cho‘llar uchun xos o‘simliklar (saksovul,
qum akatsiyasi, yantoq) ni bir hududda bo‘lishi va umumiy belgilari (uzun ildizlari,
yirik barg plastinkalarining yo‘qligi, tikanlarining bo‘lishi) ni birlashtiradi.
Tabiatshunoslik tushunchalarini samarali o‘zlashtirilishini ta‘minlovchi
metodik sharoitlar. O‘quv materialini o‘quvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirmaslik
hollari ham kam emas. Buning sababi shundaki, ularning bilimlari tasavvurlar
darajasida qolgan. Bu darsda yoki bir mavzu bo‘yicha shakllantirilgan tushunchalar
keyinchalik rivojlantirilmaydi va boshqa tushunchalar bilan bog‘lanmaydi.
Tushunchalarni
rivojlantirishning
zarur
sharoiti
sistemadir. Jumladan,
tabiatshunoslik tushunchalarining hosil bo‘lishi muayyan metodik sharoitlarda
amalga oshadi. Chunonchi, tabiiy obyektni kuzatishlar, qabul qilishni aniqlovchi
mashqlar, o‘qituvchining hayajonli hikoyasi qabul qilishning to‘g‘ri bo‘lishini
ta‘minlaydi. O‘qituvchining savollari xotiradan rasm chizish, har xil narsalarni tanib
olish bo‘yicha mashqlar tasavvurlarning to‘g‘ri bo‘lishiga yordam beradi.
Muammoning aniq qo‘yilishi: o‘qituvchi tomonidan o‘quv materialini bayon qilish
mantiqi; aniqlash va taqqoslash bo‘yicha mashqlar; tushunchalarni bog‘lovchi va
rivojlantiruvchi takrorash sistemasi; umumlashtirishni talab qiluvchi savollar;
tushunchalarni o‘quv va ko‘nikmalar bilan bog‘lovchi savollar tushunchalarning
to‘g‘ri bo‘lishini ta‘minlaydi.
Tabiatshunoslik tushunchalari bevosita qabul qilish — kuzatishlarga
asoslanib, o‘rganilayotgan narsa yoki hodisa to‘g‘risida aniq va ravshan tasavvur
hosil qilingan sharoitda to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Tushunchani birlamchi tarzda hosil
bo‘lishida obyektlar va ko‘rgazmali materialning har xil turlari (jadvallar, sxemalar,
suratlar) katta ahamiyatga egadir.
O‘quvchilar tafakkurini rivojlantirmasdan, ularni fikrlash ishiga jalb
qilmasdan turib tushunchalarning o‘zlashtirilishiga erishish mumkin emas.
O‘quvchilarning fikrlash faoliyatini rag‘batlantirish uchun o‘qituvchi mavzu va dars
boshida ular oldiga muammolar qo‘yadi. O‘quv materialini bayon qila borib, u
o‘quvchilarni sabab va oqibatlarni, tabiat hodisalari o‘rtasidagi boglanishlarni
aniqlashga jalb qilish uchun harakat qiladi. “Jonajon o‘lkaning tabiati” mavzusi
misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin, unda har xil o‘simliklar hayotining tuproq, suv,
oziq moddalar va boshqa omillarga bog‘liqligi (3-sinf), o‘simlik va hayvonlar
hayotining tabiiy sharoitlarga bog‘liqligi (4- sinf) ko‘rsatilgan.
O‘quvchilar jadvaldan foydalanib, o‘simlik va hayvonlarning tashqi
xususiyatlarini taqqoslaydilar, ular har xil tabiiy sharoitlarda yashashga qanday
moslanganliklarini
hikoya
qiladi.
Tushuntirish
jarayonida
o‘qituvchi
o‘quvchilarning o‘z ijodiy daftarlariga ko‘chirib olishlari uchun doskaga oddiy
sxemalarni chizishi mumkin. O‘quvchilarga uyda sxemalar chizishni taklif qilish
ham mumkin, kelgusi darsda esa chizilgan sxemalar jamoa bo‘lib aniqlanadi va
to‘ldiriladi.
Shunga o‘xshash ishlar o‘qituvchi tomonidan oldindan ilib qo‘yilgan
jadvallarni to‘ldirish bo‘yicha ham o‘tkaziladi. Jadvallar ham taqqoslash va
umumlashtirish uchun sinfda (umumlashtiruvchi darslarda) hamda uyda to‘ldirilishi
mumkin. Solishtirma jadvallar sinfdagi amaliy ishlarda tirik tabiat burchagida
hamda maktab o‘quv-tajriba uchastkasida tajribalar o‘tkazishda qo‘llaniladi.
O‘qituvchi tushunchalar tarkibini bilib, ularni tashkil qiluvchi elementlar
bo‘yicha o‘quvchilar bilimini obyektiv baholashi mumkin. Tushunchalarni
o‘zlashtirilishining qadrini bilish o‘qituvchiga o‘qitishning borishini fahmlashga,
bilimni o‘zlashtirish jarayoniga to‘g‘ri rahbarlik qilishga yordam beradi.
Tushunchalarni ajratib o‘qituvchi tegishli metodik uslublarni tanlaydi va qo‘llanadi.
Dostları ilə paylaş: |