A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
O‘ZINI-O‘ZI RIVOJLANTIRISH VA UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISH
MASALALARI
moduli bo‘yicha
“SHAXSIY RIVOJLANISH VA UZLUKSIZ KASBIY O‘SISHGA DOIR
ASOSIY TUSHUNCHALAR”
o‘quv kursining
“PSIXOLOGIK SAVODXONLIK VA PSIXOLOGIK SOG‘LOMLIK”
mavzusidan ma’ruza matni
Ma’ruzachi: Azimova Zamira Xusnitdinovna
Toshkent 2022
1-Mavzu. Psixologik savodxonlik va psixologik sogʻlomlik
Reja:
1.
Psixologik savodxonlik va Psixologik sogʻlomlik tushunchalari va ularning
ta'rifi.
2.
Ma'lumot va bilimlar tushunchalari.
3.
Shaxsiy va qasbiy o'sish uchun kerak bo'lgan ma'lumot va bilimlar
(Psixologik savodxonlik).
4.
Sifat va vositalar tushunchalari.
5.
Shakllangan shaxsning sifatlari, o'zining ustida ishlaydigan odamning
ko'rsatkichlari (Psixologik sogʻlomlik).
1.
Psixologik savodxonlik va Psixologik sogʻlomlik tushunchalari va
ularning ta'rifi
PSIXOLOGIK SAVODXONLIK
- o‘zi haqida, boshqalar haqida, atrofdagi
dunyo va ular o‘rtasidagi munosabatlar haqida bilim va ma’lumotlarning borligi
Agar insonda Psixologik savodxonlik bilan bogʻliq muammolar bo‘lsa,
ko‘pincha quyidagi so‘z va ifodalarni qo‘llaydi:
−
Tushunmadim.
−
Men bilmas edim.
−
Men shunday deb nomlangan deb o‘yladim ...
−
Agar men munosabatlarda minimal darajadan pastga (o‘ziga hurmat)
cho‘kmaslik kerakligini va inson, shaxsiy va ijtimoiy jihatdan maksimal darajadan
(boshqalarga hurmatdan) yuqoriga ko‘tarilmasligi kerakligini bilsam edi, unda
ehtimol bu muammolar bo‘lmasmidi......
Boshqacha qilib aytganda, Psixologik savodxonlik – o‘zaro munosabatlar
Subyekti sifatida o‘zi hakida, o‘zgalar haqida munosabatlar obyekti sifatida, Obyekt
va Subyekt to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat(lar) to‘gʻrisida, insonning
yashash obyektiv realligi va shaxsning dunyo bilan aloqasi to‘gʻrisida ma’lumot va
bilimlar.
Dostları ilə paylaş: |