1-guruh topshirig‘i. O‘rta yoshli aqliy va yengil jismoniy mehnat bilan
shug‘ullanuvchilar uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga
muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing.
2-guruh topshirig‘i. O‘rta yoshli og‘ir jism oniy mehnat bilan
shug‘ullanuvchilar uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga
muvofiq holda ulaming ovqat ratsionini tuzing.
3-guruh topshirig‘i. Boshlang‘ich sin f o‘quvchilari uchun bir kecha-
kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ulaming ovqat
ratsionini tuzing.
4-guruh topshirig‘i. O‘smir yoshdagi o‘q uvch ilar uchun bir kecha-
kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat
ratsionini tuzing.
Rolli o‘yin loyihalari. Ushbu loyihalarda struktura aniqlanmaydi va ish
tugagunga qadar ochiq bo‘ladi. Loyiha qatnashchilari muayyan rollarni bajaradilar.
Rollarga muvofiq holda ulaming vazifalari aniqlanadi. O‘yin sujetiga muvofiq ular
rollarni bajarishi, tegishli hollarda “mansabdor shaxs” sifatida muloqotga kirishishi,
bunda mavjud qobiliyat va iste’dodlari, o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va
malakalarini safarbar etishlari lozim. Loyihani hal etish jarayonida ko‘zlangan
natijaga erishishlari uchun juda ko‘p mehnat qilishlari, izlanishlari, mustaqil va
ijodiy fikr yuritishlari, mustaqillik va onglilik talab etiladi. Bu yerda ijodiy izlanish
mavjud, lekin o‘quvchilar ma’lum rollarni bajarish orqali loyiha hal etilganligi
sababli rolli o‘yin loyihalar sanaladi.
Izlanish xarakteridagi loyihalar. Loyihalarning bu tipi muayyan bir mavzu
bo‘yicha axborot va material to‘plash, to‘plangan axborot va materiallar bilan loyiha
qatnashchilarini tanishtirish, ulam i tahlil qilish, faktlami umumlashtirish, olingan
natijalarni rasmiylashtirishni o‘z ichiga oladi. Mazkur loyihalar tadqiqot
xarakteridagi loyihalar bilan uyg‘unlashib ketadi va uning bir qismiga aylanishi
mumkin. Bu toifadagi loyihalardan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanishi
mumkin. Bular jumlasiga “O‘zbekiston qizil kitobi”ga kirgan o‘simliklar va
hayvonlar, “O‘zbekistonda paxtachilikning rivojlanishi”, “O‘zbekistonning dorivor
o‘simliklari” kabi mavzulardagi loyihalarni kiritish mumkin.