kichik guruhda olib
boriladigan ishlar natijalari, taqdimot, olingan natijalarni
amaliyotga qo‘llash yo‘llari ko‘rsatiladi.
Bu toifadagi loyihalardan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda
foydalanish
maqsadga muvofiq. Jumladan, tirik tabiat burchagida boqiladigan kanareyka, to‘ti
va boshqa hayvonlarning ovqat ratsionini tuzish, O‘zbekistonga kelib-ketuvchi
qushlarning kelish,
uya qurish, ko‘payish, uchib ketish muddatlari, ularning
keltiradigan foydasi,
qishlash joyi, ularni muhofaza qilish tadbirlarini o‘rganish
bo‘yicha loyihalarni o‘quvchilarning kichik guruhlariga tavsiya etish joiz.
Loyihalarning predmeti va mazmuniga ko‘ra:
bir fan sohasini qamrab olgan loyihalar;
fanlararo izlanishni talab etadigan loyihalarga ajratiladi.
Bu loyihalarni shakllantirishda o‘qituvchi biologiya sohasidagi muammoli,
qiyin mavzulami olishi mumkin. Mazkur loyihalar biologiyani o‘qitishda tabiiy
fanlar, adabiyot, ma’naviyat, madaniyat, san’at va gumanitar fanlar bilan fanlararo
bog‘lanishni amalga oshirishga imkon beradi.
Modellashtirish-bilish obyektlarini ularning
modellari yordamida tadqiq
qilish, mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o‘rganishdir.
Model – (lot. modulus-o‘lchov, me’yor) – biror obyekt yoki obyektlar
tizimining obrazi yoki namunasidir.
Biologik tadqiqotlarda tobora keng qo‘llanilayotgan modellashtirish
metodining mohiyati tirik tabiatdagi hodisalar va ularning
jihatlarini matematik
belgilarda aylantirib, model tarzida tiklab o‘rganishdan iborat. Biologik
jarayonlarni, evolutsiyaning turli yo‘nalishlarini, ekosistemalar hamda biosferaning
rivojlanishini kompyuterda modellashtirish orqali ro‘y berishi mumkin bo‘lgan
voqea-hodisalarni oldindan bilish imkoni yaratildi.
Dostları ilə paylaş: