5
Xaritani bilish uchun joyda mo‘ljal olish, gorizont tomonlarini yo‘nalishlarini
qog‘ozga tasvirlashni, masshtab bilan ishlashni joy planini o‘rganishni va chizishni
bilish kerak.
Maktab kartalarida relyef asosan turli qalinlikda rang berish bilan amalga
oshiriladi. Past tekisliklar to‘q yashil,
tekisliklar esa och yashil, balandliklar och
jigarrang, o‘rtacha tog‘lar jigarrang, baland tog‘lar esa to‘q jigarrangda beriladi.
Karta geografik nomlar bilan to‘lib qolmasligi kerak. Unda faqat o‘quvchilarni
yoshi va bilimi darajasiga mos bo‘lgan yozuvlar bo‘lmog‘i lozim.
Shuningdek,
geografiya o‘qituvchisi o‘quvchilarni xaritalar bilan ishlashga o‘rgatar ekan, avvalo
quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim:
-
xaritaning turi, undan qanday maqsadda foydalanish va uning shartli
belgilarini tushuntirish, o‘quvchilar e’tiborini xarita masshtabiga jalb
etishi.
-
O‘qituvchi o‘quvchilar e’tiborini gradus to‘rining holati, meridian va
paralellarning qanday o‘tkazilganligiga kenglik va uzunlikni belgilagan
o‘rniga, ekvator, bosh meridian, qutbiy va tropik doiralariga jalb qilishi.
-
globusdagi joy xaritada boshqacha tasvirlanganligini ko‘rsatib o‘tishi
kerak.
Geografiya predmetlarining oxirida alohida karta ilova qilinar edi. Hozirgi
vaqtda darsliklarni matnida kartalar berilmoqda. Bunday xaritalar tabiiy geografik
va iqtisodiy geografik voqea va hodisalarni tasvirlaydi.
Ular oq-qora va rangli
bo‘lishi mumkin.
Tabiiy geografik xaritalar ko‘pincha rangli holda beriladi. Ayrim iqtisodiy
geografik xaritalar ham ko‘pincha rangli holda beriladi. Ayrim iqtisodiy geografik
voqea va hodisalarni ko‘rsatishda oq-qora rangdan foydalaniladi.
Masalan,
foydali qazilmalar, taransport,
ayrim ekinlar, chorvachilik kartalari
hamda siyosiy kartalar rangli tasvirda beriladi. Ko‘p hollarda materiklar va okeanlar
tabiiy geografiyasi (6-sinf), Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi (9-sinf)
kurslarini darsliklari matnlarida kartalar ko‘proq beriladi.
Dostları ilə paylaş: