12
- daraja to‘ri. Qutblar, ekvator, meridianlar, paralellar, geografik kengliklar va
uzunlik;
- Yerning o‘z o‘qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishi va uning oqibatlari; -
eng muhim ekspeditsiyalar, sayoxatlar yo‘nalishi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida
quyidagi mavzularni globus
yordamida o‘tish mumkin:
- jahon siyosiy xaritasi;
- qit’alar va alohida mintaqalar xaritasi;
- mamlakat maydonlarini, chegaralar uzunligini aniqlash;
- quruqlikda va suvda yo‘llarni yo‘nalishi va uzunligini aniqlash. Globusdan
tabiiy geografiya kurslarida ko‘proq foydalaniladi. Yerning shakli va o‘lchamlarini
tabiiy geografik globuslarda o‘rganish mumkin. Bunda Yerning dumaloqligi va
uning og‘irligi oson tushintiriladi.
Yerning maydoni, aylanasining uzunligi globus
masshtabidan foydalanib
aniqlanadi. Masalan globusning masshtabi 1:40 000 000 bo‘lsa globusdagi 1 sm
oraliq Yer yuzasidagi 400 km ga teng ekanligi o‘quvchilarga tushuntiriladi. Shundan
so‘ng globusning ekvator bo‘yicha uzunligi santimetrlarda yoki santimetrlarga
bo‘lingan matoli metr bilan aniqlanadi.
Santemetrda olchangan globusning aylanasining uzunligi globus masshtabiga
ko‘paytiriladi. Masalan, globus aylanasining uzunligi 100 sm bo‘lsa unda globus
aylanasining (ekvatorning) uzunligi 100sm x 400 = 40 000 km. Huddi shu taxlitda
sinf o‘quvchilarining
yarmi ekvatordan shimoldagi, yarmi ekvatordan janubdagi
paralellarni uzunligini aniqlashi mumkin. Bunda ular ekvatordan shimol va janub
tomon paralellarni uzunligini kamayib borishini
va qutblarda ular eng qisqa
ekanligini bilib olishadi.
Daraja to‘ri, paralellar, geografik uzunlik va kenglik tushunchalarini
shakillantirishda ham globus katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunda har bir tushuncha
masalan ekvator, qutblar, meridian va paralellar bevosita globusda ko‘rsatilib
tushuncha hosil qilinadi.
Masalan, “Yer sharini teng ikkiga bo‘lib turadigan, uni o‘rtasidan o‘tkazilgan
chiziqqa ekvator deb ataladi” deb o‘qituvchi globusdan
ekvatorni joylashishini
ko‘rsatadi va undan Shimoliy va janubiy qutblargacha so‘ng meridian, parallel,
geografik koordinatalar tushunchalari xosil qilinadi va tegishli mashqlar o‘tkaziladi.
Yerni o‘z o‘qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishini ko‘rsatish uchun globus va
lampadan foydalaniladi. Bunda globus lampa atrofida
aylantiriladi va yoritish
mintaqalarini xosil bo‘lishi tushuntiriladi.
Globusni o‘z o‘qi atrofida aylantirib tong, tush, kech va qorong‘u
tushunchalarini ko‘rsatish mumkin. Mazkur ishlar kecha va kunduzni, fasllar hosil
bo‘lishini tushuntirishga imkon beradi. Mazkur tajribalar yordamida Quyosh
13
nurlarini Yer yuzining turli joylarida turlicha burchaklarda tushishini ya’ni ekvator
atroflariga tik, qutblarga borgan sari tushish burchagi kamayib borishini va buning
oqibatida Yer yuzasining turli joylari turli miqdorda
issiqlik olishini hamda
qutblarda yarim yil to‘xtovsiz quyoshni botmasligi yoki chiqmasligini tushuntirish
mumkin.
Tabiiy geografik globuslarda eng muhim ekspeditsiya va sayohatlar
yo‘nalishini ham tushirilgan. Mazkur ma’lumotlardan materiklar va okeanlar
geografiyasini o‘rganishda foydalanish mumkin.
Masalan, Amireka qit’asini kashf qilinishi va tekshirish tarixini o‘rganish
davomida X.Kolumb ekspeditsiyasi yo‘nalishlarini aniq va to‘la
tushintirish
mumkin. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida globuslar ko‘proq jahon siyosiy
xaritasini o‘rganishda davlatlarni joylashishi va maydonini aniqlashda, dengiz va
quruqlikdagi yo‘llarni yo‘nalishi va uzunligini aniqlashda, yirik iqtisodiy va siyosiy
ahamiyatga ega bo‘lgan portlarni aniqlashda ishlatiladi. Bundan tashqari globuslar
alohida
materiklar, qit’alar, mintaqalar siyosiy xaritasini va ularda davlatlani
joylashishini va ularni o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishda ham ishlatiladi.
Geografiya ta’lim yuzasidan amal qilayotgan umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim
standartlari talablarining muhim jihatlaridan biri barcha geografiya kurslarida ham
nazariy, ham amaliy jihatdan o‘quvchilarning olingan bilimlarining chizma va yaxlit
ifodasi yozuvsiz xaritalarda o‘z aksini topadi.
Dostları ilə paylaş: