10
4. Yozuvsiz xaritalar bilan bajariladigan ishlar o‘qituvchi rahbarligida sinfda
bajarilishi lozim. Sinfda yozuvsiz xarita bilan ishlash 10-15 daqiqadan oshmasligi
kerak. Aks holda o‘quvchilar charchab qolib xaritani sifatli ishlashiga putur yеtadi.
5. Odatda yozuvsiz xarita bilan ishlash o‘qituvchining
hikoyasi va
o‘quvchilarni sinf doskasiga chaqirib so‘rash bilan almashtirilib turiladi.
6. Yozuvsiz xarita yеr sharidagi asosiy relyef formalari ya’ni tog‘, tekislik,
pasttekisliklarni belgilashda, vulqonlarning joylashishini ko‘rsatishda, orol, yarim
orol, bo‘g‘oz, qo‘ltiq, dengizlarni belgilashda foydalanish zarur. Materiklarning
ichkari qismidagi
obyektlardan daryolarni, tog‘ tizmalari va aholi punktlarini
belgilashda foydalanish mumkin.
7. Yozuvsiz xaritadan foydalanish o‘quvchilarda geografik obyektlarni fazoviy
joylashuvini to‘g‘ri anglab olishga ko‘maklashadigan muhim ta’limiy vosita
hisoblanadi.
8. Yozuvsiz xaritalarda agar materiklar tabiiy geografiyasiga doir tabiiy
xaritalarni to‘ldirish talab etilganda past tekisliklar baland yashil rangda, tekisliklar
- past yashil, qir va past tog‘lar sariq, tog‘lar balandlik shkalasiga muvofiq qizg‘ish
rangdan to‘q jigarrangda bo‘yaladi.
9. Yozuvsiz xaritalarda materiklarning chekka nuqtalari
parallel chiziqlarga
parallel holda chiroyli bosma yozuvda yozilishi diqqatga sazovordir.
10. Materik yoki biror tabiiy o‘lkaning tabiiy qazilma boyliklari shartli belgi
asosida aniq qora yoki baland ko‘k rangda yoziladi.
11. Okean yoki dengizlar nomi uning shakliga mos ravishda albatta ko‘k
rangda yoziladi. Okean oqimlari iliq (qizil strelka), sovuq (ko‘k strelka) yordamida
ko‘rsatilib oqim nomi uning yo‘nalishi bo‘ylab yoziladi.
12. Davlatlar nomi davlat hududining shakliga mos ravishda shimoldan
janubga yoki g‘arbdan sharqqa qarab yoziladi va albatta mazkur davlatning poytaxti
va yirik port shaharlari ko‘rsatiladi. Shaharlar nomi va ularning punktlari aholi
soniga ko‘ra kichik, o‘rta, yirik, poytaxtlari turli kattalikdagi shriftlar bilan yoziladi.
13. Iqtisodiy mazmundagi xaritalalarni chizishda
geografik hodisa va
jarayonlarning xarakteriga mos ravishda sanoat, kishloq xo‘jaligi, transport va
boshqalarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Aholi punktlarida qanaqa sanoat
tarmoqlarini ularning rangiga mos ravishda belgilash va
ularni xaritaning shartli
belgilar burchagida ko‘rsatish talab etiladi. Transport (temiryo‘l va avtoyo‘llar)
ko‘rsatilishi shart.
14. Bilimlar bellashuvi amaliy topshirig‘ida so‘ralayotgan obyektlarni
yozuvsiz xaritaga tushirishni esdan chiqarmaslik (Masalan: 5 ta daryo, 4 ta tog‘
tizmasi, 6 ta sanoat markazi va hakazolar)
11
15. Yozuvsiz xaritalarda eng yuqori baho o‘quvchining geografik obyektlarini
to‘g‘ri joylashtirishi, to‘g‘ri va nafis bo‘yash mahorati va har bir geografik obyektni
chiroyli va to‘g‘ri, chiroyli yozuv orqali ifodalangan ishlarga beriladi.
Dostları ilə paylaş: