2.Geografiya darslarida o‘quvchilarning yozuvsiz xaritalar bilan ishlash
ko‘nikmalarini shakllantirish va baholash.
Maktab geografiya kurslarining barchasida yozuvsiz xaritalar bilan ishlash
alohida ahamiyatga ega.
Yozuvsiz xaritalar bilan ishlashga o‘qituvchi o‘quvchilarni dastlabki
geografiya darsidan o‘rgatib borishi zarur. Geografiyadan o‘tkaziladigan bilimlar
bellashuvi musobaqalarida yozuvsiz xaritalar bilan ishlash alohida mashg‘ulot turi
bo‘lib, unda 50 ballik baholanishi, bu mashg‘ulotning geografiya ta’limidagi
ahamiyatini belgilaydi.
O‘quvchilarning yozuvsiz xaritalar bilan ishlay olish malakalarini rivojlantirish
uchun uning qoidalarini to‘g‘ri anglab olishlari muhimdir.
Odatda yozuvsiz xaritalar dars va uyga vazifani bajarish sharoitida ma’lum
geografik obyektni yozuvsiz xaritaga tushirish geografik atlasga qarab amalga
oshiriladi.
Bilimlar bellashuvi musobaqalarida esa o‘quvchidan atlasga qarab emas, balki
yoddan obyektlarni joylashtirish talab etiladi. Shuni hisobga olib geografiya
o‘qituvchilari darsda va uyga vazifani bajarish jarayonida o‘quvchilarni mustaqil
geografik atlasdan foydalanmasdan yozuvsiz xaritalarni to‘ldirish malakalarini
shakllantirishlari talab etiladi. O‘quvchilar quyida beriladigan yozuvsiz xaritalar
bilan ishlash qoidalarini puxta o‘zlashtirishlari lozim.
QOIDALAR:
1. Har bir yozuvsiz xaritaning yuqoridagi oʻng chekkasiga o‘quvchi o‘z ism-
sharifi, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yuqorigi chap chekkasiga xaritaning nomini yozib
qo‘yishi shart.
2. Xaritadagi barcha yozuvlar mayda, aniq, chiroyli yozilishi kerak. Daryolar
oqimi bo‘ylab va togʻlarning nomlari, ularning yo‘nalishi bo‘yicha, pasttekisliklar
nomi esa parallel chiziqlar bo‘ylab yoziladi.
Agar geografik obyektning nomi xaritaga sigʻmaydigan bo‘lsa, obyekt yoniga
raqam qo‘yiladi va bu raqamning nimani bildirishi xaritaning pastki qismida yoki
orqa tomonida yoziladi.
3. Agar topshiriqda (masalan, Yer yuzasi relyefining asosiy shakllarini
ko‘rsatish lozim bo‘lsa) xaritani bo‘yash lozim, bunda rangli qalamlar bilan bo‘yab,
keyin geografik nomlar yoziladi.
10
4. Yozuvsiz xaritalar bilan bajariladigan ishlar o‘qituvchi rahbarligida sinfda
bajarilishi lozim. Sinfda yozuvsiz xarita bilan ishlash 10-15 daqiqadan oshmasligi
kerak. Aks holda o‘quvchilar charchab qolib xaritani sifatli ishlashiga putur yеtadi.
5. Odatda yozuvsiz xarita bilan ishlash o‘qituvchining hikoyasi va
o‘quvchilarni sinf doskasiga chaqirib so‘rash bilan almashtirilib turiladi.
6. Yozuvsiz xarita yеr sharidagi asosiy relyef formalari ya’ni tog‘, tekislik,
pasttekisliklarni belgilashda, vulqonlarning joylashishini ko‘rsatishda, orol, yarim
orol, bo‘g‘oz, qo‘ltiq, dengizlarni belgilashda foydalanish zarur. Materiklarning
ichkari qismidagi obyektlardan daryolarni, tog‘ tizmalari va aholi punktlarini
belgilashda foydalanish mumkin.
7. Yozuvsiz xaritadan foydalanish o‘quvchilarda geografik obyektlarni fazoviy
joylashuvini to‘g‘ri anglab olishga ko‘maklashadigan muhim ta’limiy vosita
hisoblanadi.
8. Yozuvsiz xaritalarda agar materiklar tabiiy geografiyasiga doir tabiiy
xaritalarni to‘ldirish talab etilganda past tekisliklar baland yashil rangda, tekisliklar
- past yashil, qir va past tog‘lar sariq, tog‘lar balandlik shkalasiga muvofiq qizg‘ish
rangdan to‘q jigarrangda bo‘yaladi.
9. Yozuvsiz xaritalarda materiklarning chekka nuqtalari parallel chiziqlarga
parallel holda chiroyli bosma yozuvda yozilishi diqqatga sazovordir.
10. Materik yoki biror tabiiy o‘lkaning tabiiy qazilma boyliklari shartli belgi
asosida aniq qora yoki baland ko‘k rangda yoziladi.
11. Okean yoki dengizlar nomi uning shakliga mos ravishda albatta ko‘k
rangda yoziladi. Okean oqimlari iliq (qizil strelka), sovuq (ko‘k strelka) yordamida
ko‘rsatilib oqim nomi uning yo‘nalishi bo‘ylab yoziladi.
12. Davlatlar nomi davlat hududining shakliga mos ravishda shimoldan
janubga yoki g‘arbdan sharqqa qarab yoziladi va albatta mazkur davlatning poytaxti
va yirik port shaharlari ko‘rsatiladi. Shaharlar nomi va ularning punktlari aholi
soniga ko‘ra kichik, o‘rta, yirik, poytaxtlari turli kattalikdagi shriftlar bilan yoziladi.
13. Iqtisodiy mazmundagi xaritalalarni chizishda geografik hodisa va
jarayonlarning xarakteriga mos ravishda sanoat, kishloq xo‘jaligi, transport va
boshqalarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Aholi punktlarida qanaqa sanoat
tarmoqlarini ularning rangiga mos ravishda belgilash va ularni xaritaning shartli
belgilar burchagida ko‘rsatish talab etiladi. Transport (temiryo‘l va avtoyo‘llar)
ko‘rsatilishi shart.
14. Bilimlar bellashuvi amaliy topshirig‘ida so‘ralayotgan obyektlarni
yozuvsiz xaritaga tushirishni esdan chiqarmaslik (Masalan: 5 ta daryo, 4 ta tog‘
tizmasi, 6 ta sanoat markazi va hakazolar)
11
15. Yozuvsiz xaritalarda eng yuqori baho o‘quvchining geografik obyektlarini
to‘g‘ri joylashtirishi, to‘g‘ri va nafis bo‘yash mahorati va har bir geografik obyektni
chiroyli va to‘g‘ri, chiroyli yozuv orqali ifodalangan ishlarga beriladi.
Dostları ilə paylaş: |