“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi


Geografik xaritalar — bilim manbayi



Yüklə 285,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix01.09.2023
ölçüsü285,08 Kb.
#141274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KqK0mMkzM80CSpuqEYZOkNxRF9tRgIooLSNOrsjv

Geografik xaritalar — bilim manbayi.
Turli mazmundagi va masshtabdagi 
xaritalardan o‘quvchilarning maqsadli foydalanishi talab qilinadi. Kursning 
materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasiga oid bo‘limlarida har bir mavzuga 
taalluqli bo‘lgan xaritalar berilgan. Demak, muayyan mavzuni o‘rganish jarayonida 
xaritalardan foydalanish shart.
Geografik xaritalarning tasnifi. 
Geografik xaritalar g‘oyat ko‘p va xilma-
xildir. Xaritalar - o‘rganish, hisobga olish, saqlash va boshqa maqsadlar uchun 
mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
Xaritalar tasvirlangan hududning katta-kichikligiga, masshtabiga, mazmuniga 
va ko‘zda tutilgan maqsadiga qarab guruhlarga ajratiladi.
Тasvirlangan hududning katta-kichikligiga ko‘ra, xaritalar: dunyo va 
yarimsharlar, materiklar va okeanlar, tabiiy o‘lkalar, mamlakatlar, viloyatlar va 
boshqa ma’muriy birliklar xaritalariga bo‘linadi.
Masshtabiga ko‘ra: 
yirik masshtabli (1:10 000 dan 1:200 000 gacha), o‘rta 
masshtabli (1:200 000 dan 1:1 000 000 gacha), mayda masshtabli (1:1 000 000 va 
undan mayda) xaritalar bo‘ladi. Joy planini tuzishda ham muayyan masshtabdan 
(1:5000 va undan yirik) foydalaniladi. Lekin plan kichik hududlar uchun tuziladi.
Mazmuniga ko‘ra, xaritalar: umumgeografik va mavzuli xaritalarga bo‘linadi. 
Umumgeografik xaritalar hududlarning umumiy ko‘rinishi va geografik 
xususiyatlarini aks ettiradi. Bularga, asosan, tabiiy va siyosiy xaritalar kiradi.
Mavzuli tabiiy xaritalarda ayrim tabiat komponentlari nisbatan aniq va 
mukammal tasvirlanadi. Bunday xaritalarga 6-sinf atlasidagi Yer po‘stining 
tuzilishi, tabiat zonalari, iqlim va boshqa xaritalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Ba’zan mavzuli xaritalarda bitta yoki ikkita emas, balki bir-biri bilan 
bog‘langan bir qancha komponentlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday xaritalarga 
kompleks xaritalar deyiladi (6- sinf atlasiga qarang).
Xaritalarning qo‘llanilish maqsadi ularning masshtabiga, mazmuniga va 
jihozlash usuliga katta ta’sir ko‘rsatadi. Buni bitta hududning bir xil masshtabli va 
mazmunli, lekin har xil maqsadli xaritalarini bir-biriga taqqoslab, yaqqol ko‘rish 
mumkin. Maqsadiga ko‘ra, xaritalarni: o‘quv, ilmiy, turistik, targ‘ibot-tashviqot kabi 
turlarga bo‘lish mumkin.

Yüklə 285,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin