6
Egallagan maydoniga ko‘ra:
yulduzlar atlasi;
dunyo tabiy geografik atlasi;
dunyo iqtisodiy geografik atlasi;
alohida materik va okeanlar atlasi;
alohida davlatlar atlasi; va x.k.;
Mazmuniga ko‘ra:
tabiiy geografik;
iqtisodiy;
temir yo‘l;
o‘quv atlaslari va x. k.
Har bir sinf uchun o‘quv atlaslari mavjud. Masalan, 5-sinf atlasi, 6-sinf atlasi,
7-sinf atlasi, 8-sinf atlasi, 9-sinf atlasi.
O‘quv atlaslari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- atlasda ko‘rsatilgan geografik borliq va voqealar soni darslikdagidan ko‘proq
bolmog‘i lozim;
- atlas o‘quvchilar uchun ma’lumotnoma vazifasini bajarishi lozim;
- atlasda geografik nomlar ro‘yxati albatta bo‘lishi zarur;
Atlasda kartalar soni 40-45 tadan kam bo‘lmasligi lozim. Chiziqli kartalar. Ular
geografiya ta’limida keng qo‘llaniladi. Ular asosan o‘quv va nazorat maqsadlarida
ishlatiladi.
Chiziqli kartalar o‘quv maqsadlarida quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
- chiziqli xaritaga tabiiy geografik borliq nomlarini tushirish ( daryo, ko‘l,
dengiz va x.k.), bu esa geografik nomlarni o‘quvchilar tomonidan yaxshi eslab
qolinishiga imkon beradi;
- tog‘lar, daryo xavzalari, izotermalar, tabiat zonalari
chegaralarni chiziqli
xaritaga tushirish;
- davlatlarni chegaralarini chiziqli xaritaga tushirish;
- iqtisodiy rayonlarni chiziqli xaritaga tushirish;
- qishloq xo‘jaligi ekinlari chegaralarini chiziqli xaritaga tushirish. Chiziqli
xaritalar nazorat maqsadida ham ishlatiladi. Buning uchun quyidagi shartlar
bajarilishi lozim:
-sinfdagi barcha o‘quvchilarda bir xil chiziqli karta bo‘lmog‘i lozim;
-barcha o‘quvchilar uchun bir xil shartli belgilar berilishi zarur;
-barcha o‘quvchilar chiziqli kartalarida masshtab, legenda, o‘quvchining ismi
sharfi bir xil joyda ko‘rsatilgan bo‘lmog‘i lozim.
Umumta’lim maktablarida kartalarni tuzilishini tushuntirish o‘quvchilarga
o‘rgatish geografik bilimlarni egallashda muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilarni
geografik kartalarni tuzilishini tushuntirishga o‘rgatish uchun joyda amaliy ishlar
7
olib boriladi, joy rejasi bilan ishlanadi, gorizontallarni o‘qish bo‘yicha amaliy ishlar
bajariladi, daraja to‘ri
bilan mashq qilinadi, turli kartalar solishtiriladi, nuqtalarni
geografik koordinatalari aniqlanadi, turli masshtablar bilan mashq qilinadi va x.k.
Kartalarni tushunishini eng yaxshi yo‘li joyni o‘rganish va uni kartada qanday
tasvirlanganligini aniqlashdir. Bundan tashqari globusdan kartaga o‘tish, rejadan
geografik kartaga o‘tish orqali ham geografik kartalarni
tuzilishini tushunishga
yordam beradi. Mazkur usullar yordamida o‘quvchilarni daraja to‘ri, kartografik
yiriklashtirish (generalizatsiyalash) va geografik kartalarni tushuntirishga imkon
beradi. Joyda va sinfda olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar (yo‘nalishlarini
aniqlash, masofani o‘lchash va ularni chizmada tasvirlash hamda ularni joy rejasiga
tushirish) o‘quvchilarni geografik kartalarda haqiqatda borliq va hodisalar
tasvirlanganligiga ishonch xosil qilishiga undaydi.
Geografik kartalarni tuzilishini tushunishga faqat joyda olib borilgan ishlargina
emas, balki joyning xomaki rejasi bilan ishlash ham yordam beradi. Bunday ishlar
o‘quv
sayohatlari, turistik poxodlarda va joyda amaliy ishlar olib borganda
bajariladi.
O‘quvchilar yirik masshtabli kartalarni tuzilishini gorizontallarni o‘qish
bo‘yicha olib boriladigan mashqlarda, topografik kartalar yordamida relyefni
tasvirini tushirish jarayonida joyni rejasini tuzish davomida o‘rganishadi. O‘z
yashash joyini tuzilishi va joy rejasini o‘rganish davomida o‘quvchilar
asta-sekin
yirik va mayda masshtabli kartalarni tuzilishini anglay boshlashadi. Ular topografik
va geografik kartalarni solishtirish asosida joy rejasi va geografik karta o‘rtasidagi
farqlarni tushuna boshlashadi.
O‘quvchilar kartografik andozalarni (proyektlarni) turlarini o‘rganish
davomida geografik xaritalardagi xatoliklar va ularning miqyosini tushuna
boshlashadi, xatoliklarni qanday sodir bo‘lishini o‘quvchilar tushunishi uchun
globusdagi va ma’lum bir xaritadagi borliqni o‘lchami solishtiriladi. Masalan,
Chukotka yarim oroli yoki Grelandiya orolini globusda va xaritada tasvirini
solishtiradi. Ularning tasviri kartada globusdagiga ko‘ra kattaroq tasvirlangan, ana
shu farqlarning asosiy sababi kartalardagi xatoliklar ekanligi tushuntiriladi.
Masalan, globus Yerning kichiklashtirilgan modeli hisoblanadi, shuning uchun
unda geografik
borliq xatosiz tasvirlanadi, karta esa globusning tekislikka yoyish
natijasida hosil bo‘lgan shuning uchun uning chekka qismlarida xatoliklar katta
bo‘lishi tushuntiriladi.
Kartalarning daraja to‘ri, meridianlar va paralellar o‘rganib bo‘lingandan
so‘ng o‘quvchilar geografik kordinatalar bilan mashq qilishadi. Buning natijasida
ular har qanday nuqtani geografik o‘rnini topishni o‘rganishadi va daraja to‘rini
ahamiyatini anglashadi, bundan tashqari ular daraja to‘ri
meridian va parallelarga
qarab yo‘nalishi va masofani aniqlashni o‘rganadi.
8
O‘quvchilar nuqtani geografik koordinatasini aniqlashni yaxshi o‘zlashtirib
olishlari uchun hayotdan misollar keltirish lozim. Masalan, o‘z shahrini, yoki tumani
markazini koordinatalarini aniqlash, O‘zbekistonni chekka nuqtalarini, eng baland
va eng past nuqtalarini koordinatalarini aniqlash.
Geografik kartalar bilan ishlashning eng ma’suliyatli qismi bo‘lib ularning
o‘qish va ular asosida tegishli xulosalar chiqarishdir.
Dostları ilə paylaş: