“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi



Yüklə 285,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix01.09.2023
ölçüsü285,08 Kb.
#141274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KqK0mMkzM80CSpuqEYZOkNxRF9tRgIooLSNOrsjv

Xarita - 
geografiya darslarida bilim olishning asosiy manbayidir. Shunday 
ekan har bir o‘quvchi xaritani o‘qiy olishi lozim. Agar o‘quvchi xaritaga qarab hali 
o‘rganilmagan dengiz yoki daryo haqida gapira olsa, tog‘larning balandligi va yo-
nalishini aniqlay bilsa, ma’lum bir joyning yer yuzasini yoki iqlimini ta’riflay olsa, 
bu o‘quvchi xaritani biladi, deyish mumkin. 
Xaritadan to‘g‘ri foydalana olishni o‘rganish uchun geografiya o‘qituvchisi 
o‘quvchilarni doimiy ravishda xaritalar bilan ishlashni o‘rgatib borishi lozim. 
Umumta’lim maktablarida geografiya darslarida o‘quvchilarning xaritalardan 
foydalanish bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini baholash, ularni geografiya 
darsliklarida berilgan geografik materiallarni puxta o‘rganib olishlariga va fanga 
bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi. 
O‘quvchilarning xaritalar bilan bog‘liq bajargan ishlaridagi kamchiliklari 
sezilishi natijasida mazkur kamchiliklarni bartaraf etish choralari belgilanadi. Aynan 
bu jarayonda o‘quvchilar keng fikr yuritishga, o‘quv materiallarini asoslashga
mulohaza yuritish va isbotlashni o‘rganadilar. 
Bu bilan o‘quvchi bilimidagi kamchiliklarni to‘ldirishga, har bir masalaning asl 
mohiyatini anglashga, materiallarni tushunishga keng imkoniyat yaratiladi. 



O‘quvchining xaritalardan foydalanishga ishtiyoqi va xaritalarni o‘qiy olish darajasi 
o‘rganiladi. 
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati uyg‘unligi 
ta’minlanadi. O‘z bilimining boshqalar tomonidan haqqoniy va to‘g‘ri baholanishiga 
ishonch hosil qilgan o‘quvchida ta’lim olishga bo‘lgan qiziqish yanada ortadi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning kartografik bilimini baholaganda ularning xarita 
bo‘yicha berilgan savollarga og‘zaki javoblarini, xarita bo‘yicha uy vazifasini qay 
daraja bajarilganligini, yangi materialni o‘rganishdagi faolligini, mustaqil va yozma-
amaliy ishlarning qay tariqa bajarishini nazarda tutish lozim. Shuning bilan birga 
yozuvsiz xaritalarda bajargan ishiga ham vaqti-vaqti bilan baho qo‘yish mumkin. 
O‘quvchilarni baholashda geografik termin va nomlarning to‘g‘ri yozilishini 
(geografik savodxonligini), ishlarning sistemali va batartib bajarailganligini ham 
nazarda tutish lozim. 
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda, javobning ijodiy 
va salbiy tomonlarini o‘quvchilarga aniq ko‘rsatib berish shart.
O‘quvchilarning bilimi besh balli sistema bilan baholanadi. 

Besh
- javob to‘liq, to‘g‘ri, o‘quvchi asosiy faktik materiallarni biladi, asosiy 
ilmiy tushunchalarni egallagan, geografik aloqadorlikni tushunadi va misollar 
keltiradi; xarita va boshqa ma’lumotlar manbalarning tarkibi va ular bilan 
ishlashning izchil usullarini biladi; ulardan mustaqil foydalana oladi va xaritalardagi 
obyektivlarni xatosiz ko‘rsatadi. O‘quvchilarning, xususan, o‘quv masallarini hal 
etishda ijodiy yodashishi, eng yangi geografik voqealardan xabardorligi 
rag‘batlantiriladi. 

To‘rt
- javob to‘liq va to‘g‘ri, ammo faktlarni ifoda etishda, tunushchalarni 
aniqlashda, geografik aloqadorlik va xulosalarni tushuntirishda o‘qituvchining 
qo‘shimcha savollari asosida osongina to‘g‘rilash mumkin bo‘lgan noaniqliklarga 
yo‘l qo‘yadi. 

Uch
- javob to‘g‘ri, o‘quvchi asosan materialni tushunadi, ammo 
tushunchalarni aniq belgilay olmaydi, aloqadorliklarni mustaqil tushuntirishda 
qiynaladi yoki faktlarni izchillik bilan ifodalay olmaydi. 

Ikki 
– javob noto‘g‘ri, asosiy faktik materialni, geografik qonuniyatlarni 
bilmaydi, tushunchalarni belgilashda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yadi; darslik va xarita 
bilan ishlay olmaydi. 

Bir 
– og‘zaki javob yoki yoki amaliy ish natijasi yo‘q. 
O‘quvchilarning bilimini baholashda raqamlardagi, dasturlardan tashqari 
geografik nomlardagi arzimagan noaniqliklar uchun baho pasaytirilmaydi, statistik 
jadval, xaritalardagi zarur ma’lumotlardan foydalana olmaganligi uchun esa baho 
pasaytirilishi mumkin. 




Yüklə 285,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin