Birinchi yo’nalish - matematika, tibbiyet yo’nalishidagi fanlar bo’lib,
bularga matematika, astranomiya, kime, geografiya, geodeziya, meneralogiya,
tibbiyet farmokologiya va boshka shularga turdosh fanlar kiritilib, Muxammad
Muso al - Xorazmiy, Axmad Fargoniylar matematikaga oid Zakriye ar - Roziy
kime va tibbiyetga oid Ibn Sino, Jurjoniylar tibbiyet va falsafa, Abu Rayxon
Beruniy, Ulugbek, Ali Qo’shchilar astranomiya va tibbiyetga oid yirik asarlar
yaratdilar.
Ikkinchi yo’nalish — ijtimoiy - falsafiy yo’nalish bo’lib, bunda falsafa,
texnika, mantik, fikr ruxshunoslik, notiklik va boshka sohalar bo’lib, bu sohala Al -
Farobiy, Al - Kindiy, Ibn Rusht, Ibn Sino, Zaxiriddin Bahaqiy, Muxammad
Narshaxiy va boshkalarni ko’rsatish mumkin.
Lyokin biz ko’rsatib utgan olimlar komusiy olimlar bo’lib, asosiy kashf ztgan ilm
sohalari bilan bir katorda boshka bir necha fanlarga doir xam tadqiqotlar olib
borganlar.
Uchinchi yo’nalish - ta’lim - ahloqiy yo’nalish bo’lib, bu sohada komusiy
olimlar o’z qarashlarini ijtimoiy - falsafiy asarlarida ifodalaydilar.
Shuningdek Sharq uyg’onish davrida sof pedagogik asarlar yaratib, ta’lim -
tarbiyada inson takomilining xususiy va umumiy metodlar haqida ulmas ta’limoti
bilan nom koldirgan, tarbiyashunos olimlar xam maydonga chikdi.
Demak, Uyg’onish davri inson kamoloti muammolari ikki yo’nalishda:
1. Komusiy olimlar ijodiy merosida komil insonni tarbiyalash muammosi.
2. Sof ta’lim - ahloqiy asarlarda komil insonni tarbyalash muammolari yeritilganini
ko’ramiz.
Quyidagi biz komusiy olimlarning ta’lim-tarbiya to’g’risidagi fikrlari,
ma’naviy, ahloqiy qarashlari haqida tuxtalamiz.
Jaxon matematika fanining buyuk namoyandasi Muxammad Ibn Muso al —
Xorazimiy taxminan 783 yil Xorazmda tug’iladi. U boshlangich ma’lumotni o’z
uyida otasidan olgan. Chunki uning otasi o’qimishli bo’lgan. Kadimiy diniy urf -
odatlarini, yerli xalq yezuvchilarini bilgan. Diniy va ilmiy adabiyetlardan xabardor
bo’lgan. Shuning uchun al - Xorazimiy bolaligidayek bu ilmiy manbalardan
o’rganish imkoniga ega bo’lgan.
U «Al jabr va al - Mukobala» asari bilan matematika fanini rivojlantiradi
xamda amalda kullash usullarini bayen etadi.
«Al - jabr» keyinchalik matematikaga oid ikkinchi kitobi «Xind arifmetikasi
haqida kitob» bo’lib, ular unlik sistemasi rakamlariga bagishlangan.
Xorazimiy xindlarning falakiyet jadvallarini taxlil ztib, «Xorazimiy ziji»
nomi bilan shashxur astranomik jadvallar to’zdi. Shuningdek olim «Yer satxini
ulchash», «Kuyosh soati to’g’risida», «Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini
belgilash» kabi asarlari bilan fan sohasiga juda katta xissa qo’shdi.
Al - Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo’shdi. U birinchilardan
bo’lib, sinov - kuzatish va sinov metodlariga asos soldi.
U birinchi marta insonlar urtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda
ifodaladi.
Xorazimiy falakiyet va geodeziyaga oid ko’zatishlari, geografiyaga oid
asarlari, u chizgan yer xaritasi xam Sharq va garb olimlari uchun tekshirish,
ko’zatish ishlarini olib borishda muxim kullanma bo’lib xizmat kiladi.
Xullas, al-Xorazimiy ilmiy bilim, ta’lim metodlari, ilm-fanga qo’shgan
xissasi bilan insonni akliy kamolga yetkazishda, ta’lim - tarbiyada o’z urniga ega
bo’lgan buyuk Farobiy 873 yilda Sirdaryoning Farob degan joyida tug’iladi. U
boshlangich ma’lumotini o’z yurtida oladi. 5 yoshidan u yezish va o’qishni bilar
edi.
U yoshligidanok o’rta asr fanlarini chuqur o’rganadi.
U ilmiy malakasini takomillashtirish maqsadida 10 yoshidan Shosh,
Samarkand va Buxoroga kelib ta’lim oladi. Lyokin bu joylar uning ilmga bo’lgan
chankokligini koniktirmaydi. U Eronning Ray, Xamadon shaxar shaxarlarida
buladi. U bir vaktning o’zida arab, fors,yunon tillarini o’rganadi.
Farobiy aniqfanlar: ilmi nujum, riyeziyet, musika, tabobat fanlariga qiziqadi.
Lekin u ko’prok falsafa ilmi bilan shug’ullanadi.
Tarixiy manbalarga ko’ra u Buxoroda bo’lgan kezlarida Buxoro amiri
Mansur ibn Nux Samoniyning iltimosiga ko’ra falsafiy asar «al – soniy» (ikkinchi
muallim) lakabi bilan mashxur buladi.
Olimning yukorida biz tilga olgan asarlari butun jaxon ziyelilari tomonidan
xakli ravishda yuksak baxolangandir.
Farobiyning asarlari arab tilidan dunyoning ko’p tiliga rus, ingliz, ispan,
franso’z, o’zbek tiliga tarjima kilingan.
Farobiy nixoyatda buyuk olim va mutaffakir edi.
Chunonchi, uning asarlarini
o’rganish shuni ko’rsatadiki, o’z ilmiy qarashlari bilan yangi davrga darcha ocha
bilgan va zamondoshlaridan biri necha asr olga ketgan.
Farobiyning quyidagi pedagogik qarashlari yoshlarga muxim manba bo’lib
xizmat kiladi. Farobiy birinchi bo’lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir.
Dostları ilə paylaş: |