Uzluksiz ta’lim tizimida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning o‘quv-metodik


Modulli ta’limda maslahatlar tizimi va ta’lim innovatsiyalari



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə7/30
tarix25.04.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#102337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Uzluksiz ta’lim tizimida Informatika va axborot texnologiyalari 6-mavzu

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Tyuter
Modulli ta’limda maslahatlar tizimi va ta’lim innovatsiyalari.

Modulli ta’lim yuqorida aytib o‘tilganidek “subyekt-subyekt” munosabatlariga qurilgan. Shu sababali talabalarning mustaqil faoliyatiga katta e’tibor qaratiladi. Talaba mustaqil faoliyatini samarali bo‘lishi uchun pedagogdan turli xildagi maslahatlar tizimi talab qilinadi. Shu sababli xorij tajribasida pedagogik yordamning turli ko‘rinishlari takomillashib bordi va bugungi kunda pedagogik faoliyatiga ko‘ra bir qancha tushunchalar kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Ulardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.
Tyuter - ( лот. tutorem – maslahatchi) faoliyati talabalarga o‘quv jarayoniga moslashish, vujudga keluvchi ayrim savollarga javob topishga yordamlashishga qaratilgan.
Edvayzer- (advisor - qadimgi fransuz so‘zi “avisen”, “o‘ylamoq” so‘zidan olingan ) individual holda diplom ishi, kurs ishini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot olib borish, individual dasturlarni ishlab chiqish jarayonida maslahatchidir.
Fasilitator (ingl. facilitator, lot. facilis — «yengil, qulay» degan ma’noni bildiradi) — fasilitator gruhlarda faoliyatni tashkil etishda ko‘maklashadi. U guruhlardagi faoliyatni samarali bo‘lishini ta’minlashi ,guruhda sohlom komunikatsiyani o‘rnatishi, gruhda ishlash qoidalariga va regamentlarga amal qilishni ta’minlashi joiz. Fasilitator gruhda qulay psixologik muhitni yaratadi va faoliyatni samarali bo‘lishiga yordam beradi. Ushbu tushuncha mumtoz psixolog Rodjers Karl tomonidan kiritilgan bo‘lib, ingliz zabon mamlakatlarining ta’lim muassasalarida keng foydalaniladi. 1989 yildan buyon Xalqaro bosh fasilitaorlar assotsiatsiyasi (The International Association of Facilitators) faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda uning faoliyatida 63 davlatning 1200 a’zosi ishtirok etmoqda. Fasilitator faoliyati turli modellarda uchraydi. Qozog‘iston milliy tibbiyot universitetida bo‘lajak shifokorlarni kasbiy faoliyatini mohiyatini chuqur tushinishi va o‘z shaxsini mutaxassis sifatida taraqqiyotini ta’minlashda psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Fasilitator faoliyati har qanday treningning tarkibiga kiradi. Turli amaliy faoliyatlarni onlayn tizimida, guruhlarda tashkil etish jarayonida fasilitatorlik xususiyatlari o‘z aksini topadi.
Moderator - ( lot. moderor — meyorlashtiraman, tekshiraman) qabul qilingan qoidalarga amal qilishni tekshiradi, talabalarning qobiliyatlarni ochilishiga, bilish faoliyatini aktivlashtirishga yordam beradi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin