Turli xil hajm va rangdagi termo-krujkalar kartasini yaratish misoli Termo krujkaning rangi va o'lchamini tanlash imkoniyatiga ega bo’lgan mahsulot kartasini yaratish uchun quyidagilarni bajaring:
Bizning vazifamiz ikkita xususiyat guruhini - "Rang" va "Hajm" bo'yicha guruhlarni yaratishdir, shunda xaridor o'zi xohlagan termokrujkani qulay tarzda tanlashi mumkin. Bundan tashqari, xususiyatlar guruhidan foydalanish natijasida har bir tovar konfiguratsiyasi (masalan, "qizil 200 ml" yoki "ko'k 400 ml") o'z shtrix-kodi va SKU (artikul) siga ega bo'ladi, bu esa tovarning xaridorga yetgunicha yo'lda uni hech kim boshqa mahsulot bilan aramashtirib yubormasligini ta'minlaydi.
Mahsulot xarakteristikalarini yaratishda siz mavjud bo'lgan standart parametrlar ro'yxatidan (masalan, rang yoki o'lcham) tanlashingiz yoki o'zingiz noyob xususiyatlar guruhini (model, sig'im va boshqalar) yaratishingiz mumkin. "Rang"xarakteristikasi standartdir, shuning uchun ushbu parametrni ro'yxatdan tanlab, tegishli ranglarni belgilashingiz mumkin. Bizning holatlarimizda ranglar "Qizil", "Sutrang melanj" va "Moviy".
So’ngra, "Hajm" xarakteristikasini yaratish uchun "Yangi xarakteristikani qo'shish" tugmasini bosing, unga nom berib, alohida maydonlarga navbat bilan qiymatlarni kiriting.
Bundan so’ng, rang xususiyatlarini mos keladigan mahsulot fotosuratlari bilan bog'lang, shunda rasmlar mijoz ranglarni tanlaganda avtomatik ravishda o'zgaradi. Ushbu fotosuratlar mahsulot kartasidagi asosiy rasmlarni takrorlamasligi kerak.
5.11 Qo'shimcha maydonlar Tovarning qo’shimcha maydonlari ikki tilda to’ldirilishi kerak: o’zbek tilida (lotin alifbosi) va rus tilida (kirill alifbosi). O'lcham jadvali. Xaridor mahsulotni xarid qilayotgan paytda taqqos uchun asos bo'luvchi ushbu tovar bo'yicha taklif qilingan barcha o’lchamlari to'g'risidagi tafsilotlarni o'z ichiga olgan ma'lumotni (matn, fotosurat yoki video) bu yerda joylashtiring.
Mijozlar kiyim-kechak va poyabzallarning aniq o'lchamini o'z parametrlariga ko'ra tanlashlari muhim - bu buyurtmani qaytarish soni, brend kartasi va do'kon reytingiga ta'sir qiladi. Agar siz potentsial xaridorda paydo bo'lishi mumkin bo'lgan barcha savollarni oldindan o'ylab qo'ysangiz, xaridlar soni va mijozning ehtiyojlarini qondirish ehtimolini ko'p karra oshirasiz.