V. А. Kostetskiy


Anglashilmovchilik yuz bergani aniq. N. bu vaziyatda



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

Anglashilmovchilik yuz bergani aniq. N. bu vaziyatda 
qanday yo‘l tutishi kerak? 
2-
 
vaziyat

Xonadon boshqa shaharda ta’lim oladigan 18 va 20 yoshli bo- 
lalarning onasi, fuqaro N. mulki hisoblanadi. Xonadonni fuqaro 
M.ga sotayotganida fuqaro N. o‘z harakatlari uchun o‘g‘illarining 
roziligini olmadi. 
Uning harakatlari huquqiy jihatdan to‘g‘rimi? 


69 
Xayr-ehson — 
muayyan shaxslar va tashkilotlar tomoni- 
dan o‘z istagi bilan bajarilgan bepul (badalsiz) harakatdir. 
HADYA VA XAYR-EHSON SHARTNOMALARI 
Shubhasiz, har birimiz Yangi yilda, tug‘ilgan kun yoki shunchaki ota-ona 
mukofot puli olgani munosabati bilan sovg‘a (hadya) olganmiz. Sovg‘a olish 
hammaga ham yoqadi. Lekin sovg‘a olish ham fuqarolar huquqiga kiradimi? 
Albatta! Axir bunda sovg‘a (hadya)ga egalik qilish huquqi sovg‘a (hadya) 
beruvchidan uni oluvchiga o‘tadi. 
Shuning uchun hadya shartnomasi predmeti har doim aniq belgilangan 
deyish mumkin. Bunda ko‘char va ko‘chmas mulk ishtirokidagi bitimlar haqi- 
dagi me’yorlar hadya shartnomasiga ham to‘liq taalluqli bo‘ladi. 
Xayr-ehson shartnomasi hadya shartnomasiga yaqin turadi. Ular orasidagi 
farq quyidagilardir: 

xayr-ehson fuqarolar, shifoxonalar, tarbiya muassasalari, fondlar, 
muzeylar va hokazolarga, shuningdek davlatga umumfoydali maq- 
sadlarda amalga oshiriladi

xayr-ehsonni bekor qilish mumkin emas, uni olish uchun kimningdir 
roziligi shart emas; 

merosxo‘rlik to‘g‘risidagi me’yorlar xayr-ehsonga nisbatan qo‘llanil- 
maydi. 
AYIRBOSHLASH (ALMASHISH) SHARTNOMASI 
Bir necha asr avval ayirboshlash shartnomasi oddiy hol edi. Hozir ham 
ayirboshlash shartnomasi saqlanib qolgan, biroq muayyan sabablarga ko‘ra 
uning mohiyati o‘zgardi: birinchidan, ayirboshlanadigan tovarlar qiymati pul 
ko‘rinishida o‘lchanadi; ikkinchidan, ayirboshlash shartnomasiga nisbatan te- 
gishli ravishda oldi-sotdi to‘g‘risidagi me’yorlar qo‘llaniladi. 
Agar ayirboshlash shartnomasida boshqa shartlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 
ayirboshlanadigan tovarlar teng qiymatli deb taxmin qilinadi. Aks holda tovar- 
lar narxidagi farq pul bilan qoplanadi. 



Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin