V. А. Kostetskiy



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

10-
 
§. MULK HUQUQI VA BOSHQA ASHYOVIY HUQUQLAR
 
MULK HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI 
Atrofimizdagi narsalar — biror shaxs egalik qiladigan yoki foydalanadi- 
gan predmetlar, buyumlar, obyektlarning hammasi mulk demakdir. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida (66-modda) har bir inson mulkka ega bo‘lish 
huquqi qayd qilingan. 
Mulk huquqi 
shaxsning o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ihtiyoriga ko‘ra 
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. 


64 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULK SHAKLLARI. 
MULK HUQUQINING SUBYEKTLARI VA OBYEKTLARI 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «O‘zbekiston Respubli- 
kasida mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra mamlakatimizda mulk daxlsiz- 
dir. Har bir kishi mulkka egalik qilish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublika- 
sida iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o‘sishiga 
imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik bo‘lishiga ruxsat berila- 
di. Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz bo‘lishiga va ularning rivojlanishi 
uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi. 
Mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va 
o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, 
shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzish- 
ni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir. 
O‘zbekiston Respublikasi mulkdorga qarashli bo‘lgan mol-mulkni saqlash 
va ko‘paytirib borish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi. Mulkka 
egalik huquqi daxlsizdir, uni qonun himoya qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasida mulk xususiy mulk va jamoat mulki shakllarida 
bo‘ladi. Bunda xususiy mulk huquqining subyektlari fuqarolar hamda nodavlat yu- 
ridik shaxslar bo‘lishi mumkin, jamoat mulki huquqi subyekti esa davlat hisoblanadi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin