58 Topshiriq. 1.
13 yoshli Sh. musiqiy asar yaratdi. U muallif hisoblana-
dimi? Uning qonuniy manfaatlarini kim taqdim etadi va
himoya qiladi?
2. 16 yoshli A. ota-onasining yozma roziligi bilan bir oy mo-
baynida tarjimon bo‘lib ishladi. Ishlab topgan puliga velo-
siped xarid qildi. U bunday qilishga haqlimi? Ota-onaning
arizasi bilan bunday bitimni bekor qilish mumkinmi?
Avvalgi masalani qo‘shimcha shart bilan yeching: A. velosipedini qo‘shnisining uyali telefoniga almashtirmoq- chi bo‘ldi. Bunday almashish uchun ota-onaning roziligi shartmi? ahamiyatini tushunsa-da, ammo ularni boshqara olmagan taqdirda ham muoma-
laga layoqatsiz deb topilishi mumkin.
Fuqaro faqat sud tartibida muomalaga layoqatsiz deb topilishi mumkin,
bu esa uning huquqlarini kafolatlaydi va muhofazalaydi. Fuqaro muomalaga
layoqatsiz deb topilganidan so‘ng bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi. Va-
siy muomalaga layoqatsiz fuqaroning qonuniy vakili bo‘lib, uning huquqlarini
himoya qiladi hamda uning nomidan bitimlar va yuridik ahamiyatga ega bosh-
qa harakatlarni amalga oshiradi. Basharti fuqaro muomalaga layoqatsiz deb to-
pilishiga sabab bo‘lgan asoslar bekor bo‘lsa, sud sog‘aygan fuqaroni muomala-
ga layoqatli deb topish hamda uning ustidan belgilangan vasiylikni bekor qilish
haqida hal qiluv qarori chiqaradi.
Bilimingizni sinang! 1.
Fuqarolik huquqi qanday munosabatlarni boshqaradi?
2.
Fuqarolar huquqiy layoqatining muomala layoqatidan farqi
nimada?
3.
Yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi farq nimada?
4.
Yuridik shaxslar jismoniy shaxslar bilan huquqiy munosabat-
larga kirishishi mumkinmi?
5.
Davlat yuridik shaxs hisoblanadimi? Javobingizni asoslang.
6.
Davlat zimmasiga qanday vazifalar yuklanadi?
7.
Davlat jismoniy yoki yuridik shaxs bilan oldi-sotdi dalolatno-
masini tuzishi mumkinmi?