61
—
ruhiy kasalligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomo-
nidan tuzilgan;
—
muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan homiysining roziligi-
siz tuzilgan;
—
bitimni tuzish paytida o‘z harakatlarining
ahamiyatini tushuna olmay-
digan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan;
—
yanglishish ta’sirida tuzilgan;
—
aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining
ikkinchi taraf bilan yo-
mon niyatda kelishishi yoki og‘ir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilgan,
ikkinchi taraf esa bundan foydalanib qolgan (asoratli bitim);
—
qalbaki va ko‘zbo‘yamachilik uchun, yuridik oqibatlar tug‘dirish niyati
bo‘lmagan holda, nomigagina tuzilgan bitim (qalbaki bitim);
—
yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan, ya’ni
yuri-
dik shaxs tomonidan uning ustav maqsadlariga zid holda tuzilgan yoki
tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lmagan yuridik
shaxs tomonidan tuzilgan.
VAKILLIK
Vakillik —
ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga
yoki vakil qilingan
davlat organining hujjatiga asoslangan vakolat bilan bir shaxs (vakil) tomoni-
dan boshqa shaxs (vakolat beruvchi) nomidan tuzilgan bitimdir.
O‘z xarakteriga ko‘ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni vakil
orqali tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Muomalaga layoqatsiz fuqarolar nomidan bi-
timlarni ularning ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va vasiylari tuzadilar.
Bitimlar ishonchnoma bo‘yicha tuzilishi ham mumkin. Bir shaxs (ishonch
bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga)
uchinchi shaxslar
oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat
ishonchnoma
hisoblanadi.
Ishonchnoma oddiy yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtirila-
di. Ishonchnoma ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonch-
nomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u berilgan kundan boshlab bir
yil mo-
baynida o‘z kuchini saqlaydi. Berilgan sanasi ko‘rsatilmagan ishonchnoma
haqiqiy emas.