V. А. Kostetskiy


Quyidagi hollarda bitimlar haqiqiy emas deb tan olinadi



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

Quyidagi hollarda bitimlar haqiqiy emas deb tan olinadi: 

qonun talab qiladigan shakliga rioya etmaslik; 

qonun hujjatlarining talablariga muvofiq bo‘lmagan; 

o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxs tomonidan tuzilgan

o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan 
shaxs tomonidan uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiy- 
sining roziligisiz tuzilgan; 
Bitimlar 
deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik 
huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga 
qaratilgan harakatlariga aytiladi. 
О‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 
101-modda 


61 

ruhiy kasalligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomo- 
nidan tuzilgan; 

muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan homiysining roziligi- 
siz tuzilgan; 

bitimni tuzish paytida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmay- 
digan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan; 

yanglishish ta’sirida tuzilgan; 

aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yo- 
mon niyatda kelishishi yoki og‘ir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilgan, 
ikkinchi taraf esa bundan foydalanib qolgan (asoratli bitim); 

qalbaki va ko‘zbo‘yamachilik uchun, yuridik oqibatlar tug‘dirish niyati 
bo‘lmagan holda, nomigagina tuzilgan bitim (qalbaki bitim); 

yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan, ya’ni yuri- 
dik shaxs tomonidan uning ustav maqsadlariga zid holda tuzilgan yoki 
tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lmagan yuridik 
shaxs tomonidan tuzilgan. 
VAKILLIK 
Vakillik — 
ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga yoki vakil qilingan 
davlat organining hujjatiga asoslangan vakolat bilan bir shaxs (vakil) tomoni- 
dan boshqa shaxs (vakolat beruvchi) nomidan tuzilgan bitimdir. 
O‘z xarakteriga ko‘ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni vakil 
orqali tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Muomalaga layoqatsiz fuqarolar nomidan bi- 
timlarni ularning ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va vasiylari tuzadilar. 
Bitimlar ishonchnoma bo‘yicha tuzilishi ham mumkin. Bir shaxs (ishonch 
bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar 
oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat 
ishonchnoma 
hisoblanadi. 
Ishonchnoma oddiy yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtirila- 
di. Ishonchnoma ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonch- 
nomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mo- 
baynida o‘z kuchini saqlaydi. Berilgan sanasi ko‘rsatilmagan ishonchnoma 
haqiqiy emas. 



Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin