63
1-topshiriq.
Nima deb o‘ylaysiz, nimalar shaxsiy mol-mulkka misol
bo‘lishi mumkin?
Mulkdan «
foydalanish
»
undan foydali xossalarni olish
(samarani olish, daromad topish) demakdir.
Mol-mulkka «
egalik qilish
» esa: uni sotish, almashti-
rish yoki sovg‘a qilish huquqiga; o‘zgartirish, ya’ni xossalarini
yaxshilash yoki yomonlashtirish huquqiga; mol-mulkni yo‘q qi-
lish huquqiga ega bo‘lishdir.
2-topshiriq.
1.
Do‘stingizdan kompyuter sichqonchasini olib turdingiz.
Endi siz ushbu jihozning egasi hisoblanasizmi?
2.
Siz ofis ochish uchun ma’lum
muddatga ijara shartnoma-
sini tuzdingiz, amalda esa undan
oilangiz bilan yashash
uchun foydalanyapsiz. Bunday qilishga haqqingiz bormi?
3.
Siz firma bilan paxta terish kombaynlarini ijaraga olish
bo‘yicha shartnoma tuzdingiz. Vaqti kelib ularni sotib yu-
borishga qaror qildingiz. Bunga haqqingiz bormi?
Dostları ilə paylaş: