88
1-vaziyat.
Televideniye sharhlovchilari xorijdagi
hodisalar haqida ular
tayyorlagan axborotni efirga chiqarganligi uchun tijorat telekanali-
ni mualliflik huquqini buzganlikda ayblab sudga berishdi.
Bu holda mualliflik huquqi buzilganmi? Ushbu materialni
mualliflik huquqi obyekti deb hisoblash mumkinmi?
2-vaziyat.
Olti yoshli S. bolalar bog‘chasi
tarbiyachisi yordamida xalq
ertaklariga rasmlar turkumini tayyorladi.
Bunda tarbiyachining
o‘zi
rasm chizmay, rasm g‘oyasi
va obrazlari,
xususiyatlari va
ranglarini aytib turdi. Keyin u mazkur rasmlarni o‘z ishiga qo‘shib
nashr qildi hamda u o‘z yordamisiz S. hech narsa chiza olmas edi,
deb o‘ylab, rasmlar muallifi sifatida uning nomini ko‘rsatmadi.
Ushbu rasmlarni mualliflik huquqi obyekti deb hisoblash
mumkinmi? Olti yoshli bolakay asar muallifi bo‘la oladimi?
Bu holda uning huquqlari buzilganmi?
3-vaziyat.
Nashriyot muallif N.ning romanini
nashr qilish uchun qabul
qildi. Qo‘lyozma matni musahhih tomonidan tekshirilib, imlo xa-
tolari tuzatildi. Muallifning ruxsati bilan matn muharrir tomonidan
qisqartirildi va rassom tomonidan rasmlar bilan bezatildi. Kitobning
bosmadan chiqqan nusxalari muqovachi tomonidan muqovalandi.
Romanning birinchi nashri tez sotilgani sababli nashriyot muallifga
uni ingliz tiliga tarjima qilishni taklif etdi. Muallifning roziligi bilan
roman tarjimon tomonidan ingliz tiliga tarjima qilindi.
Sanab o‘tilgan shaxslarning qaysi biri bajargan mehnati-
ning natijasi uchun mualliflik huquqlariga ega bo‘ldi?
2-topshiriq.
Quyidagi vaziyatlarni hal qilish yo‘llarini topishga uri-
Dostları ilə paylaş: