V. А. Kostetskiy


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 
42-modda



99 

kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining man- 
faatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish; 

qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum 
bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’mi- 
not olish; 

o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali 
himoya qilish va malakali yuridik yordam olish; 

jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash 
huquqiga egadir. 
Ko‘plab ming yilliklar davomida insoniyat moddiy va ma’naviy bоуliklаr 
yaratar ekan, o‘z faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘lini bo- 
sib o‘tdi. Mehnat tufayli insonda o‘zining niyat va xohishlarini amalga oshi- 
rish, jamiyatda o‘z о‘rnini topish, shaxs sifatida o‘z mavqeyini aniqlab olish 
imkoniyati paydo bo‘ldi. Mehnat qilar ekan, insonda o‘z-o‘zini intizomlash, 
uyushqoqlik, boshqa odamlar bilan hamkorlik qilish qobiliyati kabi foydali si- 
fatlar hosil bo‘ladi. 
Mehnat huquqi — 
mehnat faoliyati jarayonida vujudga 
keladigan odamlar orasidagi munosabatlarni tartibga soladigan 
huquq sohasidir. 
Mehnatga oid munosabatlar — 
kishilar orasidagi muno- 
sabatlar bo‘lib, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi va 
belgilangan mehnat tartibiga bo‘ysunishga asoslanadi. 


100 
MEHNAT TO‘G‘RISIDAGI QONUNLARNING VAZIFALARI 
Odamlar hayoti va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hamma narsa mehnat 
bilan yaratiladi. Bundan jamiyat va alohida har bir insonning hayotida mehnat- 
ga oid munosabatlar o‘ynaydigan rol yaqqol namoyon bo‘ladi. Mehnat 
jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solmay, mehnat 
unumdorligini hamda ishlayotganlarning moddiy va madaniy darajasini oshirib 
bo‘lmaydi. Shunday qilib, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari: 
xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarining, shu jumladan mehnat 
qilishga, erkin ish tanlashga, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga hamda 
ishsizlikdan himoyalanishga bo‘lgan huquqining davlat kafolatlarini belgilash; 
ish beruvchilarning kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va samarali 
mehnat jarayonini tashkil etish sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini 
ta’minlash; 
mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni rag‘batlantirish va rivojlantirish; 
xodimlar va ish beruvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari 
himoya qilinishini ta’minlash; 
mehnat bozorining samarali faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin