V. А. Kostetskiy


FUQAROLIK ISHINI SUDDA KO‘RISH BOSQICHLARI



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

FUQAROLIK ISHINI SUDDA KO‘RISH BOSQICHLARI 
1.
Sud jarayonini ochish (sudya). 
2.
Jarayon ishtirokchilari kelganini tekshirish (kotib). 
3.
Sud majlisi zalidan guvohlarni chiqarib yuborish (kotib). 
4.
Sud tarkibini e’lon qilish va qarshilik bildirish huquqini tushuntirish 
(sudya). 
5.
Ishda qatnashayotgan shaxslarga ularning huquq va burchlarini tushun- 
tirish (sudya). 
6.
Raislik qiluvchining ish mazmunini bayon etishi (da’vogarga talabla- 
rini himoya qilayotganini; javobgarga da’vogar talablarini tan olganli- 
gini hamda ikkala tarafga ishni tinch yo‘l bilan tugatishni istayotganini 
so‘rab murojaat qilish bilan tugallanadi). 
7.
Da’vogarning tushuntirishi. 
8.
Prokurorning nutqi (da’vogar talablari qonuniyligini rad etadi yoki 
yoqlaydi). 
9.
Guvohlarni so‘roq qilish. 
10.
Ekspertdan so‘rash. 
11.
Ishni ko‘rib chiqish tugallanishi (raislik qiluvchi ishda qatnashayot- 
ganlardan ish materiallarini biror narsa bilan to‘ldirishni istashlari yoki 
yo‘qligi xususida so‘raydi). 
12.
Sud muzokaralari (prokuror, da’vogar, javobgarning chiqishlari). 
13. Prokuror xulosasi. 
14.
Sudning qaror chiqarish uchun maslahat xonasiga chiqib ketishi. 
15.
Sud qarorini o‘qib eshittirish (raislik qiluvchi qaror ustidan shikoyat qi- 
lish tartibini tushuntiradi va ushbu ish bo‘yicha sud majlisini yopiq deb 
e’lon qiladi). 


96 
SUD HUKMI BO‘YICHA SHIKOYATLAR BERISH TARTIBI 
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik-protsessual kodeksiga muvofiq 
birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan sud tomonidan ajrim topshirilgan 
yoki yuborilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida taraflar va ishda ishtirok etuv- 
chi boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo 
huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar 
apellatsiya instansiyasi sudiga sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga 
to‘sqinlik qiladigan hollarda sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat beri- 
shi, prokuror esa protest keltirishi mumkin. 
Apellatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyat yoki xususiy protestni ko‘rib 
chiqib: 
1)
ajrimni o‘zgarishsiz qoldirishga, shikoyat yoki protestni esa qanoatlan- 
tirmaslikka; 
2)
ajrimni bekor qilishga va ishni mazmunan ko‘rish uchun birinchi ins- 
tansiya sudiga yuborishga; 
3)
ajrimni butunlay yoki qisman o‘zgartirishga yoxud bekor qilishga va 
masalani mazmunan hal qilishga haqli. 
Qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarorla- 
ri ustidan ular qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida taraflar va 
ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok 
etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud to- 
monidan hal etilgan shaxslar kassatsiya tartibida shikoyat berishi va prokuror 
protest keltirishi mumkin. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin