V. А. Kostetskiy



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

MEHNAT SHARTNOMASI: 

nomuayyan muddatga; 

uch yildan ko‘p bo‘lmagan muayyan muddatga (muddatli mehnat 
shartnomasi) tuzilishi mumkin; 
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati shartlashilmagan 
bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonun hujjatlariga muvofiq insonning 
mehnatga layoqati (ya’ni mehnatga bo‘lgan o‘z huquqini amalga oshirish qobi- 
liyati) 16 yoshda boshlanadi. 
Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta max- 
sus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda 
ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish ja- 
rayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun 

ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-ona- 
sining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul 
qilishga yo‘l qo‘yiladi. 


107 
2-topshiriq. 
Maslahatlashib, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi nizoni 
hal etishga doir o‘z variantingizni taklif eting. Vujudga kelgan 
nizoning oldini qanday qilib olish mumkinligini ham belgilang. 
Vaziyat. 
Zavod direktori sobiq sinfdoshi, endilikda yuqori malakali 
mutaxassisni xursandlik bilan kutib oldi. Uning maktabni bitirga- 
nidan keyingi hayoti to‘g‘risida so‘rab-surishtirib, maktab yillari, 
institutdagi o‘qish davrini eslab, direktor A.ni darhol ishga qabul 
qilishni buyurdi. 
— Rasmiyatchiliklar keyinroq, — deb qo‘lini siltadi xodimlar 
bo‘limi boshlig‘iga... 
Bir oydan so‘ng sobiq do‘stlar mehnat haqi miqdori, ish vaq- 
ti va shartlarini aniqlash chog‘ida tamoman urishib qolishdi. Oxir-
oqibat A. o‘z xohishiga binoan ishdan ketdi. Sobiq do‘stlar 
dushman bo‘lib ayrilishdi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin