V. А. Kostetskiy


Quyidagilar ish beruvchilar bo‘lishi mumkin



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

Quyidagilar ish beruvchilar bo‘lishi mumkin: 

korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo‘linmalari o‘z 
rahbarlari timsolida; 

mulkdorning o‘zi ayni bir vaqtda rahbar bo‘lgan xususiy korxonalar; 

o‘n sakkiz yoshga to‘lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tu- 
tilgan hollarda. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan 
tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar. 
Har bir xodim: 

o‘z mehnati uchun qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona ta- 
rif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilanganidan oz bo‘lmagan 
miqdorda haq olish; 

muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasb- 
lar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kun- 
lari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish 
orqali ta’minlanadigan dam olish; 

kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; 

ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar- 
ning o‘rnini qoplash; 

kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining man- 
faatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish; 

qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum 
bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’mi- 
not olish; 

o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali 
himoya qilish va malakali yuridik yordam olish; 

jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash 
huquqiga egadir. 


106 
1-topshiriq. 
O‘zaro rollarni (xodim va ish beruvchi) bo‘lishib oling 
va voyaga yetmaganni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi mehnat 
shartnomasi matnini tuzing. Bunday yoshda ishning xususiyat- 
lariga e’tibor bering. 
Ish beruvchi: 

korxonani boshqarish va o‘z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qa- 
bul qilish; 

qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tu- 
zish va bekor qilish; 

mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni lozim darajada 
bajarishni xodimdan talab qilish; 

o‘z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan bir- 
ga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a’zo bo‘lish 
huquqiga egadir. 
Mehnat shartnomasi tuzilganidan keyin buyruq chiqariladi, u xodimga 
imzo chektirib, ma’lum qilinadi. Ishga qabul qilish shartnomada ko‘rsatilgan 
kundan e’tiboran hisoblanadi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin