117
№
Mutaxassislik
Haq to‘lash tizimi
Dalillar
vaqtbay
ishbay
1
O‘qituvchi
2
Ofitsiant
3
Quruvchi
4
Qorovul
5
Uchuvchi
6
Tadbirkor
7
Korxona rahbari
8
Oshpaz
9
Ichki ishlar xodimi
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining
qisqartirilgan davomiyligida haq to‘lash, xuddi ish vaqti davomiyligi to‘liq
bo‘lganda xodimlarning tegishli toifalari uchun to‘lanadigan miqdorda amalga
oshiriladi.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatiga vaqtbay haq to‘lashda
har kungi ishning to‘liq davomiyligida tegishli toifadagi xodimlarning
mehnatiga haq to‘lash darajasiga qadar qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Ishbay ishlarga qo‘yilgan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan xodimlar mehnatiga
katta yoshdagi xodimlar uchun belgilangan ishbay narxlar bo‘yicha haq
to‘lanib, bunda o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning har kungi ish vaqti
davomiyligi o‘n sakkiz yoshga to‘lgan xodimlarning har kungi ish vaqti
davomiyligiga nisbatan qisqartirilgan vaqt uchun tarif stavkasi bo‘yicha
qo‘shimcha haq to‘lanadi.
O‘quv yili davomida o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlayotgan o‘n sakkiz
yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatiga ishlagan vaqtidan kelib chiqib yoki
ishlab chiqarish natijasiga qarab haq to‘lanadi.
Dostları ilə paylaş: