V. А. Kostetskiy


  MEHNAT SHARTNOMASI ISH BERUVCHINING



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

127 
MEHNAT SHARTNOMASI ISH BERUVCHINING 
TASHABBUSI BILAN BEKOR QILINISHI 
Mehnat kodeksiga binoan (161-modda) quyidagi sabablar mehnat 
shartnomasini bekor qilish uchun asos bo‘ladi: 
1) tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) o‘z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki 
ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori bilan 
tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi; 
2) texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi, ishlar 
(mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilot (uning alohida 
bo‘linmasi), yakka tartibdagi tadbirkor xodimlari sonining yoki shtatining o‘zgarganligi; 
3) xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki 
bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi; 
4) xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi. Avval 
mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka 
tortilgan yoxud unga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi 
boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan ta’sir choralari qo‘llanilgan kundan e’tiboran 
bir yil ichida xodim tomonidan takroran intizomiy nojo‘ya harakat sodir etilganligi mehnat 
majburiyatlarini muntazam ravishda buzishdir; 
5) xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi. 
Mehnat shartnomasining ish beruvchining biron bir boshqa sabablari bilan bekor 
qilinishi g‘ayriqonuniy bo‘ladi. 
Vaziyatlar bilan tanishib, buzilgan huquqlarni tiklash 
yo‘llarini taklif qiling. 
1-vaziyat. 
9-sinf o‘quvchisi A. sut zavodiga yuk ortuvchi qilib ishga 
qabul qilindi. Sutli qutini ortish vaqtida u toyib ketdi va yiqilib 
tushdi, natijada shishalarning ко‘pi sindi. Sut zavodi ma’muriya- 
ti yetkazilgan zarar qiymatini A.ning ish haqidan ushlab qoldi. 
A.ning ota-onasi pullarni qaytarishni hamda unga ishdan bo‘sha- 
tilgani to‘g‘risida yozuv bilan mehnat daftarchasini berishni talab 
qilishdi. Xodimlar bo‘limida buni bajarishmadi, u voyaga yetma- 
gan va unga mehnat daftarchasi tutilmaydi deb tushuntirishdi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin