128
2-vaziyat
.
16 yoshli ishchi U. muntazam
ravishda korxonada belgi-
langan
normani bajarmadi, shu munosabat bilan ma’muriyat ka-
saba uyushmasi tashkiloti oldiga uni ishdan bo‘shatish
masalasi-
ni qo‘ydi. Kasaba uyushmasi yig‘ilishi U.ni ishdan bo‘shatishga
rozilik berish to‘g‘risida qaror qabul qildi va u korxona bo‘yicha
chiqarilgan buyruqqa binoan ishdan bo‘shatildi.
Mazkur holda mehnat qonunlari buzilganmi?
3-vaziyat.
Meva-sabzavot bazasi ma’muriyati
meva va sabzavotlarni
yalpi yig‘ib-terish davrida dam olish
kunlariga voyaga yetmagan
S.ni yig‘ilgan mahsulotni ortish va tushirishga jalb etdi. Uchinchi
yakshanba kuni S. ishga chiqmadi va
ishni sababsiz qoldirgani
uchun ishdan bo‘shatildi.
Mazkur holda mehnat qonunlarini buzishga yol qo‘yil-
ganmi? Yol qo‘yilgan bo‘lsa, qaysi qoidalari buzilgan?
Bilimingizni sinang!
1.
Ish vaqti va dam olish vaqti tushunchalariga nimalar kira-
di?
2.
Besh va olti kunlik ish haftalarida
ish vaqti necha soatni
tashkil etadi?
3.
Voyaga yetmaganlar ishining xususiyati nimada?
4.
Respublikada qaysi kunlar bayram kunlari deb belgilangan?
5.
Kundalik dam olish necha soat davom etishi kerak?
6.
Navbatdagi mehnat ta’tili necha
oy ishlanganidan keyin
beriladi?
7.
Voyaga yetmaganlarga mehnat ta’tilini
berish xususiyati
nimadan iborat?
8.
Qaysi hollarda xodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa
ishga o‘tkazish mumkin?
9.
Mehnat shartnomasining bekor qilinishiga nimalar asos
bo‘lib xizmat qiladi?
10.
Voyaga yetmaganlarni ishdan bo‘shatishning xususiyati
nimada?