V. А. Kostetskiy


O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,420-modda



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,420-modda


118 
Ish haqi quyidagi hollarda ikki hissa miqdorida to‘lanadi: 

ish vaqtidan tashqari

dam olish kunlari; 

bayram kunlari; 

yoki boshqa dam olish kunini (otgul) berish bilan 
qoplanishi mumkin. 
ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLAR HAMDA DAM OLISH VA 
BAYRAM KUNLARIDAGI ISHLAR UCHUN HAQ TO‘LASH- 
NING XUSUSIYATLARI 
Mehnat qonunlariga binoan bayram kunlarida ishlash qat’iyan taqiqlanadi. 
Biroq ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari xodimlarni ishga jalb 
etish zarur bo‘lgan vaziyatlar tug‘iladi: tabiiy ofat yoki ishlab chiqarish faloka- 
tining oldini olish yoki tugatish; baxtsiz hollar yoki mol-mulk yo‘qolishining 
oldini olish zaruriyati; korxonaning kelajak ishi uchun zarur bo‘lgan tezkor ish- 
ni bajarish, masalan, elektr uzatish liniyasining uzilishi, elektrotransformatorni 
almashtirish zarurati, neft quvuri yoki gaz quvurining teshilishi, yo‘ldagi o‘piri- 
lish va hokazo. 
MEHNAT INTIZOMI 
Korxonada mehnat intizomini ta’minlashning zaruriy sharti mehnat jamoa- 
si tasdiqlagan Ichki tartib qoidalari belgilaydigan aniq mehnat tartibini o‘rnatish 
hisoblanadi. Shunga binoan har bir xodim ishga tushishdan oldin o‘z huquq va 
majburiyatlari bilan tanishtirilishi kerak. 
Asosan mehnat intizomi mehnatga ongli munosabatda bo‘lish bilan asosla- 
nadi, biroq mehnat qonun hujjatlari nopok xodimlarga nisbatan intizomiy ta’sir 
choralari belgilanishining zarurligini ham hisobga oladi. 
Intizomni buzganlik uchun ish beruvchi intizomiy jazo choralarini 
qo‘llashga haqli. Uni qo‘llashdan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish 
xati talab qilinishi lozim. Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlan- 
ganidan keyin, ammo bu harakat aniqlangan kundan boshlab uzog‘i bilan 1 oy 
ichida qo‘llanadi. Moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natija- 
lariga binoan — sodir etilgan kundan boshlab ikki yildan kechikmasligi lozim. 


119 

Jazoning amal qilish muddati — 1 yil (bir yil 
o‘tganidan keyin o‘z-o‘zidan olib tashlanadi); 

jazoni muddatidan oldin olib tashlash ham mumkin; 

jazo mehnat daftarchasiga hamda xodimning shaxsiy 
kartochkasiga kiritilmaydi; 

har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun nojo‘ya xat- ti-
harakat aniqlanganidan keyin uzog‘i bilan bir oy ichida 
faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin; 

intizomiy jazo qo‘llangani to‘g‘risidagi buyruq xo- 
dimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. 
Intizomiy jazo mehnat daftarchasiga kiritilmaydi, korxona- 
da ishdan bo‘shaganidan keyin xodimning yangi ish joyiga be- 
rilmaydigan shaxsiy ishida qayd etiladi. Ish beruvchi yil davo- 
mida o‘z tashabbusi bilan, xodimning yoki mehnat jamoasining 
iltimosiga binoan intizomiy jazoni olib tashlashga haqli. 
Intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq xodimga ma’lum qilinib, 
tilxat olinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312-moddasi Mehnat inti- 
zomini buzgandagi jazo turlari: 

xayfsan; 

jarima — o‘rtacha oylik ish haqining 30% idan ortiq bo‘lmagan 
miqdorda (ichki tartib qoidalariga muvofiq bundan ham katta jarima 
nazarda tutilishi mumkin, lekin u o‘rtacha oylik ish haqining 50% idan 
oshmasligi shart); 

mehnat shartnomasini bekor qilish. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin