V. А. Kostetskiy


O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 
124-modda 

harbiy bilet yoki qayd guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar yoki 
chaqiriluvchilar uchun); 

oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini tamomlagani to‘g‘risidagi diplom 
yoki muayyan ishni bajarish huquqini beradigan guvohnoma. 
O‘spirinlar faqat oldindan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ishga qabul qilina- 
di, keyinchalik ular 18 yoshga to‘lguncha bunday ko‘rikdan har yili o‘tkazila- 
di. Bu bajarilayotgan ishning ularning sog‘lig‘iga ehtimol bo‘lgan salbiy ta’si- 
rini tekshirish zaruriyati bilan bog‘liq. Voyaga yetgan xodimlar, agar ular og‘ir 
ishlarda yoki zararli yoxud xavfli ish sharoitlari bilan mashg‘ul bo‘lsalar, shu 
maqsadda har yilgi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi. Tibbiy ko‘rik oziq- 
ovqat mahsulotlari, insonlarni davolash, bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish 
bilan mashg‘ul bo‘lgan xodimlar uchun ham majburiydir. Bu bilan ular xizmat 
ko‘rsatayotgan tashrifchilar xavfsizligi kafolatlanadi. 
Ko‘rsatilgan hollarda, ish beruvchi tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxsni ish- 
ga qabul qilishga, ishga kirayotgan odam esa undan o‘tishdan bo‘yin tovlashga 
haqli emas. 
Ish beruvchi quyidagi toifalarga mansub xodimlardan 
sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida ma’lumotlarni talab qilishga majbur: 

18 yoshga to‘lmaganlar; 

60 yoshga to‘lgan erkaklar, 55 yoshga to‘lgan ayollar; 

nogironlar; 

zararli mehnat sharoiti, shuningdek transport bilan 
bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar; 

bolalarni davolash, tarbiyalash va ta’lim berish bilan 
mashg‘ul bo‘lganlardan. 


MEHNAT DAFTARCHASI 
Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir. 
Mehnat daftarchasi: 

ishga birinchi marotaba kirishda — ish boshlanganidan 5 kundan 
kechiktirmasdan to‘ldiriladi; 

yo‘qolganda — nusxasi yozib beriladi (keyinroq ilgarigi yozuvlari 
tiklanadi). 
Unga quyidagi yozuvlar kiritiladi: ishga qabul qilish sanasi, mutaxassisligi, 
lavozimi, rag‘batlantirishlar, ishdan bo‘shash sanasi ko‘rsatiladi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin