6-§. Diskret tasodifiy miqdorlar va ularning sonli xarakteristikalari
1-masala. Ikkita o`yin kubigi 1 marta tashlanganda chiqadigan raqamlar
yig`indisining matematik kutilishi topilsin.
Javob: M(x) = 7.
2-masala. Sakkista detallardan iborat idishda 3 ta nostandart detallar bor.
Tavakkaliga ikkita detal olindi. X-diskret tasodifiy miqdor olingan ikkita
detallar orasidagi nostandart detallar sonining matematik kutilishi topilsin.
Javob: M(x)=0,75.
3-masala. 2 ta o`yin kubigi 1 marta tashlanganda chiqadigan raqamlar
ko`paytmasining matematik kutilishi topilsin.
Javob : M(x)=12,25.
4-masala. 1 ta o`q uzganda nishonga tekkizish ehtimoli p= a
teng
bo`lsa, 4 ta o`q uzganda X-diskret tasodifiy miqdor nishonga tegish sonining
matematik kutilishi topilsin.
Javob: M(x)= .
5-masala. X-tasodifiy miqdor ikkita x
1
=1,x
2
=-1 qiymatlarni 0,5 ehtimol
bilan qabul qiladi. Shu tasodifiy miqdorning dispersiyasi topilsin.
Javob: D(x)=1.
6-masala. X-diskret tasodifiy miqdor 3 ta erkli sinovlarda biror A
hodisaning ro`y berishlar sonining matematik kutilishi M(x) = 6 ga teng
bo`lsa, shu tasodifiy miqdorning dispersiyasi topilsin.
Javob: D(x)= .
7-masala. Agar biror A hodisaning har bir sinovda ro`y berish ehtimoli
0,3 ga teng bo`lsa, X-tasodifiy miqdor A hodisaning 6 ta erkli sinovlarda ro`y
berish sonining dispersiyasini toping.
Javob: D(x)= 1,26.
8-masala. Idishda 5 ta sharlar bo`lib, ulardan 2 tasi qora, 3 tasi oq rangli.
Tavakkaliga idishdan 2 ta shar olindi. X-tasodifiy miqdor shu olingan 2
ta sharlar orasida qora sharlar sonining matematik kutilishi toplisin.
Javob: M(x)= .
9-masala. Avvalgi masala shartlari bajarilganda X-tasodifiy miqdor shu
olingan 2 ta sharlar orasidagi qora sharlar sonining dispersiyasi topilsin.
Javob: D(x)= .
10-masala. Tanga 4 marta tashlandi. X-tasodifiy miqdor tanganinig
raqamli tomonining tushish sonining matematik kutilishi topilsin.
Javob: M(x)= 2.
11-masala. Diskret tasodifiy miqdor X faqat ikkita X
1
va X
2
qiymat
qabul qiladi. (x
1
x
2
) X ning x
1
qiymatini qabul qilish ehtimoli 0,2 ga ten.
Agar X ning matematik kutilishi M(x) = 2,8 va dispersiyasi D(x) = 0,16 ga
teng bo`lsa, bu tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini toping.
Javob:
12-masala. Avvalgi masala shartlarida P
1
=0,6 bo`lib, X ning matematik
kutilishi M(x) =3,4 va dispersiyasi D(x) = 0,24 ga teng bo`lsa, X-tasodifiy
miqdorning taqsimot qonuni topilsin.
Javob:
13-masala. Aspirant tajriba maydonidan 6 ta namuna olib keldi.
Shulardan 4 tasida izlanayotgan temir qorishmasi bor. Tavakkaliga 3 ta
namuna ajratildi. X-diskret tasodifiy miqdor ajratilgan namunalar orasida
izlanayotgan temir qorishmasi borligi soni taqsimotining o`rtacha kvadratik
chetlanishi topilsin.
Javob: (x) =0,63.
14-masala. Futbol bo‘yicha institut terma komandasi 12 kishidan iborat
bo`lib, ulardan 5 tasi 1-razryadlidir. Tavakkaliga shu komandadan 3 kishi
tanlab olindi. Shu tanlanganlar orasidagi 1-razryadlilar soni X-diskret
tasodifiy miqdorning matematik kutilishi topilsin.
Javob: M(x) = 1,25.
15-masala. Idishda 2 ta oq va 1 ta qora sharlar bor. Shu idishdan
ketma-ket 3 marta shar olindi. Har bir keyingi shar olinishidan avval oldingi
x
2
3
P
0,2 0,8
x
3
4
P
0,6 0,4
shar idishga qaytariladi. Olingan sharlar orasidagi o`q sharlar soni X-diskret
tasodifiy miqdorning matematik kutilishi va dispersiyasi topilsin.
Javob: M(x) =2; D(x) = .
16-masala. X-diskret tasodifiy miqdor faqat 2 ta X
1
va X
2
(X
1
X
2
) qiymatlarni qabul qiladi. Agar bu tasodifiy miqdorning X
1
qiymat
qabul qilish ehtimoli P
1
= 0,6 bo`lib, matematik kutilishi M(x) = 2,6 va
dispersiyasi D(x) = 0,24 ga teng bo`lsa, X ning taqsimot
qonuni topilsin.
Javob:
17-masala. Diskret erkli tasodifiy miqdorlar quyidagi taqsimot
qonunlari orqali berilgan. XY-ko`paytmaning matematik kutilishi topilsin.
Javob: 1,53.
18-masala. Idishda 10ta bir xil mahsulotlar bo`lib, ulardan 3 tasi
sifatsizdir. Shu idishdan tavakkaliga 2 ta mahsulot tanlandi. X-diskret
tasodifiy miqdor tanlangan 2 ta mahsulotlar orasidagi sifatsiz mahsulotlar
sonining matematik kutilishi topilsin.
Javob: M(x) = 0,6.
19-masala. X-diskret tasodifiy miqdor faqat 2 ta X
1
va X
2
(X
1
X
2
)
qiymatlarni qabul qiladi. P
1
=0,5, M(x) =3,5. D(x) = 0,25 berilgan bo`lsa, X-
diskret tasodifiy miqdorning taqsimot qonuni yozilsin.
Javob:
20-masala. Agar X-diskret tasodifiy miqdorning taqsimot qonuni
berilgan bo`lsa, uning dispersiyasi
topilsin.
Javob: D(x) = 0,76.
21-masala. Agar 1 ta otishda nishonga tekkizish ehtimoli 0,4 ga teng
bo`lsa, 3 ta o`q uzishda X-diskret tasodifiy miqdor nishonga tekkizish
sonining matematik kutilishi topilsin.
Javob: M(x) = 1,2.
22-masala. Agar X-diskret tasodifiy miqdorning taqsimot qonuni
berilgan bo`lsa, uning o`rtacha kvadratik chetlanishi topilsin.
x 3
2
P 0,6
0,4
x 1
2
P 0,2
0,8
y 0,5 1
P 0,3 0,7
x
4
3
P
0,5 0,5
x
2
3
4
P
0,3 0,2 0,5
Javob: (x) ≈ 1,55.
23-masala. Avvalgi masala shartlari bajarilgan X-tasodifiy miqdorning
matematik kutilishi topilsin.
Javob: M(x) = 3.
24-masala. Quyidagi jadval ko`rinishida berilgan X-diskret tasodifiy
miqdor taqsimotining dispersiyasi topilsin.
Javob: D(x) =1,05.
25-masala. Nishonga qarab 3 ta o`q otilgan bo`lib, har bir o`qning
nishonga tegish ehtimoli 0,8 ga teng. X-tasodifiy miqdor o`qning nishonga
tekkizish sonining taqsimot qonunini va matematik kutilishini toping.
Javob: M(x)=2,4.
26-masala. Nishonga qarab otilgan o`qning nishonga tekkizish ehtimoli
p=0,4 ga teng. Agar 10 ta o`q otilgan bo`lsa, nishonga tegish sonini
ifodalovchi tasodifiy miqdorning matematik kutilishi topilsin.
Javob: M(x)=4.
27-masala. 2000 ta mahsulotlardan iborat to`plamdan olingan har bir
mahsulotning yaroqsiz bo`lish ehtimoli 0,03 ga teng. X-diskret tasodifiy
miqdor to`plamdagi yaroqsiz mahsulotlar sonining matematik kutilishi
topilsin.
Javob: M(x) = 60.
28-masala. 4 ta o`zaro bog`liq bo`lmagan tajribada A hodisaning ro`y
berish soni X-diskret tasodifiy miqdorning matematik kutilishi M(x)=0,8 ga
teng bo`lsa, shu tasodifiy miqdorning dispersiyasi topilsin.
Javob: D(x) = 0,64.
29-masala. X-tasodifiy miqdor 200 ta o`zaro bog`liq bo`lmagan
tajribada A hodisaning ro`y berish sonini ifodalaydi. Har bir tajribada shu
hodisaning ro`y berish ehtimoli 0,7 ga teng bo`lsa, X-diskret tasodifiy
miqdorning dispersiyasi topilsin.
Javob: D(x) = 42.
30-masala. 10 ta detallardan iborat idishda 2 ta nostandart detal bor.
Shu idishdan tavakkaliga 2 ta detal tanlab olindi. X-diskret tasodifiy miqdor
x
1
3
5
P
0,3 0,4
0,3
x
2
3
5
P
0,1 0,6
0,3
olingan 2 ta detallar orasidagi nostandart detallar sonining dispersiyasi
topilsin.
Javob: D(x) =
.
Dostları ilə paylaş: |