5.2-§.Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning
shakllari
Bugungi kundagi vaziyatni tahlil qilish asosida dunyoning
ilg‗or mamlakatlarida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning
namoyon bo‗lish shakliga ko‗ra ikkita katta guruhga ajratish
mumkin:
1)
shakl va ko‗rinishlarni rivojlanish tedensiyalari;
2)
davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash usullarining
rivojlanishi borasidagi tendensiyalar.
Birinchi guruhga boshqa faoliyat turlariga nisbatan iqtisodiy
xavfsizlikni ta‘minlash borasida davlat boshqaruv organlarining
xatti-harakatlari va chora-tadbirlariga ustuvor ahamiyat berilishi
bilan bog‗liq bo‗lgan tendensiyalar kiradi.
Ikkinchi guruhga milliy loyihalarni amalga oshirish
samaradorligi iqtisodiyotning samarali faoliyat ko‗rsatishiga
tobora
bog‗liq
bo‗lib
qolayotganligi,
iqtisodiyotning
raqobatbardoshlik darajasining ortishi yoki zaiflashishiga bog‗liq
holda milliy xo‗jalikning hayotiy muhim sohalarini qo‗llab-
quvvatlashning zarurligi, dunyoning turli mamlakatlari bilan
iqtisodiy integratsiya aloqalarining kuchayishi.
Murakkab ochiq iqtisodiy tizimlar rivojlanishining qonun va
qonuniyatlari
amal
qilish
mexanizmi
asosida
mazkur
134
tendensiyalarni o‗rganish mamlakat iqtisodiy xavfsizligini
ta‘minlashning quyidagi qonuniyatlarini aniqlashtirish imkonini
berdi:
iqtisodiyotning samarali amal qilishi, birinchi navbatda,
uning
resurs
ta‘minotiga bog‗liqdir. Milliy iqtisodiyot
infratuzilmasining rivojlanishi, uning milliy iqtisodiyotning o‗zga
soha va tarmoqlari, jahon xo‗jaligining boshqa milliy xo‗jalik
sektorlari bilan o‗zaro aloqalarining kuchayib borishi asnosida
iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning mavjud shakllarining tadrijiy
taraqqiy etishi bilan bir qatorda, uni ta‘minlashning yangi shakllari
ham vujudga kela boshlaydi;
mamlakat
iqtisodiy
xavfsizligini
ta‘minlashning
samaradorligi ko‗rilayotgan chora-tadbirlarning natijaviyligiga va
maxsus ajratilgan resurslardan qay tariqa foydalanilishiga
bog‗liqdir. Raqobatchilarning milliy iqtisodiyotga ko‗rsatayotgan
ta‘siri, xo‗jalikning boshqa milliy iqtisodiyotlar bilan o‗zaro
aloqalarga kirishishi, davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash
borasida amalga oshirayotgan maqsadli o‗zgartirishlari, bularning
barchasi iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning mavjud shakl va
yondashuvlarining
takomillashuviga,
iqtisodiy
xavfsizlikni
ta‘minlashning istiqbolli usullarining paydo bo‗lishiga turtki
beradi. Xatti-harakatlarning ushbu tizimi maxsus ajratilgan kuch
va resurslardan amalda samarali foydalanilishi, maxsus chora-
tadbirlarning yuqori saviyada tashkil etilishi bilan ajralib turadi;
iqtisodiy
xavfsizlikni
ta‘minlash borasida amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va bu borada
ajratilayotgan kuch va resurslardan maqsadli foydalanilishi ko‗p
jihatdan
maxsus
tashkiliy
tuzilma
faoliyatining
yo‗lga
qo‗yilganligiga bog‗liqdir. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini
ta‘minlash shakl va usullarini takomillashtirish iqtisodiy
135
xavfsizlikni ta‘minlashning bunday shakl va usullarini hayotga
to‗laqonli joriy eta olish imkonini beruvchi maxsus tashkiliy
tuzilma barpo etilishini ko‗zda tutadi;
mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash samaradorligi
qarshi tomonning iqtisodiyotga ta‘sir ko‗rsatishiga bog‗liqdir.
Mamlakat
iqtisodiy
xavfsizligini
ta‘minlashning
asosiy
yo‗nalishlarini ishlab chiqishda qarshi tomonning milliy
iqtisodiyot soha va tarmoqlariga, ular o‗rtasidagi o‗zaro aloqalar
darajasiga ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan ta‘siri atroflicha tahlil
qilinadi va bu borada tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqiladi;
iqtisodiy ko‗rsatkichlar mamlakat iqtisodiyotining boshqa
mamlakatlar iqtisodiyoti bilan o‗zaro aloqalari ko‗lami va
tavsifiga ko‗ra ko‗p jihatdan bog‗liqdir.
Ijtimoiy
taraqqiyot
jarayonida
milliy
xo‗jalikning
makroiqtisodiy muhit bilan o‗zaro uyg‗unlikda rivojlanishi ta‘min
etiladi. Bu esa iqtisodiyotning amalda bo‗lishi uchun qulay shart-
sharoitlarning mavjud bo‗lishini taqozo etadi. Mazkur shart-
sharoitlar quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi:
ierarxik bo‗ysunish tartibida iqtisodiy tizimlar bilan o‗zaro
aloqalarga kirishish chog‗ida ichki iqtisodiy xavfsizlikni
ta‘minlash;
bir-biriga bo‗ysunmaydigan iqtisodiy tizimlar o‗rtasida
o‗zaro hamkorlikdagi xatti-harakatlarni amalga oshirishda ikkala
tomon uchun ham manfaatli bo‗lgan hamkorlik aloqalarini
o‗rnatish;
raqobatchi davlatlar iqtisodiy tizimi amal qilishining izdan
chiqishi.
Yuqorida ko‗rib chiqilgan qonuniyatlar mamlakat iqtisodiy
xavfsizligini ta‘minlashning asosiy shakllarini aniqlashtirish
imkonini beradi:
136
iqtisodiy patronaj;
iqtisodiy kooperatsiya;
iqtisodiy
qarama-
qarshilik.
Iqtisodiy
patronaj
(
lotincha,
patronus-homiy,
qadimgi
Rimda
huquq
va
erkinliklari
o‗z
qo‗lida
bo‗lmagan yoki kambag‗al fuqarolarning boy odamlarga mutlaq
qaramligini ifoda etuvchi homiylikning alohida ko‗rinishi amalda
bo‗lgan)– agar alohida tizimlar yaxlit bir butun tizim sifatida
qaralsa, mamlakat iqtisodiyotida alohida ahamiyatga ega bo‗lgan
iqtisodiy tizimlarning ichki xavfsizligini ta‘min etadi. Iqtisodiy
patronaj doirasida global boshqarish tizimiga kiruvchi har bir
boshqarish, ishlab chiqarish va shu kabi tizimlarning iqtisodiy
nuqtayi nazardan xavfsiz amal qilishi ta‘min etiladi. Iqtisodiy
xavfsizlikni
ta‘minlashning
mazkur
shaklini
qo‗llab-
quvvatlashning asosiy sababi shundaki, milliy ishlab chiqarishni
rivojlantirish har bir davlatning eng muhim vazifalaridan biri
hisoblanadi. Bunda davlat, eng avvalo, faoliyatining buzilishi yoki
to‗xtab qolishi mamlakat taqdiriga, uning iqtisodiyotiga jiddiy
salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan milliy iqtisodiyotning eng
muhim hayotiy tarmoq sohalarini qo‗llab-quvvatlashga e‘tibor
qaratadi.
Milliy
xo‗jalikning
favqulodda
muhim
tarmoqlari
iqtisodiyotini tashkil etish va boshqarish bozor iqtisodiyoti
sharoitida davlatning iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishning
o‗ziga xosligini belgilab beradi. Iqtisodiyotning mazkur
sektorlarini davlat tomonidan boshqarishning shakl va usullari
quyidagilarda namoyon bo‗ladi:
137
1)
buyurtmachi monopoliyasining mavjudligi (aksariyat
hollarda davlatning o‗zi buyurtmachi hisoblanadi);
2)
mahsulotlarning sifat va texnik tavsiflariga alohida
talablar qo‗yiladi. Mahsulotlar uchun sig‗imlilik, texnologiya
darajasining yuksakligi kabi jihatlar muhim sanalsa, mazkur
sohalarda amalga oshiriluvchi investitson loyihalar uchun esa
uzoq muddatlilik va kapital sig‗imlilik kabilar muhim sanaladi;
3)
strategik ahamiyatga ega bo‗lgan xomashyo materiallar
zaxirasini yaratish, safarbar etiluvchi quvvatlarni bir maromda
ushlab turishga doimiy ehtiyoj mavjud;
4)
texnologiyalarni uzatishni cheklash, ishlab chiqarishlarni
va olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni takrorlash, ishlab
chiqaruvchilar o‗rtasida piramidal aloqalarning vujudga kelishiga
olib keluvchi ish tartibi, kooperatsiya va ixtisoslashuv
jarayonlarining o‗ziga xos jihatlari;
5)
tarmoq korxonalarining jahon bozoriga chiqish borasida
ma‘lum cheklov va qiyinchiliklarga duch kelishi.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning navbatdagi
shakli iqtisodiy kooperatsiya hisoblanadi. Iqtisodiy kooperatsiya
bir-biriga bo‗ysunmaydigan turli iqtisodiy tizimlarning o‗zaro
hamkorlik aloqalarini yo‗lga qo‗yish orqali mamlakatning
iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy
kooperatsiya
jarayonida
milliy
xo‗jaliklar
bilan
turli
mamlakatlarning iqtisodiy tizimlari, xorijiy va xalqaro tashkilotlar
o‗rtasida iqtisodiy resurslarni o‗zaro ayriboshlash borasida
hamkorlik aloqalari yo‗lga qo‗yiladi.
138
Iqtisodiy kooperatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo‗ladi:
1)
fuqarolik
va
harbiy
ahamiyatga
ega
bo‗lgan
iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalarining xo‗jalik hamda
ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan savdo qilish. Quyidagilar
savdo aloqalarining asosiy maqsadi hisoblanadi: tovar ishlab
chiqaruvchilar va eksportchi korxonalarning foydasini oshirish;
eksportchi-mamlakat tashqi savdo balansini yaxshilash; ommaviy
ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yish hisobiga mahsulot tannarxini
pasaytirish va import qiluvchi mamlakat ishlab chiqaruvchilari va
xaridorlari tomonidan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
ishlari uchun sarflangan xarajatlarni qisman yoki to‗lig‗icha
qoplash;
xo‗jalik
yurituvchi
subyektlarning
safarbarlik
tayyorgarligini oshirish;
2)
rivojlanayotgan mamlakatlarga ularning iqtisodiyotlarini
mustahkamlash maqsadida moliyaviy va moddiy ko‗mak
ko‗rsatish bo‗yicha kompleks chora-tadbirlarni o‗z ichiga oluvchi
iqtisodiy
ko‗mak
ko‗rsatish.
Iqtisodiy
yordam
alohida
mamlakatlar hukumatlari yoki xususiy institutlar (tijorat banklari)
o‗rtasidagi o‗zaro ikki tomonlama kelishuvlar va shu bilan bir
qatorda jahon banki hamda boshqa xalqaro tashkilotlar bilan ko‗p
tomonlama kelishuvlar asosida ko‗rsatiladi. Iqtisodiy yordam
Iqtisodiy kooperatsiya – bu faoliyat samaradorligini
oshirish maqsadida turli milliy xo‗jaliklarning hamkorlikdagi
tuzilmalarga birlashishini taqozo etuvchi obyektiv zaruriyat
hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning
mazkur shaklini yanada takomillashtirish va rivojlantirish milliy
iqtisodiyot doirasida tovar va xizmatlar ishlab chiqarish
samaradorligini ta‘minlash nuqtayi nazaridan har doim ham yetarli
bo‗lmasligi bilan izohlanadi.
139
ko‗mak
qabul
qiluvchi
mamlakatlarga
xorijiy
valyutalar
oqimining
ko‗payishini va mamlakat
ichki
jamg‗armalar
hajmining ortishini ta‘min
etishi bilan bir qatorda
ko‗mak
qabul
qiluvchi
mamlakatlarga
yangi
texnika-texnologiyalar,
bilimlar
va
boshqaruv
usullaridan
foydalanish imkoniyatini beradi.
Quyidagilar
iqtisodiy
ko‗mak
ko‗rsatishning
asosiy
maqsadlari hisoblanadi:
ittifoqchi yoki sheriklarning iqtisodiy yoki harbiy
salohiyatini oshirish;
rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy yoki siyosiy
jihatdan qaramligining ortishi;
davlat va uning hokimiyat tuzilmalarida o‗z ta‘sir doirasini
kengaytirish va chuqurlashtirish;
mintaqada muhim strategik joylashuv o‗rniga ega bo‗lgan
davlatlarning harbiy-siyosiy xatti-harakatlarini moddiy yoki
moliyaviy jihatdan qo‗llab-quvvatlash.
Xo‗jalik faoliyatini amalga oshirishning turli sohalarida
mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimotiga asoslanuvchi
iqtisodiy integratsiya iqtisodiy kooperatsiyaning oliy ko‗rinishi
hisoblanadi. Iqtisodiy integratsiya quyidagi ko‗rinishlarda amalga
oshadi:
mahsulot ishlab chiqarish, standartlashtirish va ishlanmalar,
mehnat vositalarini modernizatsiyalash hamda ta‘mirlash sohasida
o‗zaro hamkorlik qilish va uyushmalar tuzish;
140
hamkorlikda iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish;
hamkorlikda kadrlar tayyorlash va shu kabilar.
Bir-biriga qarama-qarshi tomonlarning o‗zaro raqobat
kurashida mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning asosiy
shakli bo‗lib, qarshi iqtisodiy kurash hisoblanadi. Bunda qarshi
kurashuvchi tomonlar harbiy kuch va salohiyatdan foydalanmagan
holda, zarur iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish, iqtisodiy
faoliyat olib borishning resurs bazasini kengaytirish, ishlab
chiqarish quvvatlarini oshirish hisobiga mahsulotlar bozorida va
ishlab chiqarish sohasida ustunlikni qo‗lga kiritishga harakat
qiladilar. Qarshi kurashuvchi tomonlar o‗zaro kurashda ustunlikka
intilar ekanlar, bunda turli usul va vositalardan foydalanadilar. Bu
usul va vositalar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
sanoat va texnologik shpionaj; eksport-import tashkilotlari, ishlab
chiqarish obyektlarida josuslik va razvedka ishlarini amalga
oshirish; strategik ahamiyatga ega bo‗lgan mahsulotlar, xomashyo
resurslari, tovar va xizmatlar bozorida ekspansiyani amalga
oshirish; strategik ahamiyatga ega bo‗lgan mahsulotlar, strategik
xomashyo, oziq-ovqat, valyuta va shu kabilarga nisbatan eksport
yoki import borasida embargo joriy etish.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash shakli sifatida
iqtisodiy qarama-qarshilik – bu milliy xo‗jalikni himoya qilish va
qarama-qarshi kurashuvchi tomonlarning iqtisodiyotiga samarali
ta‘sir ko‗rsatishning turli usul va vositalaridan foydalangan holda
davlatlar, ularning bloklari va koalitsiyalari yoki boshqa
raqobatchilar o‗rtasidagi qarama-qarshiliklarni hal etishga
qaratilgan chora-tadbirlar tizimidir.
141
Bu borada iqtisodiy qarama-qarshilik davlatlararo (davlatlar
ichidagi yoki koalitsiyalar o‗rtasida) kurashning quyidagi o‗ziga
xos sohalarini qamrab oladi:
1)
qarama-qarshi tomonlarning xo‗jalik faoliyati sohasi;
2)
qarama-qarshi
kurashuvchi
tomonlarning
siyosiy
maqsadlariga bo‗ysundirilgan iqtisodiy kurash usullari va
yo‗nalishlari;
3)
transport, sanoat, moliya va boshqa shu kabi xo‗jalik
tizimlari, obyektlari va ularning himoyasiga ta‘sir ko‗rsatish.
Agar tomonlarning o‗zaro iqtisodiy qarama-qarshiligi
urushga tayyorgarlik ko‗rish yoki uni amalga oshirish maqsadida
olib borilsa, u holda mazkur
qarama-qarshilik
harbiy-
iqtisodiy sohada qarama-
qarshilik ko‗rinishini oladi.
Iqtisodiy-harbiy
qarama-
qarshilik uchun quyidagi
jihatlar xos:
mustaqil
bo‗lsada,
qarama-qarshi
tomonlar
qarshi tomonning xo‗jalik faoliyati sohalariga turli yo‗llar va
vositalar bilan aralashadi;
harbiy sohada ta‘sirni kuchaytirish, harbiy tayyorgarlikni
oshirish va harbiy mashg‗ulotlar yo‗nalishini qarshi tomonga
yo‗naltirish;
harbiy va fuqarolik ishlab chiqarishlari o‗rtasidagi
nisbatlarni harbiy soha tomonga ko‗proq burish. Harbiy harakatlar
aniq bo‗lib qolgan paytda, butun mamlakat iqtisodiyoti harbiy
ishlab chiqarishga yo‗naltirilishi mumkin;
142
harbiy-iqtisodiy
qarama-qarshilik
harbiy
kurashlar
dinamikasi bilan uzviy bog‗liq hisoblanadi;
harbiy harakatlarni olib borish uchun sarflanuvchi resurslar
iste‘molining ortishi qarshi kurashuvchi tomonlar iqtisodiyotining
―harbiy
yo‗l‖ga
tushirilganligini
va
uning
qanchalik
chuqurlashganligini ko‗rsatadi, harbiy ishlab chiqarish tuzilmasi
va hajmini belgilab beradi.
Quyidagilar iqtisodiy jihatdan bir-biri bilan qarama-qarshi
kurashuvchi tomonlarning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
qarama-qarshi tomonning xo‗jalik faoliyati sohalarini
qisqartirish (ishlab chiqarish va mahsulot sotib olish hajmini
oshirish
yoki
kamaytirish,
iqtisodiyotning
mobilizatsion
tayyorgarlik darajasini oshirish va shu kabilar);
sanoat hududlari, ishlab chiqarish obyektlari, transport va
boshqa xo‗jalik maydonlarini yo‗q qilish (egallab olish, buzib
tashlash) yoki himoya qilish.
Iqtisodiy qarama-qarshilik borasida o‗zaro kurashuvchi
tomonlarning kurash strategiyalari, odatda, quyidagi maqsadlarga
bo‗ysundirilgan bo‗ladi:
1)
strategik xomashyo, oziq-ovqat, qurol-yarog‗ va harbiy
texnika eskporti (importi) hajmlarini oshirish yoki kamaytirish;
2)
qarz va kreditlar berish yoki olish;
3)
xomashyo va boshqa resurslarning strategik zaxiralarini
yaratish;
4)
qarama-qarshi
tomonlarning
iqtisodiyotini
beqarorlashtirish;
5)
asosiy
ishlab
chiqarishlar,
transport
kommunikatsiyalarini zaxiralash;
143
6)
ittifoqchi davlatlar va neytral mamlakatlarning ishlab
chiqarish quvvatlari, xomashyo va boshqa resurslaridan keng
foydalanish.
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini har tomonlama
taraqqiy ettirish, uning jahon xo‗jaligidagi raqobatbardoshligini
oshirish, iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash maqsadida yuqorida
tilga olib o‗tilgan iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning turli usul
va vositalaridan keng foydalanish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |