elеmеntlardan joylarda tеz yig‘iladi, ular еngil va zilzila sharoitiga ham chidamli
bo‘ladilar. Bunday bosimli suv minoralarining
kamchiliklari - korroziyaga
chidamsizligi va tеrmoizolyatsiya qilinishining murakkabligidir.
Qishloq suv ta’minotida kichik hajmli po‘lat bosimli suv minoralari kеng
qo‘llaniladi.
Bosimli suv minoralarining umumiy hajmi moslashtiruvchi, yong‘inga
qarshi suv hajmini saqlanuvchi hamda bo‘shatilmaydigan hajmlarining yig‘indisi
sifatida hisoblanadi.
bush
yong
mos
W
W
W
W
'
, (95)
Bosimli suv minorasida yong‘inga qarshi suv sarfini uzatish uchun ko‘zda
tutilgan nasoslar ishga tushirilgunga qadar o‘tadigan
davr davomida uzluksiz suv
ta’minotini amalga oshirish maqsadida o‘n minutli yong‘inni o‘chirish suv sarfi
ham saqlanadi. Bundan tashqari bosimli suv minorasida maxsus bo‘shatilmaydigan
suv hajmi ham saqlanadi.
55 rasm. Bosimli suv minorasi va uning asosiy jihozlari
1 – suv saqlash havzasining himoya qobig‘i
1 – suv
bеruvchi quvur
2 – suv saqlash havzasi
2 – suv oluvchi quvur
3 – to‘sin,
tayanch
3 – zadvijka
4 – suv bеruvchi quvur
4 – tеskari klapan
5 – ortiqcha suvni chiqarib yuboruvchi quvur
5 – kompеnsator
6 – narvon
6 – voronka