В данной выпускной квалификционной работе исследованы вопросы внедрение gprs технологий в стандарте gsm



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə10/25
tarix22.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#119848
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
В данной выпускной квалификционной работе исследованы вопросы вн

2.4. Raqamli GSM standarti

XX asrning 80-yillarida endigina mobil aloqa rivojlanishida Yevropa har xil standartdagi analog tarmoqlar bilan qoplangan edi – Skandinaviya o‘zining tizimini, 1982 yilda Telekommunikatsiya bo‘yicha Yevropa Komissiyasi - CEPT (Conference of European Posts and Telegraphs) tomonidan Yevropada yagona umumiy foydalanish harakatdagi sotali aloqaning raqamli tizimini yaratish g‘oyasi qabul qilindi. Raqamli standart quyidagi talablarga javob berishi lozim edi:



  • nutq xabarini uzatishda yuqori sifat;

  • uskuna va xizmat ko‘rsatish narxi past bo‘lishi;

  • abonent stansiyasi kichik o‘lchamli bo‘lishi;

  • bir qator yangi xizmatlar va uskunalar bilan ishlay olishi;

  • Spektrni ishlatish bo‘yicha samarali bo‘lishi;

  • IXRT bilan moslanuvchanligi;

  • xalqaro roumingda ishlay olishi, ya’ni GSM standartidagi boshqa tarmog‘ida abonent o‘zini AS dan foydalanishi mumkinligi.

Yana shuni aytib o‘tish lozimki, GSM standarti zamonaviy raqamli tarmoq standartlari, birinchi navbatda IXRT (Integrallashtirilgan xizmatlar raqamli tarmog‘i - ISDN Integrated Services Digital Network) va IT (intellektual tarmoq - IN Intelligent Network) bilan bog‘liq, GSM standartining asosiy tashkil etuvchi elementlari, ishlab chiqilayotgan xalqaro global harakatdagi aloqa tizimi UMTS (Universal Mobile Telecommunications System) ga kiradi. 1989 yilda GSM standartini ishlab chiqish Yevropa Aloqa Standartlashtirish Instituti ETSI (European Telecommunication Standards Institute) ga o‘tdi. 1991 yilda GSM standarti xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshladi. 1993 yilga kelib GSM standartini 36 tarmog‘i 22 davlatda faoliyat ko‘rsata boshladi, hamda 25 davlat GSM yo‘nalishini tanladi. 1994 yil boshida GSM standartining abonentlari 1,3 millionga yetdi, 1995 yil oxirida esa abonentlar soni 10 milliongacha ko‘paydi. Haqiqatdan GSM standarti keng qo‘llaniladigan standart bo‘ldi, sotali aloqa tizimi bo‘lgan har qanday davlatda GSM tarmoqlari mavjud desa ham bo‘ladi.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin