EXCEL dasturining standart funksiyalari [f].
Matematik funksiyalar. Mosliklar soni ning qiymatini maxsus CHISLKOMB(SON;TANLANGAN_SON) nomli funksiya hisoblaydi. Bunda SON — barcha tanlash obyektlari soni (ya’ni n); TANLANGAN_SON — tanlanayotgan obyektlar soni (ya’ni m).
E s 1 a t m a: maxsus funksiyaga murojaat qilganda quyidagi parametrlar SON; TANLANGAN_SON — miqdoriy qiymatlar yoki ular joylashgan yacheykalarning adresi bo’lishi kerak.
3-masala. Tijorat banki boshqarmasi bir xil lavozimlarga 10 ta nomzoddan 3 tasini tanlamoqda. Har bir nomzod bir xil imkoniyatga ega. 10 ta nomzoddan 3 kishidan iborat nechta guruh tuzish mumkin?
Yechish: Bu misolda n=10 va m=3. Turli guruhlar tarkibi, hech bo’lmaganda, bitta nomzodga farq qilishi kerak. Demak, bu birikmalar moslikdan iborat. Hammasi bo’lib
ta guruh tuzish mumkin.
Mosliklar soni ning qiymatini hisoblaydigan maxsus CHISLKOMB(SON;TANLANGAN_SON) funksiyaga murojaat:
CHISLKOMB (10;3).
Takrorlanishli o’rin almashtirishlar Aytaylik, n ta A, B, .... С elementlar mavjud bo’lib, ularning ichida Aelement marta, В element marta va ho.k, hamda С element marta takrorlansin va bo’lsin. U holda, takrorlanishli o’rin almashtirishlar quyidagi formula yordamida topiladi:
Masalan, aytaylik 4 element mavjud bo’lib, ularning ikkitasi bir xil bo’lsin: А, А, В, C. Ulardan mumkin bo’lgan barcha o’rin almashtirishlar quyidagicha:
AABC ABAC ACBA BAAC BCAA CABA
AACB ABCA ACAB BACA CBAA CAAB
Formula yordamida hisoblanganda ham
.
4-masala. m + n + s ta predmetni uch guruhga bittasida t ta, ikkinchisida p ta, uchinchisida esa s ta predmet bo’ladigan qilib necha usul bilan bo’lish mumkin?
Yechish: Javob: .