132
V BOB. KORXONALARDA KADRLAR SIYOSATINI YURITISHDA
TASHKILIY-TEXNIK VA USLUBIY KO‘RSATMALAR
5.1. Korxona boshqaruv tizimining tashkiliy tuzilmasi
Korxona boshqaruv tizimiquyidagi qoidalarga asoslanadi:
1.
Personalni rejalashtirishni korxonani rivojlantirish strategiyasi bilan uzviy
aloqasini ta’minlash.
2.
Personal harajatlarini miqdoriy baholash va uning ishlab chiqarish iqtisodiy
ko‘rsatkichlariga ta’siri.
3.
Mehnat bozorida samarali ish olib borish uchun zarur kompensatsiyalarni
aniqlash.
Rahbar personalni boshqarar ekan, o‘ziga bo‘ysunuvchilarga faqat buyruq berish
bilan cheklanmasdan, ular kuch-g‘ayratlarini aniq maqsadga yo‘naltirib turishi,
salohiyatlarini namoyon eta olishlariga ko‘maklashishi, o‘z atrofida maslakdoshlarini
birlashtirishi, ya’ni personalga rahbarlik qilish tamoyillaridan foydalana bilishi zarur.
Bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-
har bir xodimga u bajaradigan ish uchun mas’uliyatni yuklash;
-
har bir xodim kimga bo‘ysunishi va kimdan topshiriq olishini bilishi kerak;
-
personalni boshqarish maqsadi. Zamonaviy rahbarlik
belgilangan maqsadga
erishish uchun personal va ma’muriyat hamkorligini nazarda tutadi;
-
rahbarning bevosita ishtiroki. Butun mehnat jamoasiga bosh bo‘lgan birinchi
rahbar yangiliklarni joriy etish, ishlab chiqarishni takomillashtirish va boshqa
masalalarda shaxsan ishtrok etish etishi shart;
-
muvofiqlik. Kadlar siyosati ko‘zlangan maqsadga, tegishli mezonlarga
muvofiq bo‘lishi kerak.
Turli bosqich (bo‘g‘in)lardan iborat bo‘lgan boshqaruv
tizimi boshqaruv turli
bosqichlarini alohida rahbarlar yoki boshqaruv organ (apparat)lariga birkitib
qo‘yilishini taqozo etadi.
133
YUqori bo‘g‘in rahbariyatining bosh vazifasi boshqaruv jarayoniga umumiy
rahbarlik – turli funksiyalarni muvofiqlashtirish, tegishli bo‘linma va xizmatlar
rahbarlarini tanlash, boshqaruv tizimi ishini tashkil etishdan iboratdir.
O‘rta va quyi bo‘g‘in rahbarlari belgilangan ish turlarining
tashkilotchilari
vazifasini bajaradilar. Ular xizmat vazifasiga ish rejasini ishlab chiqish, mehnat
faoliyatini amalga oshirish uchun personalni birlashtirish, ish jarayoniga rahbarlik
qilish, korxona alohida bo‘linmalari va alohida xodimlar ishini muvofiqlashtirish, ish
jarayonini nazorat qilish va boshqalar kiradi.
Inson resurslaridan korxona va xodim manfatlarini
muvofiqlashtirgan holda
foydalanishni ta’minlaydigan shaxsni rivojlantirish ustuvorligini e’tirof etish
personalni boshqarishning eng asosiy tamoyilidir. Ushbu tamoyilni amalga oshirishda
korxonaga ish kuchi iste’molchisi sifatidagi qarash nuqtai nazar o‘zgaradi. Bozor
iqtisodiyotiga o‘tishda ob’ektiv ravishda ichki mehnat bozori tashkil topadi. Barcha
yollanma ishchilar va ma’muriyat vakillari - ish beruvchilar ushbu ichki mehnat
bozori subyektlari hisoblanadilar. Bunda
yollanma ishchi va mulk egasi, rahbar va
ijrochi o‘rtasida teng huquqlilik ta’minlanadi.
Personalni boshqarishda iqtisodiy va tashkiliy nazariyalarga asoslangan o‘zaro
bog‘liq uch xil yondaShuvni kuzatish mumkin. Personalni boshqarishning bu
modellari quyidagi jadvalda aks etgan.
Personalni boshqarishga “inson kapitali” usulida yondashish ishchi kuchini
tashqaridan yollamasdan korxonaning o‘z mehnat salohiyatini rivojlantirishga
asoslangan. Ushbu yondaShuv “yaratish yoki sotib olish”
falsafasining bir
ko‘rinishidir: ayrim kompaniyalar o‘z mahsulotlari butlovchi qismlarini ishlab
chiqarishdan ko‘ra sotib olish foydaliroq deb hisoblaydilar, boshqalari malakali
personalni o‘zlari tayyorlash va rivojlantirishga pul sarflashdan ko‘ra tayyor xodimni
chetdan yollashni afzal biladilar.
Boshqaruv tashkiliy tuzilmasi:
boshqaruv bo‘g‘inlari miqdori;
134
personal miqdori;
boshqaruv tashkiliy tuzilmasi turiga bog‘liq bo‘ladi.
Boshqaruv tashkiliy tuzilmasi:
yuqori bo‘g‘in – korxona boshqaruvi markaziy apparati;
quyi bo‘g‘in – tarkibiy bo‘linmalar (ishlab chiqarishlar, sexlar,
uchastkalar va
boshqalar) boshqaruv apparatidan tashkil topadi.
Boshqaruvning liniyali va funksiyali tashkiliy tuzilmalari farqlanadi.
Amaliyotda boshqaruvning liniyali-funksiyali hamda matritsali tashkiliy
tuzilmalari ham mavjuddir.
Boshqaruv funksiyasi – boshqaruv faoliyatining alohida turi hisoblanib,
boshqaruv sohasida mehnat taqsimoti va ixtisoslaShuviga asoslangandir. Boshqaruv
funksiyasining eng ko‘p tarqalgan turi boshqaruv umumiy xususiyatlari (sifat,
mehnat, ish haqi,
ilmiy-texnika taraqqiyoti, mehnatni muhofaza qilish)ni hamda
ishlab chiqarish resurslarini (mehnat, moddiy, texnika, moliya va boshqalar) qamrab
oladi.
Dostları ilə paylaş: