II BOB. SO‘ZYASALISHINIO‘QITISHMETODIKASI
2.1.So‘z yasalishini o‘qitishda o‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqini
o‘stirish usullari
Bugun insoniyatning tafakkur dunyosi, turmush tarzi butunlay o‘zgarib ketdi.
Ilm-fan, texnika yangiliklari kirib bormagan soha qolgani yo‘q. SHunga mos
ravishda ta’limtizimida ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirishga, mustaqil
fikrlashga o‘rgatishga, og‘zaki va
yozma nutqini rivojlantirishga, ya’ni
kompetentsiyaviy ta’limga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
Professor N.Mahmudov «Grammatika grammatika uchun emas, balki
grammatika nutqning aniq va lo‘nda ifodasi uchun hizmat qilmog‘i lozim.» deb
uqtirgan edi. Shuning uchun ham darslikda berilgan
mashqlarni ham ijodiy
bajartirish maqsadga muvofiqdir.
Avvalo mashq atamasiga e’tibor qarataylik. 1. “Mashq”o‘rganish, malaka hosil
qilish uchun qilinadigan ish, tayyorgarlik mashg‘uloti. 2. Malaka oshirish
mashg‘ulotlar
uchun belgilangan vazifa, deb ko‘rsatiladi «O‘zbek tilining izohli
lug‘ati»da. Bizningcha, u o‘qitishning bir usuli, ta’limning mazmuni hisoblanadi.
Talabalarning tafakkur faoliyatini rivojlantiruvchi,
mustaqil ishlatishga
o‘rgatuvchi didaktik vositalardan bir—darslikdagi mashqlar bo‘lib hisoblanadi. Biz
qanday ta’lim berganimizning natijasi ana shu amaliy ko‘nikma orqali o‘lchanadi.
Mashq bajarish katta amaliy ahamiyatga ega, chunki bu jarayonda talabalar mashq
talabiga javob berish uchun o‘z bilimlarini xotirada tiklaydi, mustaqil fikr yuritadi,
ijodiy izlanadi, o‘qituvchi ko‘rsatmalari va yo‘l-yo‘rqlari asosida mashqda berilgan
namunaga qarab faoliyat ko‘rsatadi.
Talabalarning tafakkurini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida
berilgan mashqlar ham grammatik, ham ijodiy xarakterdaligi
bilan ularning
qiziqishini oshiradi, bilishdagi faoliyatini rivojlantiradi. Jumladan, darslikning (II-
bosqich) 205-sahifasidagi 256-mashqni bajarish davomida bilim oluvchilar ham
grammatik topshiriq bajaradi, ham ijodiy fikrlaydi.
U quyidagicha shart bilan berilgan: II bosqich:
Sifat yasovchi qo‘shimchalardagi antonimlik munosabatini, shuningdek,
ularning ma’nodoshini ham ayting. O‘quv xonasidagi birinchi qator insondagi
ijobiy fazilatlarni (rostgo‘y, kuyunchak), ikkinchi qator so‘zlarning qarama-qarshi
ma’nolari—salbiy fazilatlarini (yalqov, yolg‘onchi) topadilar.
Har bir mashq o‘quvchini mustaqil fikr yuritishga o‘rgatar ekan, u o‘z qarashi,
munosabatiga ega bo‘lib boradi.Ona tilida berilgan mashqlar orqali talaba o‘z
dunyoqarashiga, o‘zini-o‘zi tarbiyalash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. O‘qituvchilarimiz
shuni unutmasligi kerakki, darslikdan foydalanishda talabani o‘z holiga qo‘ymaslik
kerak. Bunda albatta ustozda yo‘naltirish qobiliyati bo‘lishi, ya’ni o‘qituvchi va
o‘quvchi hamkorligi hukmron bo‘lishi kerak.
Darslikdagi mashqlarni bir qancha guruhlarga ajratish mumkin:
1. Mustaqilfikrlashgaasoslangan.
2. Grammatiko‘yin —topshiriqli.
3. Ma’naviy-ma’rifiybilimberadigan.
4. Mantiqiyfikrlashgaasoslangan
Shuningdek, darslikda his-tuyg‘u uyg‘otadigan, tasavvur,
fantaziya hosil
qiladigan, milliy qadriyatlarni o‘rgatuvchi bir talay mashqlar ham berilgan.
Yuqoridagilarni bajartirish uchun esa o‘qituvchilardan ona tili o‘qitishning xilma-
xil usul va vositalarini izlab topishlari, tinimsiz izlanishlari, xullas,
talabalarda
ishtiyoq uyg‘otishlari talab etiladi.
Kompetentsiyaviy ta’limda matn yaratish masalasi birinchi o‘rinda turadi,
chunki “matn yaratishga yo‘naltirilgan ona tili ta’limi o‘quvchi ongida so‘z boyligini
oshirish, qiyoslash, analiz va sintez qilish asosida mustaqil fikrlash, so‘z tanlash va
fikr bildirish ehtiyojini hosil qilishga yordam bermoqda”.
36
Matn (
arabcha
– yelka; nutqning yozuvdagi ifodasi, tekst)
Dostları ilə paylaş: