1.
Yozuvda yoki
bosma holda shakllantirilgan mualliflik asari yoki hujjat.
2.
Bosma nashrning rasm,
chizma va izohlarsiz asosiy qismi.
37
Amaliy jihatdan olib qaraganimizda, matnning
36
Зиёдова Т. Матн яратиш технологияси. – Тошкент: Фан, 2008. –Б.15
37
Ўзбек тилининг изоҳли луғати ( II жилд). – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси давлат илмий
нашриёти, 2006. –Б.557 .
ma’no qirralari bu bilan chegaralanib qolmaydi. Matn va uni yaratish masalasi o‘ta
murakkab hodisa bo‘lib, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi ijtimoiy hamda ruhiy-
psixologik munosabatlarning g‘oyatda chigal va ayni paytda samarali usullaridan
biri sanaladi. Matn yo‘nalishiga ko‘ra tasnifiy, ma’rifiy, ilmiy, publitsistik, badiiy
va hokazo turlarga bo‘linib ketadi. Ona tili ta’limida matn qaysi yo‘nalishda
bo‘lishidan qat’i nazar, bitta maqsadga, ya’ni o‘quvchining tafakkurini o‘stirishga
xizmat qiladi.
Ona tili darslarining har birida matndan unumli foydalanish mumkin. Buning
oldindan tayyorlangan, yodlangan, birorta asardan olingan, dialog yoki savollar
yordamida tuzilgan ijodiy matnlardan foydalanish mumkin. Bular ichidan eng
ta’sirchani, o‘quvchini mustaqil fikrlashga yetaklaydigani, uning kamolotini
belgilaydigani bu – ijodiy matn sanaladi.
Ijodiylik o‘quvchining dunyoqarashini, bilim va malakasini yuzaga chiqarish
vositasidir. O‘quvchining fikrlash dunyosi, so‘z boyligi, qiyoslash va taqqoslash
qobiliyati qanchalik rivojlangan bo‘lsa, u tuzgan matn ham shunchalik to‘laqonli va
mukammal bo‘ladi. So‘z boyligi kam, badiiy asarlar o‘qimagan, hayotiy tajribaga
ega bo‘lmagan, fikrlashi tor o‘quvchilar tuzgan matn uzuq-yuluq, tushunarsiz
chiqadi.
So‘z yasalishi mavzusini o‘tish jarayonida o‘quvchilarga yasama so‘zlar
qatnashtirib matn tuzdirish yoki matndagi yasama so‘zlarni topib tahlil qildirish
muhim ahamiyatga ega.
Ona tili darslarining samararadorligi o‘quvchilarning ijodkorligiga, faolligiga
har taraflama bog‘liqdir.
Ijodiy matn uchun quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:
–mavzu aniqlanadi;
– unga sarlavha topiladi;
– matn uchun reja tuziladi;
– matnning uzviy qismlari belgilanadi;
– matnda ishlatiladigan so‘zlar tanlanadi;
– qismlarning bog‘lanishiga diqqat qaratiladi;
– asosiy g‘oyani ifodalashga harakat qilinadi;
– xulosalar chiqariladi;
– matnning hayot bilan bog‘lanishiga e’tibor qilinadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, har bir darsda uchta maqsad bo‘ladi:
a) ilmiy maqsad;
b) tarbiyaviy masad;
v)rivojlantiruvchi maqsad.
38
Masalan, 6-sinfda 103-darsda “Shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar va ularning
imlosi” mavzusini o‘tishda dastlab shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar haqida
ma’lumot beriladi. Shaxs otlarining bir guruhi asosga
–chi, -soz, -kor, -xon. –dosh, -
boz (-voz), -vchi, -lik
qo‘shimchalarini qo‘shish yordamida yasaladi. –vchi
qo‘shimchasi i unlisi bilan tugagan fe’llarga qo‘shilganda i unslisi u shaklida, a bilan
tugagan fe’llarga qo‘shilganda o shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.
Undosh bilan tugagan fe’llarga –uvchi shaklida qo‘shiladi:quruvchi, suzuvchi.
Darslikda eslatma sifatida quyidagi qoida keltirilgan: “-lik qoshimchasi o‘rin-
joy bildiruvchi turdosh va atoqli otlarga qo‘shilib, shaxsning shu hududga
mansubligini bildiradi. Atoqli otlarga qo‘shilgan –lik qo‘shimchasi atoqli otni
turdosh otga aylantiradi va kichik harf bilan yoziladi”
39
Shaxs oti yasalishi va uning imlosi tushuntirilgandan so‘ng mavzuga oid
quyidagicha matn tuzish mumkin:
Biz kecha sinfdoshlarimiz bilan yozuvchilar uyushmasiga bordik. U yerda
kitobxonlar uchun yangi asar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yozuvchilar o‘quvchilar
o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish to‘g‘risidagi fikr-mulohazalrini
tingladik. Biz yozuvchilarning yangi asar yozish jarayonidagi mashaqqatlar, o‘ziga
xos jihatlar haqida bilib oldik. Yozuvchilik hammaga ham nasib etmaydigan
kasbdir. Yozuvchilikni zargarlikka o‘xshatish mumkin. Zargar tillaga ko‘z nurini
38
Джурабоева З.Компетенциявий таълимда матн яратиш муаммолари. //Ўзбекистон: тил ва маданият. 3-
серия. Ўзбек тили таълими.-Тошкент,2017.-Б.79
39
Ona tili.6-sinf uchun darslik.-B.116
to‘kib undan chiroyli buyumlar yasagani kabi, yozuvchilar so‘z vositasida tillaga
teng asarlar yaratadilar.
Matn tuzishda o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishga
xizmat qilmog‘i kerak. Bunday mashg‘ulotlarda matn tuzish badiiy tasvir
san’atining xilma-xil qirralari (so‘z va so‘z shaklini kerakli ma’noda tanlay bilish va
bu borada xatolarga yo‘l qo‘ymaslik; ba’zan so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashdagi
noo‘rin takrordan qutulish; tasvir uchun eng maqbulini tanlash; inson, tabiat hamda
voqea-hodisalardagi go‘zalliklarni yetkaza bilish va hokazolar) bilan tanishish
asnosida amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: |