3
gul+zor
цветник
flower bed
4
gul+don
цветочный
горшокваза
flowerpot
5
gul+chilik
цветоводство
flower-growing,
6
gul+iston
цветочный край
florishing city
2-slayd. “Gul” so‘zining yasalish andozalarini ko‘rsatish.
A. Sodda yasama so‘zlar:
gul+chi, gul+zor, gul+don,gul+chilik, gul+iston, gul+li,
gul+gun.
B.
Qo‘shma
yasama
so‘zlar:
gul+dasta, gul+bog‘,gul+safsar\safsargul,
gul+toji+xo‘roz, gul+g‘uncha,
gul+i+beor.
C. “Gul” so‘zining shakl yasalish andozalarini qi yos lang:
gul+i / gul+lar+im / gul+lar+ni, gul+ga / gul+ing+lar / gul+im,gul+lar /
gul+lar+ing / gul+ingiz
3-slayd. “Gul” tarkibli so‘zlarning mavzuiy guruhlanishi.
A. Shaxs otlari: a) kasb-kor:
gul+chi;
b) kishi otlari – ismlar:
Gulchiroy,
Gulruxsor,...
B. O‘rin-joy otlari:
Guliston, gulzor, Gulobod.
V. Narsa-jihoz otlari:
gul+don.
G. O‘simlik (gul) nomlari:
gulsafsar, gultojixo‘roz,...
Maktab o‘quvchilari uchun tavsiya etilgan lug‘atlardan foydalanib, yuqoridagi
mavzuiy guruhlarni to‘ldirib kelish uy vazifasi sifatida topshirilishi mumkin.
O‘qituvchi darslikda
tavsiya etilgan har bir qoida, mashq topshiriqlariga ijodiy
yondashishi,
o‘rni kelganda o‘quvchilarning bilim darajasiga moslab
topshiriqlarnio‘zgartirishi ham mumkin. Bolaga lug‘aviy ma’nosini tushuntirish
qiyin bo‘lgan so‘zlarni, ayniqsa, mavhum tushunchalar nomlarini tavsiya etmagan
ma’qul.
Darslikning
52
14-darsda quyidagi 48-mashq berilgan: “Nuqtalar o‘rniga
qavs ichidagi mos qo‘shimchalarni qo‘yib gaplarni ko‘chiring.
Mard…(-chi, -lik, -kor) – bu ezgu tuyg‘u muqaddas fazilat, tabarruk meros.
Mard bo‘lgan kishilarda (-lar, -cha, -da) haqiqat, qanoat, sabr, ezgulik, vijdon,
adolat, diyonat, insof, (be-, ba-, no-)…mardlarda yo‘g‘izlik, yomonlik, ojizlik,
makkorlik, hasad, adolat, tubanlik, noinsoflik kabi sifatlar…(-da,-chi,-ni) uchratish
mumkin.” Keltirilgan mashqdagi
diyonat, ezgulik, iroda, xuruj, manzur, mulozim
kabi so‘zlarni tushunish o‘quvchilarga biroz qiyinchilik tug‘diradi, natijada ularning
fanga qiziqishi susayadi.
Topshiriqni 15-darsning 51-mashqidagi topshiriqqa nisbatan ham qo‘llash
mumkin. O‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish
uchun ularning yoshiga mos
“Gulxan”, “G‘uncha” jurnallari, “Tong yulduzi” gazetasi yoki bolalar adabiyotidan
misollar keltirish maqsadga muvofiq.Bunda ham topshiriq bajariladi, ham
o‘quvchilarni gazeta, jurmal o‘qishlariga qiziqishlari ortadi.
Tilshunoslikka oid manbalarning birida “So‘zning orfografiyasini bilish uchun
uning biografiyasini bilmoq kerak”, degan asosli e’tirof bor. “Morfologiya”
bo‘limining asl mohiyati ham so‘zga, uning har bir shakliga diqqatni jalb qilib,
o‘quvchini savodli yozishga o‘rgatishdan iborat. Darslikdagi 19-dars mavzusi
masalan, 69–70-mashq topshiriqlari shu maqsadga yo‘naltirilgan.
Biroq bu
matnlardagi
yigit+cha, bog‘+ga, boylik(g)+ing, so‘ylayvering
kabi so‘zlarning
yozilishi bilan talaffuzini qiyoslab, chuqurroq tushuntirib berish kerak, chunki
ularning tarkibi boshqa so‘zlardan farq qiladi.
Xuddi shu kabi holatlarda
o‘qituvchining ilmiy salohiyati, o‘quvchida ona tiliga bo‘lgan munosabatni
tarbiyalashdagi xizmati sezilishi kerak. Demak, o‘qituvchi darslikda berilgan tayyor
materiallardan foydalanibgina qolmay, balki o‘z bilimi bilan ularni to‘ldirishi,
o‘quvchini ijodiy fi krlashga o‘rgatish uchun badiiy so‘zlar
olamiga yetaklashi ham
kerak. Masalan, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan matniy parchalar tavsiya etish,
52
Ona tili.6-sinf uchun darslik/Mahmudov N., Nurmonov A, Sobirov A., Nabiyeva D. – Toshkent:Tasvir, 2012.-
B.17-18
ularda ishlatilgan so‘z va so‘z shakllarini aniqlab, shu o‘rindagi qo‘llanishni
tushuntirib bera olish lozim. Misollar:
1) Bekorchiga kerakmas
Ishlaganga bilinmas.
O‘zi qo‘lsiz-oyoqsiz,
Qarasangiz, ko‘rinmas.
2) Tikuvchimas,
Bichuvchimas,
Ignasi ancha ekan
Yoviga sanchar ekan.
3) Quyon dedi: – Tulporjon,
Olib keting bedamni
– Oyoq og‘ir quyonjon,
Chorlang biror odamni
(Vali Ahmadjon).
O‘quvchining ma’naviyatiga ijobiy ta’sir etuvchi,
qadriyatlarimiz aks etgan
quyidagi kabi uyadosh so‘zlarqatorini tavsiya etish ham yaxshi samara beradi: a)
o‘zbek, o‘zbeklar, o‘zbekcha, o‘zbekchilik,o‘zbegim; O‘zbekxon, O‘zbekoyim, ...;
O‘zbekiston, ...;
b) bola, bolam, bolalik, bolajon, bolaparvar, serbola, ko‘p bolali, ...; “Bolajon”
telekanali, ...;
c) vatan, vatandosh, vatanparvar, vatangado, vatanfurush, ...; ona-Vatan, Vatanim –
onam, ...
Bolalar adabiyotida uchraydigan noodatiy yasalishlarni, o‘xshash so‘z shakllarini,
takrorlarni toptirish,
ularning qo‘llanishini tushuntirish ham o‘quvchida so‘z va so‘z tarkibiga qiziqishni
uyg‘otadi. Ayrim misollar:
...Yozda changiston-u qishda
Balchig‘iston ko‘chamen.
(E.Vohidov)
Gul bo‘lib, gulgul yonib, Gulshan aro
Gulchehralar...
(E.Vohidov)
“
Gulxumorning gulbog‘i”.
(Vali Ahmadjon)
Demak, o‘quvchilarga so‘z tarkibini yuqoridagi kabi o‘rgatish ularning tilga
bo‘lgan qiziqishini oshiradi hamda og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishga
xizmat
qiladi.
2.
Dostları ilə paylaş: