60
texnologiya o‗quvchining imkoniyatlaridan o‗zaro uzviylik va uzluksizlikda
foydalanish, izchil va mantiqiy fikrlash darajasini yaxshilaydi. O‗rganuvshi
subyektning o‗ziga bo‗lgan ishonchini mustahkamlanishiga olib keladi, xususiy
intellektual iste‘dod qirralarini oshishga yo‗naltiradi. Muammoli ta‘limda
individ
ruhiyati, uning o‗zlashtirish qobiliyati, bilim darajasi, ijodkorlik va omilkorlik
fazilatlari yuzaga chiqadi, ko‗rinadi.
Mantiqiy fikrlash, xato qilmaslik kabi
zaruriyatlarning paydo bo‗lishi o‗quvchini izlanish va kashf qilishga yo‗naltiradi. Uni
shaxs sifatida o‗zligini anglashga, o‗z bilimi va iqtidorini o‗zgalarga namoyish qilish
istagini tug‗diradi.
Dostonda bir qancha asosiy va ikkinchi darajali obrazlar mavjud. Ularni
o‗rganishda, avvalo, obrazlar tizimidagi o‗ziga xos xususiyatlarni tahlil qilish,
o‗quvchilarga muammoli savollar, topshiriqlar berish asosida qahramonlar ruhiyatini,
xarakterini, dostondagi o‗rnini ochib berishga harakat qilish zarurdir.
O‗quvchi oldiga bilim berishga yo‗naltiradigan masalalarni qo‗yishda ham, uning
ma‘naviyatini shakllantirish yo‗lida ham muammoli savollar muhim o‗rinni
egallaydi. Bizningcha, ―Alpomish‖ dostonini o‗rganishda
ularning yirik hajmga ega
ekanligini e‘tiborga olib, turli xil muammoli ta‘lim usullaridan, yangicha metod va
texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Muammoli usuldan badiiy asar g‗oyasi, obrazlari to‗g‗risida fikr yuritish,
qiyoslash, nazariy ma‘lumotlarni o‗rgatish jarayonida foydalanish mumkin.
Muammoli ta‘lim natijasida o‗quv materiallarining ta‘lim oluvchi xotirasiga
yaxshi joylashishi va uning mustaqil fikrlash doirasi kengayishi
darajasi birmuncha
yuqori bo‗lishi kuzatiladi. Va hattoki, inson hayotida shu kabi murakkab vaziyatlarga
tushib qolganida, yo‗l topib, chiqib ketishiga yordam beradi.
Dars jarayonida tanlangan muammo hajmi, qamrov doirasi yoki, umuman,
mohiyatidan qat‘iy nazar mavzuning yoritilishiga xizmat qilmog‗i kerak. O‗qituvchi
jamoa fikrini to‗g‗ri tomonga yo‗naltirib yuborishi uchun ko‗maklashishi, masalaning
yangi qirralarini ochib berishga yordam beruvchi qo‗shimcha muammoli savollarni
o‗rtaga tashlashi orqali erishishi mumkin.
61
―Muammoli vaziyat‖ usuli uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta‘lim
oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi zarur. Ular qo‗yilgan muammoning
yechimini topishga qodir bo‗lishlari kerak, aks holda, yechimni topa olmaslik, ta‘lim
oluvchilarning qiziqishlari so‗nishiga, o‗zlariga bo‗lgan ishonchlarning yo‗qolishiga
olib keladi. ―Muammoli vaziyat‖ usuli qo‗llanilganda ta‘lim oluvchilar mustaqil fikr
yuritishni, muammoning sabab va
oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini
topishni o‗rganadilar
47
.
Dostondagi muammoli vaziyatlarni tahlil qilishda o‗qituvchi Keys-stadi, kichik
guruhlarda ishlash, savol-javob, tahlil usuli, ―Tarmoqlar‖ metodlardan foydalanishi
mumkin. ―Keys-stadi‖ usuli orqali o‗qituvchi tomonidan ―Alpomish‖
dostoni
bo‗yicha muammoli savollar o‗rtaga tashlanadi va bu savollar kichik guruhlarda
muhokama qilinadi.
Dostları ilə paylaş: