1-guruh 2-guruh Alpomishning o‗ziga xos voqelik bilan
bog‗liq jihatlarini oqlaydi.
Alpomishning
ojizlik
jihatlarini,
kamchiliklarini qoralaydi.
Alpomish mard va jasur.
Alpomish qo‗rqoq va ojiz.
U or-nomusni har narsadan ustun
qo‗yadi.
Alpomish o‗zining shaxsiy fikriga ega
emas.
Do‗stga sadoqatli, yoriga vafodor.
Singlisi Qaldirg‗och sabab bo‗lmaganda,
u yorini qutqarish kerakligi haqida
o‗ylamas edi.
Vatanparvar o‗zbek o‗g‗loni.
Surxay
kampirning
nayranggiga
uchmasligi kerak edi
…
…
Muammoli ta‘lim texnologiyasining bu turi dostondagi qahramonlar timsoliga
to‗liq tavsif berish, o‗z shaxsiy fikrlarini izohlash bilan birga o‗z qarashlarini, nuqtai
nazarini asosli bayon etish, aniq, ravon, tushunarli tilda fikrlarni yetkazib berish
ko‗nikmasini rivojlantirishga xizmat qiladi
O‗quvchining asarni badiiy o‗zlashtirishi uning tafakkuri va milliy ongi
darajasidan ayri hol emas. O‗quvchi bilan asar qahramonlari orasidagi munosabat va
aloqadorlik qanchalik samimiy, yaqin bo‗lsa, o‗quvchi shaxsiyati o‗zligini shunchalik
to‗la namoyish etadi. O‗quvchi asardagi hodisalarni va hayot hodisalarini taqqoslar
ekan, asl haqiqatni muhokamalarda topishga intiladi. Barchamizga ayonki, qarama-
qarshi fikrlar o‗rtasida tayyor haqiqat emas, yechimini kutayotgan muammo turadi.
O‗quvchining shu muammoni his qilib, ma‘lum bir qarashlarga asoslanib, shaklga
solishi haqiqatni izlash boshlanganidan dalolatdir
51
. O‗quvchi asarga qiziqishi va asar
orqali o‗z-o‗zini tarbiyalashi uchun o‗qituvchi har bir o‗quvchini tinglashi va uning
tuyg‗ularini tuya bilishi lozim.
51
Niyozmetova R. Uzluksiz ta‘lim tizimida o‗zbek adabiyotini o‗rganish metodikasi. Toshkent, 2007 yil.