48
izohlab berishadi. Dars davomida o‗qituvchi har bir guruhga alohida tarqatma
materiallar, krossvord taqdim etadi.
Shuningdek, o‗quvchilar topshiriqlarga javob
berib bo‗lgandan so‗ng, ularga qo‗shimcha tarzda o‗z fikrlarini bayon etishlari uchun
savollar beriladi. Bu metod kichik guruhlar bilan ishlashga
qaratilganligi sababli
o‗quvchilarni darsga ko‗proq diqqatlarini jalb etib, mavzuga qiziqishlarini orttiradi.
Yana bir interfaol usullardan biri ―
Aqliy hujum‖dir. Bu usul o‗quvchilarning
aqlini charxlab,
ularni tezkorlikka, ilg‗orlikka undaydi. Aqliy hujum usulining
og‗zaki va yozma shakllari mavjud. Og‗zaki shaklida o‗qituvchi tomonidan berilgan
savolga o‗quvchilarning har biri o‗z fikrini og‗zaki bildiradi. O‗quvchilar o‗z
javoblarini aniq va qisqa tarzda tezlik bilan aytishlari kerak bo‗ladi. Yozma shaklida
esa berilgan savolga o‗quvchilar o‗z javoblarini qog‗oz kartochkalariga
qisqa tarzda
va barcha ko‗rinadigan qilib bayon etadilar va ular yozuv taxtasiga magnit yordamida
mahkamlanadi. O‗qituvchi o‗quvchilarga:
1) Dostonda ―tarzi gul yuzli, shirin so‗zli, siyosatli kishi‖, deya ta‘riflangan
qahramon kim?
2) Hakimbek yilqi olmoqchi bo‗lgan qo‗riq kimdan qolgan edi?
3) Yetti yillik ayriliqdan so‗ng, yurtiga qaytgan Alpomishni
Qultoy qanday tanib
oladi?
kabi savollar berishi mumkin. Bu savolga, albatta, o‗quvchilar
tezkorlik bilan
javob berishlari kerak bo‗ladi. O‗quvchilardan savoliga javob olish davomida
o‗qituvchi ularning mavzuni qay darajada o‗zlashtirganliklarini bilib oladi va shunga
ko‗ra ularni baholaydi.
Dostları ilə paylaş: