Va adabiyoti universiteti



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/31
tarix05.06.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#125488
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
alpomish diplom ishi

Masalan, Barchinoydan Alpomishga kelgan xatni Boybo‗ri berkitib qo‗yadi. Bu 
bilan Boybo‗rining o‗zi boshlagan yo‗ldan, ya‘ni Barchinga o‗g‗lining uylanishi va 
Boysunning o‗z vataniga qaytishidan voz kechgani ko‗rsatiladi. Voqea rivojida 
Qaldirg‗och hal qiluvchi vazifani bajara boshlaydi. U Barchinning xatini tasodifan 
sandiqdan topib oladi va akasini o‗z qaylig‗ini olib kelish safariga otlantiradi. Bunday 
safar xalq qahramonlik eposining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida baholanadi. 
Alpomish qalmoqlar yurtiga borganida, Barchinning to‗qson alp oldiga qo‗ygan 
shartini bajaruvchilardan biriga aylanadi. Masalan, uning Boychibor oti poygadagi 
to‗rt yuz to‗qson to‗qqizta otga qo‗shilib, besh yuzinchi tulpor bo‗lib Barchin uchun 
boshlangan musobaqada qatnashadi. Bu bilan xalq Alpomishning hammadan 
baquvvat, hammadan mergan, hammadan afzal ekanligini amalda ko‗rsatadi. Shuning 
uchun oti poygada g‗olib kelganidan so‗ng u yoy tortish, tanga pulni ming qadamdan 
urish va to‗qson alp bilan kurash tushish sinovlarida qatnashib o‗zini ko‗rsatadi. Bu 
sinov ham qahramonlik eposi xususiyatlariga mos keladi. 
Dostondagi Barchinoy bilan bog‗liq voqealar baxshilar tomonidan alohida mehr 
bilan tasvirlangan. U zukkoligi, tadbirkorligi jihatidan Alpomishdan qolishmaydi. 
Surxayl kampirning o‗g‗illari Barchinoyni zo‗rlik bilan xotinlikka olmoqchi 
bo‗lganlarida, qiz alplardan birini ko‗tarib yerga shunday uradiki, polvonning 
og‗zidan ko‗pik sachrab ketadi. Shundan so‗nggina alplar Barchinoyga Alpomishni 
kutish uchun olti oy muhlat berishga majbur bo‗ladilar.
Dostonda yana shunday bir lavha borki, unda Qaldirg‗ochning bir so‗zligi 
oqibatida keyingi voqealar davom etadi. Qaldirg‗och sandiqdagi maktubni topib, 
Alpomishni Barchinni olib kelishga undaydi. Ammo Alpomish yoshligi tufayli 


23 
Qultoydan ot ololmaydi. Chorasiz qolgan Alpomish Qalmoq yurtiga borishdan voz 
kechadi. Ana shu paytda Qaldirg‗och akasining oriyatiga tegadigan gaplar aytadi va 
unga dalda beradi. Shundan so‗nggina Alpomish Boychiborga ega bo‗lib, safarga 
otlanadi. Ma‘lum bo‗ladiki, dostondagi voqealar rivojining eng nozik nuqtasida 
Qaldirg‗ochning aralashuvi Alpomishga kuch bag‗ishlaydi. 
O‗qituvchi ayni shu o‗rinda o‗quvchilarga Barchinoy va Qaldirg‗och obrazlari 
orqali tasvirlangan o‗zbek ayoliga xos bo‗lgan mardlik, jasorat kabi fazilatlar, or-
nomus va vijdon masalasi xalqimizda azaldan qadrlanganligini hamda hozir ham 
qadrlanishini, o‗zbek ayollari ana shunday xislatlari bilan hurmatga loyiq 
ekanliklarini tushuntirishi lozim.
Dostonni to‗liq o‗qib chiqsangiz, o‗zbek xalqining qadim zamonlardan buyon 
o‗ziga xos fazilatlarga ega ekaniga guvoh bo‗lasiz. Jumladan, dostonda har qanday 
mushkul vaziyatda ham inson o‗z aql-idrokini yo‗qotmasligi, biror qarorga atroflicha 
mulohaza yuritgan holda kelishi lozimligi uqtiriladi. Insondagi mardlik va jasorat 
alohida qadrlanadi, aytilgan so‗zning qimmati yuqori baholanadi. Zero, o‗z so‗zining 
ustidan chiqadigan mard insongina bunday fazilatlarning qadriga yetishi mumkin. 
Dostonning tasvir yo‗sini rangin. Undagi bironta obraz ham jo‗n, oddiy 
tasvirlanmagan. Jumladan, hatto Boysari obrazi ham tasvir vaziyatiga qarab turli 
ko‗rinishlar kasb etadi. U hamisha faqat mantiqqa zid o‗jarlik bilangina band emas. 
Boysari tadqiqotchilar shu vaqtga qadar da‘vo qilganlari kabi faqat o‗zini 
o‗ylaydigan, o‗jar odamgina emas, nomus tuyg‗usi o‗tkir, otalik mas‘uliyatini chuqur 
his qila biladigan shaxs ham. Bu jihat obrazning quyidagi so‗zlarida to‗liq namoyon 
bo‗ladi: 
Tong otgancha muhlat olib turaman, 
Qalmoqlarga qizim qanday beraman?! 
Yuragim to‗lgandir diydai g‗amda, 
Barchinoydi o‗z tengiga qo‗shmasam, 
Mashhar kuni Barchin qo‗li yoqamda...
21
21
Alpomish (O‗zbek xalq qahramonlik dostoni).- Toshkent: Sharq, 2010, 25-bet 


24 
Uning Yortiboy maslahatidan so‗nggi dardchil holati asarda juda ta‘sirli berilgan 
bo‗lib, o‗qituvchi Boysarining ko‗ngli yuz pora bo‗lganligi lavhasini darslikdan 
ajratib, o‗quvchilarga o‗qib bermog‗i lozim. Ishongan kishilaridan ko‗ngli qolgan, 
ruhan yolg‗iz ekanligini endi anglab yetgan chorasiz boy tushgan holatning izhori 
quyidagi so‗zlarda ifodalangan deyish mumkin: 
Yuragimda ko‗pdir alamli dardlar, 
Mening qizim–sening singling, nomardlar. 
Qizing ber deb mening ko‗nglim bo‗lasan, 
Suyagimni yongan o‗tga solasan, 
Qalmoqlardan battar izza qilasan.
22
Keltirilgan she‘riy parchada nomusli ota iztiroblari nozik berilgan. Shu o‗rinda 
o‗qituvchi o‗quvchilarga farzandining taqdiri haqida qayg‗urayotgan ota timsoli 
vositasida o‗zbek xalqida otaning oila va jamiyatda tutgan o‗rnini izohlab, qiyosiy 
tahlil asosida xalqimiz ruhiyatida otaning qay darajada yuksak mavqega ega 
ekanligini ta‘kidlab o‗tmog‗i lozim.
Dostonning ayni o‗rnida qorin g‗amidagi yaloqxo‗rlarning holati ham e‘tiborga 
loyiq tasvirlangan. Olijanob tuyg‗ular, yuksak sezimlar tanti va mard odamlargagina 
tegishli. Bu sifatlar yuksak insoniy fazilatli kishilar qismati, nasibasi. Ular shu qismat 
dardida yashaydilar: 
Tong otgan so‗ng bitar alplar muhlati, 
Ziyodadir Boysarining kulfati, 
Maslahat bermadi turgan ulfati, 
Qolmadi Boysaribiyning toqati.
23
Dostonda Barchin ruhiyati g‗oyat teran aks ettirilgan. Uning baland martaba, 
baland ruh, baland qadr egasi ekanligi, shu bois o‗ziga ham, o‗zgaga ham yuksak 
talablar bilan yondashishi juda ta‘sirli ifodalangan. Ayni vaqtda odamni anglash, 
uning ruhiy holatini o‗z vaqtida nozik hisobga ola bilishi asarda ortiqcha izoh-u 
tushuntirishlarsiz asosli tasvir etiladi. Barchin — barcha aqlli odamlar singari 
22
O‘sha asar, 26-bet 
23
O‗sha asar, 27-bet. 


25 
murakkab tabiatli. U — turlicha vaziyatlarda o‗z tabiatining anvoyi jihatlarini 
namoyish eta oladigan favqulodda timsol. Bir vaziyatda u — mushtipar, chorasiz 
odam. Otasi Qalmoqqa ko‗chmoqchi bo‗lib, ularni og‗ir ahvolga solganda, yoshgina 
Barchin onasidan yozg‗irib deydi: 
Bul ko‗chishing, ena, mening sho‗rimdir, 
Boy otamman biy boboma ne bo‗ldi? 
...Xo‗ja kelsa, chiqar murid naziri, 
Xotin bo‗lmasmikin erning vaziri?! 
Er deganning aqlin olmas bo‗lurmi? 
Aldab-suldab yo‗lga solmas bo‗lurmi?!
24
Yoki yana bir o‗rindagi holatga e‘tibor qaratamiz: 
...Ot abzallab olib keling enajon, 
Yana qaytib elni ko‗rmagim gumon. 
Yig‗latding, enajon, menday sanamni, 
Kelib ko‗rolmayman maktab jo‗ramni, 
Bunda turmay Qalmoq elga borarsan, 
Qalmoqlardan ko‗p zulmni ko‗rarsan, 
Borib so‗ngra ko‗p pushaymon qilarsan.
25
Erka, hali turmush sinovlariga duch kelmagan, lekin tabiatan tiniq fikrli qiz 
kattalarning adashayotganliklarini, ularni bu yo‗ldan ayol kishigina qaytarishi 
mumkinligini tuyadi. Shu bois botinib: ―Xotin bo‗lmasmikin erning vaziri‖, — deya 
onasiga iddao qiladi. Lekin o‗zbekning qizi bo‗lgani bois yurak yutib noroziligini 
otasiga bildirolmaydi. Chunki, u ota hamisha ulug‗ ko‗riladigan, padardan kamchilik 
axtarilmaydigan o‗zbek oilasida o‗sgan. Shu bois otasining og‗ir holatini hazm 
etolmaydi. Hech qachon shashti qaytmagan Boysarining qalmoqlarga javob berolmay 
og‗ir ahvolda qolganini ko‗rib, mas‘uliyatni o‗z zimmasiga oladi va hech narsadan 
tap tortmaydigan jasur qiz ekanini ko‗rsatadi. Faqat otasiga og‗angizdan ortiq ko‗rib 
ergashtirib kelgan qarindoshlaringiz zap maslahat berdi-ku deganday, gina qiladi: 
24
Alpomish (O‗zbek xalq qahramonlik dostoni). – Toshkent: Sharq, 2010, 28-bet
25
O‗sha asar, 2010, 30-bet 


26 
Juda ham gangidi, boy ota, boshing, 
Maslahat berdi-ku qavmi-qardoshing, 
Ko‗p yig‗lama, jonim otam, darvishim, 
Eshitmagin qarindoshlar so‗zini, 
Qarindoshlar bera qolsin qizini! 
...Xafa qilma, ota, menday qizingdi, 
Qo‗ya ber alplarga mening o‗zimdi...
26
Bu o‗rinda Oybarchin otasini hammadan aziz ko‗ruvchi, uning qiynalishiga 
toqat qilolmaydigan mehribon va oqila farzand sifatida namoyon bo‗ladi. Shu 
o‗rinda, o‗qituvchi o‗zbek xalqida farzandning ota yuziga tik boqib gapirmasligini, 
andishani yuqori o‗ringa qo‗yishini, lekin mana shunday qiyin va murakkab 
vaziyatlarda uni jim kuzatib tura olmaydigan jasoratga ega ekanligini izohlab, 
ularning o‗z shaxsiy fikrlarini so‗raydi. Ota va qiz o‗rtasidagi munosabatlarni alohida 
ta‘kidlab tushuntiradi. 
Oybarchin o‗rni kelganda po‗pisani ham joyiga keltiradi. Uni olmoq payida 
to‗dalashib turgan qalmoqlardan tap tortmay balanddan keladi: 
... Meni olarman deb xayol qilmagin, 
Ketgin qalmoq, kelgan yo‗ldan qolmagin. 
Mening to‗ram, bilsang, Boysun sultoni, 
Unga qurbon menday oyimning joni. 
Mazkur so‗zlar o‗z qadrini biladigan, birovning zug‗umiga osonlikcha bo‗y 
bermaydigan, erkini, ko‗ngil istaklarini, sha‘nini baland tuta biladigan qiz tabiatini 
namoyon etadi. U– chinakam o‗zbek qizi, olti oylik yo‗ldagi qallig‗ini ―to‗ram‖
ming urinib qilolmaganini bir zarb bilan hal etishiga ishonadi. O‗ziga ishonch bunday 
kishida og‗irlik, qanoat tuyg‗ularini shakllantirgan. Dostonda shu jihatlar g‗oyat 
nozik hisobga olingan. Dostonda Boybo‗ri bilan Boysarilarning o‗zaro 
munosabatlari, kelishmasliklari, johilliklari, bemehrliklari va bu holatning sabablari 
haqida alohida to‗xtalinmagan. Ammo, asardagi yondosh tasvirlar bilvosita shu 
26
Alpomish (O‗zbek xalq qahramonlik dostoni).- Toshkent Sharq, 2010, 38-bet 


27 
xulosani chiqarishga xizmat qiladi. Chunonchi, Boybo‗rining Barchin choparlariga 
po‗pisasida eldoshlar, ini, bo‗lg‗usi kelin taqdiriga hukmdor og‗aning mutlaqo 
beparvoligi ko‗zga tashlanadi: ―Bundan ketgancha, Qo‗ng‗irot muzofotidan 
o‗tgancha, Qalmoq viloyatiga yetgancha, yo bir o‗tinchiga, yo bir podachiga, yo 
cho‗lda yurgan cho‗ponga ―Biz Barchinning chopari bo‗lar edik‖ deb og‗zingdan 
chiqarsang, odam buyuraman, keyiningdan quvib yetadi, boshingga qamchi soladi, 
badaningni bo‗zday qilib yirtadi, opkelib dorga tortadi...‖ Agar taqiq buzilsa, 
choparlar boshiga tushishi mumkin bo‗lgan og‗ir kunni imkon qadar ta‘sirli, ravshan 
gavdalantirmoq uchun dostonda badiiy so‗z qudratidan oqilona foydalanilgan. 
Dostonda choparlarning Boybo‗ri taqiqiga munosabati ham chin, tabiiy tasvirlangan: 
―Xo‗p gapni gapirdi, xohi bor, xohi borma, bizdan bir xizmatda, bizning borgan-
bormaganing bilan nima ishimiz bor, ketsa, sening kelining ketadi, qalmoq olsa, 
sening iningning qizini oladi, bizdan ketadigani bir yo‗l xizmatimizda...‖ Bu so‗zlarni 
chin o‗zbekona munosabat tarzining samimiy ifodasi deyish mumkin. Choparlar 
o‗zlarining bor-yo‗g‗i xabarchi ekanliklarini, Boybo‗riga maslahat berib, uni insofga 
chaqirishga haqlari yo‗qligini yaxshi bilishi asarda go‗zal aks ettirilgan.
Dostonda haqiqiy o‗zbek yigitining timsoli bo‗lgan Alpomish - ulkan vujud, 
beadad kuch, shunga yarasha, chegarasiz sabr egasi. O‗zbekning pahlavoni ilmoqli 
gapni ko‗p ham elamaydi. Unga kinoya qilish emas, balki to‗qqiz pulday qilib, tugib 
berganda anglab olsa ham katta gap. Alpomish o‗zini narmoda deyilmish haqoratga 
daxldor ko‗rmaydi, bu sifatni o‗ziga aslo yaqinlashtirmaydi. Shu bois singlisiga 
yuqoridagi so‗roqni beradi. Bu so‗roq esa, nomusli kishi uchun avvalgi holatdan-da 
og‗irroq. 
Qaldirg‗ochning akasiga javobida o‗zbek ayoliga xos eng nurli jihatlar yorqin 
namoyon bo‗ladi: 
Har kim o‗z elida bekmi, to‗rami, 
Narmodalar sendan kamroq bo‗lami?! 
Mardning yori toy-talashda qolami?! 
Mard bo‗lib maydonli kunda yurmagan, 
Yilqichidan bedov siylab minmagan, 


28 
Olmos po‗lat belgan qayrab cholmagan, 
Ot asbobin shaylab Qalmoq bormagan, 
Qalmoqlarga qattiq kunlar solmagan 
Toy-talashda qolgan yorin olmagan, 
Olmos po‗lat belgan qayrab cholmagan, 
Ot asbobin shaylab Qalmoq bormagan, 
Qalmoqlarga qattiq kunlar solmagan 
Toy-talashda qolgan yorin olmagan, 
...Narmodalar sendan ortiq bo‗lami? 
Bu so‗zimni nega og‗ir olasan, 
Yoring ketsa, qanday elda yurasan? 
Tirik yurmay, aka sen ham o‗lasan....
27
Ayol qalbini o‗rtagan, uning vujudini junbushga keltirgan nomus tuyg‗usi, 
alangasi uncha-muncha bemalollikni, loqaydlikni, erinchoqlikni olovday kuydirib 
yuboradi. Ammo, Alpomish oddiy odam emas. Shu sabab u haliyam bu gaplarni 
unchalar anglamaydi, u qadar xijolat bo‗lmaydi. Singilning shuncha achchiq 
ta‘nalaridan so‗nggina bu yirik odamni Qalmoqqa nimada borish muammosi sal 
bezovta qilganday bo‗ladi: ―Yayov boramizmi esa‖ Alpomishning bu bo‗lmag‗ur 
mulohazasi Qaldirg‗ochda qanday munosabat uyg‗otganini tasavvur etish mumkin: 
―To‗qson to‗qay yilqing bor, yayov borib mingani oyoq-ulov topmay yotibsanmi? 
Egar-abzalni olsang, yilqiga Qultoyning qoshiga borsang, ko‗nglingga yoqqanini 
xohlab minib keta bersang‖. Qaldirg‗ochning bu qadar batafsil gapirishiga sabab 
barcha yirik, qoruvli, pahlavon odamlarda bo‗ladigan tepsa-tebranmaslik, 
kamxafsalalik sifatlari akasida qay darajada mavjudligini bilganidan, ijikilab 
tushuntirmasa, 
yana 
nimanidir qilmay yoki noto‗g‗ri qilib qo‗yishidan 
xavotirlanganidan. Shu bois ―egar-abzalni olsang‖, deb ham ta‘kidlaydi. 
Alpomish — og‗ir tosh. Xalqda ―og‗ir tosh ko‗chsa‖ degan gap bor. Alpomishning 
siljishi qiyin. Siljib olsa, uni to‗xtatib bo‗lmaydi. U Qultoydan ot olishga 
27
Alpomish (O‗zbek xalq qahramonlik dostoni) . – Toshkent: Sharq, 2010, 125-bet 


29 
ketayotganda otasiga duch kelishi, Boybo‗rining ―Ko‗rar ko‗zim, bolam, qayda 
borasan?‖ degan so‗roviga o‗g‗ilning: ―Ey, zakot olmay o‗ling siz bir‖, — degani 
Alpomishda sal siljish boshlanganidan dalolat. Bu toifa odamlarga jikillab borib-
kelaverish, qiziqqonlik, bo‗lar-bo‗lmasga ta‘sirlanaverish, o‗rgangan sharoitni 
o‗zgartirish — og‗ir. Shu sabab, uzoq yurtga borish uchun yo‗lga chiqayotgani 
haliyam malol kelib turibdi. Haliyam badani tamomila qizigani yo‗q. O‗ta polvon, 
o‗ta kuchli odamlar bir oz qo‗rqoq kelishi ham bor gap. Buni Boybo‗ri juda yaxshi 
biladi va shu bois Qultoyga: ―Alpomish ketyapti, Kashaldan kelgan xabarni birov 
bildiribdi, bul ish yomon bo‗pti, o‗zi zo‗r-ku, zo‗r bo‗lsa ham juda qo‗rqoq, sal 
do‗qdan ham qo‗rqadi o‗zi, urib-so‗kib, yilqi bermay, do‗qlab qaytarib yuborgin‖. — 
deya tayinlaydi. 
―Alpomish‖dostoniga o‗quvchilarda mehr-muhabbat tuyg‗usini uyg‗otish uchun 
dostonning badiiy-estetik xususiyati haqida ham alohida to‗xtalmog‗i lozim. 
O‗zbekning odobi dostonda yuksak maqomda namoyon bo‗ladi. Quliga qarata: 
―O‗zimga yor, bobo, senga xizmatkor‖ keltiraman deyish faqat o‗zbekning o‗yiga 
kelishi mumkin. Chunki, bizda katta, ulug‗ yoshli odam — har narsadan-da katta va 
ulug‗. Uni e‘zozlash, hurmatlash lozimligi kunning yorug‗ligi singari tabiiy hol. 
Qultoyning Alpomishga mehribon va ularning oilasiga sadoqatli, lekin darvesh tabiat, 
quvnoq, dali-g‗uli va biroz hovliqmaroq kishi ekanligi asarda chuqur tasvirlangan. 
Boybo‗rining gapi bilan yosh Alpomishga ot bermay, uni kaltaklab, kerilganda 
qanchalar samimiy bo‗lsa, yetti yillik ayriliq vaqtida, Hakimbek yo‗qligida azoblar 
ko‗rib, ―Armon bilan farzandimdan ayrildim‖,- deb yig‗lab yurganda ham shunchalar 
astoydil. Alpomish unga o‗g‗il ekanligiga o‗zi ham ishonib qolgan deyish mumkin. 
Qultoy na ishda va na so‗zda me‘yor tuyg‗usini biladi. Alpomishni dastlabki safardan 
qaytarib, ayamay kaltaklaganda qanchalar me‘yorni bilmagan bo‗lsa, uzoq ayriliqdan 
so‗ng tutingan o‗g‗li bilan yo‗liqishganda ham shunchalar me‘yorga amal qilmaydi: 
―Alpomish aytdi:-Men kimga o‗xshayman, 
-Sen bir go‗rga o‗xshaysan, sening o‗xshaganing bilan qachon ishim bor mening, 
senday necha odamlar Alpomish kelayotir, suyunchi ber, deb necha sarkalarimni yeb 


30 
ketgan. Alpomish deb borsak, Qultoy ahmoq bo‗p bizga bir nima beradi, aldab bir 
sarkasini olamiz, deb kepsan,-dedi
28
‖.
Uning Alpomish tomonidan berilgan: ―Hayr, bobo, meni tanimadingiz. 
Alpomishning nima belgisi bor edi?‖- degan so‗rog‗iga qilgan javobida me‘yor 
avvalgilaridan-da battarroq buziladi: 
Qultoy aytdi: - ―Alpomishning belgisi shul edi, o‗ng egnida Shohimardon pirning 
besh panjasining dog‗i bor edi, chap egnida o‗zimning besh panjamning belgisi bor 
edi
29
‖. 
Alpomish bilan Qultoy o‗rtasidagi bu samimiylik sof o‗zbekona turmush 
tarzining mahsulidir. Chunki, qadimdan o‗zbeklarda eng avvalo, yosh e‘tiborga 
olingan va hamma vaqt keksalarga hurmat va muruvvat yetakchilik qilgan. 
O‗qituvchi dars davomida o‗quvchilarga bu samimiy munosabatning ildizi sof 
o‗zbekona ekanligini tushuntirib, kim va qanday mansab-mavqega egaligidan qat‘iy 
nazar kattalarga hurmatda bo‗lish o‗zbekona odatlardan ekanligini tushuntiradi. Va 
shu o‗rinda uni boshqa asarlar bilan qiyoslab, bunday munosabat boshqa asarlarda 
ham ko‗p uchrashini alohida qayd etib, Abdulla Qodiriyning ―O‗tkan kunlar‖ 
romanida Otabek va Hasanali o‗rtasidagi munosabatga ishora qilmog‗i lozim. 
―Otabek mehmonlarni tanchaga o‗tquzib, fotihadan so‗ng Hasanalidan so‗radi: 
- Tuzukmisiz, ota? 
- Xudoyga shukur, - dedi Hasanali, boyag‗idan biroz yengilladim. Mazmuni is 
tekkan ekan. 
- Ba‘zi yumushlar buyursam… 
- Buyuringiz, o‗g‗lim.
- Rahmat, ota, bo‗lmasa bizga choy qaynatib bersangiz-chi. 
- Xo‗b, begim. 
Hasanali chiqdi. Rahmat Otabek bilan yana bir qaytib sog‗liq so‗rashgandan keyin 
so‗radi: 
- Bu kishi kimingiz bo‗ladir, bek aka? 
28
Алпомиш; Рустамхон/(Сўзбоши муаллифи М.Муродов).-Т:Адабиёт ва санъат , 1985, 292-бет. 
29
O‘sha asar
, 1985, 292-bet. 


31 
Otabek Rahmatning savoliga javob bermay eshikka qaradi. Hasanalini hujradan 
uzoqlatib so‗ngra javob berdi: 
- Qulimiz. 
Bu so‗zdan nima uchundir Homid ajablangan edi. 
- Qulingiz? 
- Shundog‗
30
‖. 
Otabekdagi bu istihola ham, o‗z qulini qul emas, ota deb bilishi ham sof 
o‗zbekona tuyg‗uga yo‗g‗rilgan. Alpomish ham Otabek ham ana shunday yuksak 
insoniy fazilatlarga ega bo‗lganligi bilan qadrlidir.
Dostonda to‗y tasviri va milliy urf-odatlar shunday bayon etiladi: 
Haqdan kelgan ishga bo‗yin iydirdi, 
O‗n ming uyli elatni jiydirdi. 
Xabar berdi shunda otlar choptirib, 
Namoyishga oq o‗tovlar yoptirib. 
Barchinoyga to‗y qilmoqchi bo‗ladi. 
Chilbir cho‗lda to‗yni boshlab qoladi. 
Qirq kundan kay to‗ylar oxir bo‗ladi, 
Bir nechalar uyga qarab jo‗nadi. 
... Baxmal o‗tovda chimildiq tutib, kuyov navkarlari bilan kuyovni 
kirgizmoqchi bo‗lib, bir necha xotinlar ―kampir o‗ldi‖ bo‗lib, o‗lganiga bir nima olib, 
―it irillar‖degan rasmini qilib, bunda ham bir nima berib, har zamon salom solib, 
uydan ichkariga kirib, chimildiqqa o‗tirib, oldiga dasturxon solib, ... kuyov 
navkarlarga to‗ppi, ro‗mol, sarpoylar berib, kuyov navkarlar chiqib ketdi. Barchinni 
bekning qoshiga olib kirib, xotinlar rasmini qilib, ―chach siypatar‖, ―qo‗l ushlatar‖ini 
qilib, bir necha yangalar har qaysisi o‗z manziliga ketdi.
31
Ayniqsa, o‗zbek yigiti Alpomish bilan qalmoq Qorajonning do‗stligi, bu 
do‗stlikning doston davomida mustahkamlanib borishi diqqatga sazovor. Zero, 
xalqimizda qadim-qadimdan aka-uka, do‗st tutinish odati mavjud bo‗lib, 
30
Qodiriy A. O‗tkan kunlar// Roman.- Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012, 7-8-betlar. 
31
Alpomish (O‗zbek xalq qahramonlik dostoni). – Toshkent: Sharq , 2010 yil, 136-bet. 


32 
―tug‗ishgandan tutingan afzal‖ degan iboraga aylanib ketgan. Hatto tutinganlarni 
qarindosh-urug‗lari, ota-onasi ham o‗z farzandiday ko‗rgan. Dostondagi Alpomish 
bilan Qorajon o‗rtasidagi do‗stlik haqqoniy va hayajonli lavhalarda ifodalangan va 
katta insoniy do‗stlik elatlar o‗rtasidagi do‗stlik darajasiga ko‗tarilgan. Do‗stga 
sadoqat, va‘daga vafo kabi oliyjanob qadriyatlar shakllangan. Xususan, quyidagi 
parcha orqali Alpomish bilan Qorajon o‗rtasidagi do‗stlik, birodarlik, hurmat-izzat
qadrdonlik uning ota-onasi uchun ham qadrlanganligi ifodalanadi: 
Farzandini xon Boybo‗ri ko‗ribdi, 
Bolam deb, ikkovin birday bilibdi… 
Hakimbekni shunday bag‗riga bosib, 
Qorajonman muhabbat bilan ko‗rishib, 
Sog‗-salomat seni ko‗rdim, Hakimjon,
Ketdi yuragimdan mening yuz armon. 
Bu o‗g‗limning do‗sti ekan Qorajon. 
Bo‗lakdan quchoqlab endi ko‗rishgan, 
Avval bilmabman, deb qildi pushaymon, 
Ikkovini birday ko‗rib ul zamon. 
Barchinni olib kelgan elning to‗rasi, 
Kelib qoldi oq ot mingan enasi. 
Qorajon ikkovin birday so‗radi, 
Enasi aylanib duo qiladi. 
Ushbu misralarni o‗qib berish bilan o‗qituvchi o‗quvchilarga do‗stlik- o‗zbek uchun 
juda nozik, ehtiyotlik hamda e‘tibor talab qiladigan tushuncha ekanligi, bu muqaddas 
rishtani asrash kerak ekanligini uqtiradi. 
Xulosa 
qilib 
aytganda, 
―Alpomish‖ dostoni yurt sog‗inchini o‗zida 
mujassamlashtirgan, ona Vatanga muhabbat, do‗stga va yorga sadoqat kabi 
tuyg‗ularni go‗zal badiiy lavhalarda ifodalay olgan xalqimizning sevimli dostonidir. 
O‗qituvchi o‗zbek xalq dostonlari orasida ―Alpomish‖ xalqimizning ko‗pgina 
xislatlarini o‗zida mujassam etganligi bilan alohida ahamiyatga ega ekanligini 


33 
ta‘kidlab, undagi o‗zbek xalqiga xos xususiyatlarni birma-bir sanab bermog‗i 
maqsadga muvofiqdir: 
- ona Vatanga bo‗lgan muhabbat, el-yurtga cheksiz sadoqat; 
- mehmondo‗stlik va mehmon kutish odoblari; 
- jo‗mardlik va halollik; 
- yoshi ulug‗, keksa insonlar(hatto ular qul bo‗lsa ham)ga hurmat va ularning 
doimo qadrlanishi; 
- ayollarning e‘zozlanishi; 
- do‗st va yorga vafo-sadoqat tuyg‗ulari; 
- ishq-muhabbat va do‗stlik kabi tuyg‗ularning qadrlanishi. 
O‗qituvchi dostonni o‗tish jarayonida asarning mana shu tomonlariga alohida 
e‘tibor qaratishi, asarning tarbiyaviy jihatini ochib berishga ayricha ahamiyat berishi 
kerak. Zero, shundagina dostonni sinchiklab o‗qigan o‗quvchi unda ona Vatan, do‗st-
u yorga bo‗lgan mehr va sadoqat naqadar chuqur aks etganligini his eta oladi. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin