Tadqiqotning metodologik asoslari va metodlari. O‘zbekiston
Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov va Sh. M. Mirziyoyevning
ma‘naviyat, ma‘rifat, milliy va umumbashariy qadriyatlar to‗g‗risidagi fikr-
mulohazalari, milliy adabiyotning shakllanish tarixi hamda ―Alpomish‖ dostoni bilan
bog‗liq bo‗lgan tadqiqotlardagi ilmiy-nazariy qarashlar BMIga metodologik asos
bo‗lib xizmat qildi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik metodlar va texnologiyalar
asosida tahlillar amalga oshirildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. ―Alpomish‖ dostonini ta‘lim tizimida o‗qitishda
zamonaviy pedagogik texnologiyalarning turli yo‗nalishlaridan samarali foydalanish,
ilmiy tavsiyalar berish bilan belgilanadi. Tadqiqot uchun tanlangan manbalarga,
folklorshunoslikda erishilgan so‗nggi yutuqlarga, ilmiy tadqiqotlarga tayangan holda
tahlil etiladi. ―Alpomish‖ dostonini o‗qitishning innovatsion texnologiyalari ishlab
chiqiladi.
Bundan tashqari, dars jarayonida o‗qituvchi hamda o‗quvchilarning ijodkorligi,
faolligini oshirish, mashg‗ulot samaradorligini kuchaytirish, o‗quvchilarda mavzu
uchun kerakli bo‗lgan ma‘lumotlarni internet tarmog‗idan izlash va topish borasida
malaka va ko‗nikmalarni hosil qilishga erishiladi. Olingan ma‘lumotlarni darslikdagi
ma‘lumotlar bilan solishtirib, xulosa chiqarish, o‗quvchilarda mustaqil fikrlash voqea
va hodisalarga shaxsiy munosabatini bildira olishni shakllantiradi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.BMI dan chiqarilgan
xulosalar va natijalar uning amaliy ahamiyatini belgilaydi. Ishning yakuniy
xulosalari, bir tomondan dostonni o‗qitish uslubiyati samaradorligini oshirish uchun
xizmat qilsa, ikkinchi tomondan ta‘lim sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. O‗qituvchi
– pedagoglar uchun metodik qo‗llanma vazifasini o‗taydi. Uslubiy qo‗llanmalar,
uslubiy tavsiyalar yaratish uchun manba bo‗lib xizmat qiladi.