Va adabiyoti universiteti


Tadqiqotning maqsad va vazifalari



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/31
tarix05.06.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#125488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
alpomish diplom ishi

Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Ushbu tadqiqotning maqsadi umumiy 
o‗rta ta‘lim maktab o‗quv dasturiga kiritilgan ―Alpomish‖ dostonini o‗rganishda 
ta‘lim tizimining noan‘anaviy shakllaridan foydalangan holda yangi pedagogik 
texnologiyaning turli vositalarini ijodkorlik bilan qo‗llab, xalq og‗zaki ijodining 
ijtimoiy-tarbiyaviy vositaligini, muhimi, o‗quvchilarda estetik didni shakllantirishda 
muhim badiiy ahamiyatga egaligini ochib berishdir. Tadqiqotda maqsadning bunday 
qo‗llanishi uning vazifalarini ham aniq belgilab beradi. Bu vazifalar quyidagilardan 
iborat: 
- ―Alpomish‖ dostonini xalqimizning boy adabiy merosi va uning tarkibiy qismi 
sifatida o‗rganish; 



- dostonning janr xususiyatlarini tushuntirish va shu orqali o‗quvchilarga og‗zaki 
ijod an‘analari haqida kengroq tushuncha berish; 
- o‗quv dasturiga kiritilgan ―Alpomish‖ dostonini muayyan dostonchilik 
maktablari doirasida o‗rganish va shu orqali baxshi-shoirlar o‗rtasidagi ustoz-
shogirdlik munosabatlarini, barqaror ijro an‘analarini va ijodiy novatorlikni 
o‗rganish; 
- ―Alpomish‖ dostonining o‗zbek folklorida tutgan o‗rnini aniqlash; 
- xalq baxshi-shoirlarining hayoti va ijodini hamda u mansub bo‗lgan 
dostonchilik maktabining o‗ziga xos yo‗nalishlarini tahlil qilish; 
- doston badiiyatini, sujeti va kompozitsiyasini o‗rganishda yangi pedagogik 
texnologiyalarni ishlab chiqish; 
- darsning jonli va qiziqarli o‗tishini ta‘minlashda AKT vositalaridan unumli 
foydalanish; 
- ―Alpomish‖ dostonini o‗qitishda interaktiv metodlardan foydalanish; 
- Dars sifatini oshirish va samaradorligini aniqlashda jadvallar, tarqatma 
materiallar va test savollari tuzish; 
- dostonni o‗rganishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning 
ahamiyatini tadqiq etish. 
Tadqiqotning obyekti va predmeti. Mazkur tadqiqotda xalq og‗zaki ijodini 
yangicha pedagogik tafakkur tamoyillariga tayanib o‗rganish masalasi tadqiqot 
predmeti sifatida o‗rganildi. 
Tadqiqot uchun asosiy ob‘yekt sifatida Fozil Yo‗ldosh o‗g‗li kuylagan 
―Alpomish‖ dostoni hamda umumiy o‗rta ta‘lim maktabining 9-sinf adabiyot 
darsligida berilgan dostondan parchalar olindi. Fikrimizni rivojlantirish, ta‘lim 
samaradorligini oshirish maqsadida oliy o‗quv yurtlari uchun K.Imomov va 
boshqalar muallifligida tayyorlangan ―Xalq og‗zaki poetik ijodi‖ darsligi, O.Madayev 
va T.Sobitova muallifligidagi akademik litseylar uchun ―Xalq og‗zaki poetik ijodi‖ 
darsligi va yangicha pedagogik texnologiyalar, ta‘limning zamonaviy ilmiy-metodik 
usullaridan foydalanildi. 




Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin