Va adabiyoti universiteti



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/31
tarix05.06.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#125488
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
alpomish diplom ishi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


46 
2.2. Dostondagi obrazlar tizimini o„rganishda interaktiv metodlardan 
foydalanish 
Hozirda ta‘lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‗nalishlardan 
biri interfaol ta‘lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan 
o‗qituvchilari dars mashg‗ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq 
foydalanmoqdalar. 
Interfaol usullarni qo‗llash natijasida o‗quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil 
qilish, xulosalar chiqarish, o‗z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila 
bilish, sog‗lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‗nikmalari shakllanib, 
rivojlanib boradi.
Bugungi kunda jamiyatimizda yoshlar tarbiyasi barchaning birdek diqqat- 
e‘tiborida turgan dolzarb masalardan biridir. O‗qituvchi tomonidan o‗quv jarayonida 
yoshlarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar, zamonaviy 
uslublarning qo‗llanishi, yoshlarni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir 
masalaga ijodiy yondashish, mas‘uliyatni his qilish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib 
borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan foydalanishga, eng asosiysi, o‗qishga, fanga 
va o‗zi tanlagan kasbiga bo‗lgan qiziqishlarini, shuningdek pedagogik faoliyatga 
nisbatan hurmatini kuchaytiradi.
Ta‘lim islohotlarining zamonaviy bosqichi jamiyatda yuz berayotgan 
yangilanishlarning tezkorligi, ta‘lim mussasalariga qo‗yilayotgan yangi, yanada 
yuqori talablarga tezroq moslashish bilan bog‗liq dolzarb vazifalarni ilgari surmoqda. 
Bunday sharoitlarda ta‘lim muassasasini rivojlantirish va zamon talablari darajasida 
faoliyat ko‗rsatishini ta‘minlashga qaratilgan tadbirlar salmog‗i uzluksiz ortib boradi. 
Qo‗yilayotgan vazifalarning deyarli barchasi, tamoyil jihatidan, yangi talablarni 
keltirib chiqaradi va ularni hal qilishda jamoaning faqatgina mavjud tajriba asosida 
ish ko‗rishi yetarli bo‗lmay qoladi.
Ta‘lim sohasidagi zamonaviy intilishlar − ta‘lim jarayonini shaxs rivojlanishiga 
yo‗naltirishdir, ya‘ni: 


47 
- o‗qishga bo‗lgan qobiliyatlarini rivojlantirish, bu − katta hajmdagi ma‗lumotlarni
o‗zlashtirish ko‗nikmasini rivojlantirish; 
- turli vaziyatlarda eng muqobil harakat qilish qobiliyatlarini rivojlantirish; ya‘ni 
inqiroz sharoitlarida yosh mutaxassisni samarali harakat qilish ko‗nikmasi; 
- ta‘lim faoliyati subyektlarini avtoritardan insonparvar – muloqotli faol o‗zaro 
harakatga o‗tishi; 
- faol ta‘lim metodlarini keng targ‗ib etish hamda tajribalar almashish, seminar-
treninglar, dasturlashtirilgan, kompyuterli ta‘lim, o‗quv guruhli munozaralar, 
ishbilarmon o‗yinlar. 
Bir necha yillik tajribadan kuzatilishicha, interfaol usullar o‗quvchi yoshlarning 
bilimli, erkin fikrlaydigan shaxs bo‗lib voyaga yetishlarini ta‘minlashning asosiy 
garovi bo‗lib xizmat qilmoqda.
Ta‘limda interfaol uslub − bu o‗quvchi bilan o‗qituvchi o‗rtasidagi ta‘limni 
o‗zlashtirish munosabatini kuchaytirish, faollashtirish demakdir. “Guruh bilan 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin