36
2.1 Doston kompozitsiyasini o„rganishda innovatsion yondashuv.
Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar,
pedagogik va axborot texnologiyalarini o‗quv jarayonida qo‗llashga bo‗lgan qiziqish,
e‘tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo‗lishining sabablaridan biri: shu
vaqtgacha an‘anaviy ta‘limda o‗quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga
o‗rgatilgan bo‗lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‗zlari
qidirib topishlariga, mustaqil o‗rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham
o‗zlari keltirib chiqarishlariga o‗rgatadi. O‗qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi,
shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir
qatorda boshqaruvchilik, yo‗naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta‘lim jarayonida
o‗quvchi asosiy figuraga aylanadi.
Shuning uchun umumiy o‗rta ta‘limida adabiyot darslarida zamonaviy o‗qitish
metodlari - interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o‗rni va roli benihoya
kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va
interaktiv metodlar o‗quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo‗lishlarini
ta‘minlaydi.
Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3-ming yillikda
davlatimiz ta‘lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o‗qituvchi faoliyati yangilanadi,
o‗quvchilarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat,
insonparvarlik tuyg‗ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
Dastlab ―texnologiya― tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‗z texnikaviy
taraqqiyot bilan bog‗liq holda fanga 1872 -yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‗zdan
- ―texnos― (techne) - san‘at, hunar va ―logos― (logos) - fan so‗zlaridan tashkil topib,
―hunar fani― ma‘nosini anglatadi. Biroq, bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni
to‗liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va
sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‗zda
tutadi. Pedagogik texnologiya – bu o‗qituvchining o‗qitish vositalari yordamida
o‗quvchilarga muayyan sharoitda ta‘sir ko‗rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida
ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarni intensiv shakllantirish jarayonidir.
Yuqorida keltirilgan ta‘rifdan ko‗rinib turibdiki, pedagogik texnologiya tushunchasini
37
izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga
berilgan ta‘riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko‗pdir. Pedagogik
nashrlarda ―texnologiya‖ atamasining xilma-xil ko‗rinishlarini uchratish mumkin:
―o‗qitish texnologiyasi‖, ―o‗quv jarayoni texnologiyasi‖, ―ma‘lumot texnologiyasi―
va hokazo
32
.
Pedagogik texnologiya o‗qitish jarayoning o‗zaro bog‗liq qismlarini tashkiliy
jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarni ko‗rish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash,
mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishni
ta‘minlaydi. Yoxud pedagogik texnologiya o‗qituvchining kasbiy faoliyatini
yangilovchi va ta‘limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig‗indisidir.
Texnologiya o‗zining egiluvchanligi, natijalarning turg‗unligi, samaradorligi,
oldindan loyihalanish zarurati bilan metodikadan farqlanib turadi. Shu bilan
birgalikda ma‘lum vaqt davomida pedagogik texnologiya o‗quv jarayonini texnik
vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelindi. Faqat 70-yillardan boshlab
pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin etila boshlandi.
Yapon olimi T. Sakamoto tomonidan ―o‗qitish texnologiyasi - bu o‗qitishning
maqbulligini ta‘minlovchi yo‗l-yo‗riqlar tizimi bilan bog‗liq bilimlar sohasi― ekanligi
e‘tirof etiladi.
Obyektiv borliqni o‗rganishning tizimli yondashish metodi fanda keng ko‗lamda
qo‗llanilgach, uning ta‘siri ostida asta-sekinlik bilan pedagogik texnologiya
mohiyatiga ham aniqlik kiritildi: rus olimasi N.F. Talizina texnologiyani ―belgilangan
o‗quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat― deb tushuntiradi.
Shuningdek, olima zamonaviy o‗qitish texnologiyasi haqida fikr yuritib, uni alohida
fan sifatida qarash lozimligini uqtiradi: ―O‗qitish texnologiyasi - bu o‗quv jarayonini
nima real tavsiflasa o‗sha, o‗qituvchiga o‗rnatilgan maqsadlarga erishish uchun
nimaga tayanish zarur bo‗lsa o‗sha.‖
Pedagogik texnologiyani fan sifatida e‘tirof etish K.K Selevko tomonidan ham
ma‘qullandi: ―Pedagogik texnologiya o‗qitishning birmuncha oqilona yo‗llarini
32
Toipova O‘. Q., Usmonbekova M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari.T.: Fan, 2006.
38
tadqiq qiluvchi fan sifatida ham, ta‘limda qo‗llaniladigan usullar, prinsiplar va
regulyativlar sifatida ham, real o‗qitish jarayoni sifatida ham mavjuddir‖.
Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi – bu o‗qituvchi va o‗quvchilarning
belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun
tanlagan texnologiyalariga bog‗liq deb hisoblaymiz, ya‘ni o‗qitish jarayonida,
maqsad bo‗yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo‗llaniladigan har bir ta‘lim
texnologiyasi o‗qituvchi va o‗quvchi o‗rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa,
har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‗quv jarayonida o‗quvchilar mustaqil fikrlay
olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o‗zlari xulosa qila olsalar,
o‗zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o‗qituvchi esa ularning bunday
faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu,
o‗qitish jarayonining asosi hisoblanadi.
Har bir dars, mavzu, o‗quv predmetining o‗ziga xos texnologiyasi bor, ya‘ni
o‗quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu yakka tartibdagi jarayon bo‗lib, u
o‗quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‗naltirilgan, oldindan
loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
O‗qituvchi va o‗quvchining maqsadli natijaga erishishida qanday texnologiyani
tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga
erishishga qaratilgan, bunda o‗quvchilarning bilim saviyasi, guruh xarakteri,
sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun
balkim, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim film, tarqatma material, chizma va
plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo‗lar, bular o‗qituvchi va
o‗quvchiga bog‗liq.
Shu bilan bir qatorda o‗qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu
jarayonda o‗qituvchi o‗quv predmetining o‗ziga xos tomonini, joy va sharoitni, eng
asosiysi, o‗quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatni
tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga
erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o‗quvchini ta‘limning markaziga olib chiqish
kerak. O‗qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko‗ra bilish va uni tasavvur
etish uchun bo‗lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o‗qituvchiga u
39
tomonidan bo‗lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir,
chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‗qitilayotgan
predmet, fanning xususiyatidan, o‗quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib
chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning
uchun o‗qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot
texnologiyalardan xabardor bo‗lishi, shuningdek, juda ko‗p metodlar, usullarni bilishi
kerak bo‗ladi. Har bir darsni rang-barang, qiziqarli bo‗lishi avvaldan puxta o‗ylab
tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog‗liq.
Adabiyot ta‘limida ―Alpomish‖ dostonining o‗qitilishida innovatsion
texnologiyalarning qo‗llanilishi o‗quvchilarga mavzuni oson o‗zlashtirilishiga va asar
haqida chuqur ma‘lumotga ega bo‗lishlariga yordam beradi.
―Alpomish‖ dostonining sujeti bilan o‗quvchilar uning Y.Burova rejissorligida
ishlangan kinofilmi orqali yaxshi tanish bo‗lganliklari sababli o‗qituvchi ularga
doston kompozitsiyasidagi kinoda qo‗yilmagan o‗rinlarni aytib berishi yoki uning
baxshilar tomonidan kuylangan audio yoki videosini kompyuter orqali qo‗yib
eshittirishi mumkin. Bu esa doston kompozitsiyasini o‗qitishda o‗qituvchiga
yordamchi material sifatida xizmat qiladi va o‗qituvchi shu o‗rinda darsda
multimedia vositalaridan unumli foydalanadi.
O‗zbek xalq dostonlari sinkretik (aralash) san‘at namunasi hisoblanadi. Shu
jumladan, ―Alpomish‖ ham. Unda doston matni, kuyi va birorta cholg‗u asbobi
ishtirok etishi shart. Bularsiz tinglovchi xalq dostonlarini to‗liq qabul qila olmaydi.
Lekin, bugungi o‗quvchi uchun doston matni asosiy manba bo‗lib xizmat qiladi.
Maktab darsligida berilgan dostondan parcha ham doston haqida to‗liq ma‘lumot
bermasa-da, uning badiiy go‗zalligini, estetik jozibadorligini o‗quvchi qalbiga
singdiruvchi asosiy vositadir. O‗qituvchi maqsadga erishish uchun texnik
vositalardan, jumladan, kompyuter yoki boshqa multimedia vositalaridan
foydalangan holda dostonning jonli ijrosi bilan o‗quvchini tanishtirish mumkin.
Shunga qaramasdan, ikkinchi bir mas‘uliyatli vazifa yuklanadiki, doston matnini
o‗quvchiga to‗la holda yetkazish uchun dostonning to‗liq nashridan parchalarni o‗qib
berish va tahlil etish ham zarur.
40
O‗qituvchi doston kompozitsiyasi haqida umumiy tushuncha berar ekan, eng
avvalo, sa‘j san‘ati haqida ma‘lumot berishi lozim. Sa‘j xalq dostonlarida muhim epik
komponent bo‗lib, nasriy bayonni qofiyalangan holda, ma‘lum vaznlarga solingan
tarzda aytilishidir
33
. Bu san‘at dostonning nasriy kirish qismida, qahramonlar portreti,
tabiat tasviri va xotimada keng qo‗llaniladi. O‗qituvchi nazariy fikrlarni aytgach, sa‘j
san‘ati bilan bog‗liq dostonda qo‗llaniladigan an‘anaviy zachinni o‗qib bergani
ma‘qul: ―Biylarning ko‗nglini xushlamadi, otini ushlamadi, ostiga libos tashlamadi‖
34
yoki ―Xaloyiqlar ham ko‗rdi: tarzi gul yuzli, shirin so‘zli, bir siyosatli kishi qalandar
bo‗lib kelayotir‖
35
, ―Toychi viloyatinda, Qalmoq muzofotinda bir Surxayl degan
Kampir bor edi‖
36
.
Dostonda qofiya bilan kelgan so‗zlar ajratib ko‗rsatiladi va o‗quvchilarga nasriy
qofiyaning o‗ziga xos xususiyatlari haqida tushuncha beradi.
O‗qituvchi ―Alpomish‖dostonining kompozitsiyasini o‗quvchilarga o‗qitishda
avvalo, ularni doston syujeti bilan qiziqtirishi hamda ularda doston haqida umumiy
tasavvur uyg‗otishi lozim. So‗ngra dostonning baxshilar tomonidan kuylangan
variantlarini qo‗yib berish orqali ularning diqqatini yanada ko‗proq darsga jalb qilish
imkoni paydo bo‗ladi. Shu orqali o‗qituvchi dars jarayonida innovatsion
texnologiyalardan o‗rinli foydalanishi mumkin.
Dars jarayonida o‗qituvchi o‗quvchilar diqqatini mavzuga qaratish uchun
oldindan tayyorgarlik ko‗rilgan kichik sahna ko‗rinishini bir nechta o‗quvchilar
yordamida ko‗rsatib berishi mumkin:
O‗quvchi (baxshi): Alpomishning singlisi Qaldirg‗ochoyim akasiga qarab bir so‗z
aytib turgan ekan
37
.
O‗quvchi (Qaldirg‗och):
Aka, senga aytadigan arzim bor,
Talash bo‗pti boyning qizi zulfakdor.
33
Yusupova Dilnavoz. Adabiyotdan universal qo‘llanma. – Toshkent: Akademnashr, 2014. – B. 23.
34
Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J. Adabiyot: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf uchun darslik, 1-
qism. – Toshkent. 2014-yil, 8-bet.
35
O‘sha kitob. 10-bet.
36
O‘sha kitob. 17-bet.
37
Мирзаев Т., Зарипов Ҳ. - Алпомиш. Тошкент: Ўзбекистон, 1992-йил, 67-бет
41
Mard yigitning yori talash bo‗larmi,
Er yigitning yorin qalmoq olarmi?
Aka, aytgan so‗zim og‗ir olmagin,
Narmoda ishini bunda qilmagin
38
.
O‗quvchi (baxshi): Bu so‗zni eshitib, Hakimbek narmoda degan gapni ko‗ngliga
og‗ir olib, qizlarga qarab, narmoda degan gapning ma‘nosi nima deb so‗rab turgan
ekan.
O‗quvchi (Alpomish):
Jafo tig‗i bu kun jondin o‗tadi,
Ayriliq xanjari bag‗rim yirtadi,
Narmoda deb qizlar kimni aytadi?
Narmoda deganga ko‗nglim buzildi,
Diyda giryon bo‗lib bag‗rim ezildi.
O‗quvchi (baxshi): Bu so‗zni akasidan eshitib, Qaldirg‗ochoyim bir so‗z aytib
turgan ekan.
O‗quvchi (Qaldirg‗och):
Har kim o‗z elida bekmi, to‗rami,
Narmodalar sendan kamroq bo‗lami?
U sababdan bunda xabar kelibdi,
Aka, sendan bormoq lozim bo‗libdi.
O‗quvchi (baxshi): Bu so‗zni eshitib, Hakimbek Qaldirg‗ochga qarab dedi:
O‗quvchi (Alpomish): Yayov boramizmi esa?
O‗quvchi (Qaldirg‗och): To‗qson to‗qay yilqing bor, yayov borib, mingani oyoq-
ulov topmay yotibsanmi? Egar-abzalni olsang, yilqiga Qultoyning yoniga borsang,
ko‗nglingga yoqqanini minib keta bersang.
O‗quvchi (baxshi): Qaldirg‗ochoyim egar-abzalni, sovut-qalqonni, yov-yaroq,
asbobni, ayil-pushtanga solib, o‗xshatib bo‗g‗ib, ko‗tartirib yubordi
39
.
38
O‘sha kitob, 68-bet.
39
Mirzayev T., Zaripov H. - Alpomish. Toshkent: O‘zbekiston, 1992-yil, 69-70-betlar.
42
Dars jarayonida bir nechta o‗quvchilarni oldindan tayyorlab, mana shunday qisqa
sahna ko‗rinishni o‗quvchilar e‘tiboriga havola etish ularning asarga qiziqishlarini
orttirib, ularni o‗ylashga, xulosa chiqarishga chaqiradi, mustaqil fikrlashlari va tahlil
etishlariga imkoniyat yaratadi.
Shuningdek, Alpomish shajarasi haqida ma‘lumot berish uchun slayd orqali daraxt
ko‗rinishida shajara ko‗rsatilib, Alpomishning ajdodlari va avlodlari bilan tanishtirish
mumkin:
―Alpomish‖ dostonining matni ustida ishlashda o‗qituvchi doston yaratilgan davr
tili va bugungi adabiy til o‗rtasida farq borligini o‗quvchilarga tushuntirmog‗i lozim.
Shuning uchun, o‗qituvchi maktab darsligida berilgan ―Alpomish‖ dostonining
matnini o‗quvchilarga o‗qish uchun vazifa qilib berar ekan, o‗zlari uchun notanish
bo‗lgan so‗zlarning ro‗yxatini tuzib kelishni topshiriq qilib beradi.Tabiiy ravishda
43
o‗qituvchining o‗zi ham doston matni uchun alohida lug‗at tuzib olishi maqsadga
muvofiqdir. Bu lug‗at ―O‗zbek tilining izohli lug‗ati‖ yoki ―Alpomish‖ dostonining
izohli lug‗ati‖
40
asosida tuziladi. Bundan tashqari, 9-sinf adabiyot darsligida berilgan
dostondagi so‗zlarning izohli lug‗ati ham 5 soatlik dars jarayonida o‗qituvchiga
asosiy dasturulamal bo‗lib xizmat qiladi
41
.
―Alpomish‖ dostonining matni ustida ishlash o‗qituvchidan katta mas‘uliyatni
talab qiladi. Chunki, o‗qituvchi birgina shu doston misolida butun o‗zbek xalq
dostonchiligi, uning mazmun-mohiyati, badiiy adabiyotda tutgan o‗rni, xalqimiz
ma‘naviyatiga ta‘siri, o‗quvchilarning komil inson bo‗lib yetishishlaridagi ulkan
vazifasi, bir so‗z bilan aytganda, dostonchilikka xos bo‗lgan badiiy estetik funksiyasi
haqida ma‘lumot bermog‗i lozim.
Qalmoq elida talash bo‗layotgan yori haqidagi xabarni eshitib, uni qutqarish
uchun yo‗lga otlangan Alpomishning holati o‗quvchining ko‗z o‗ngida namoyon
bo‗lar ekan, o‗qituvchi o‗quvchilarga aynan o‗sha o‗rinlarni o‗qib, shu tasvirlar orqali
qahramonning ruhiy olamini o‗quvchiga uqtirishi mumkin:
Siltab yuradi Boychibor,
Yaqin bo‗lar uzoq yo‗llar,
Yo‗l yurar davlatli shunqor,
Qalmoq yurtini axtarar,
Yolg‗iz ketdi bunda shunqor.
Hakimbek qildi g‗ayratdi,
Qiladi otga shiddatdi,
Izhor cho‗lni to‗zon tutdi,
Yo‗lning tanobini tortdi
42
Qahramonning yo‗l taassurotlari shoir tomonidan bayon etishda she‘r vaznining
o‗ynoqi va yengil bo‗lishiga ahamiyat beradi. Xuddi, ot yo‗rtib yoki chopib
40
Mirzayev T., Jabbor Eshonqul, Selami Fidokor. “Alpomish” dostonining izohli lug‘ati. – Toshkent: Elmus-Press-media,
2007.
41
Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J. Adabiyot: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf uchun darslik, 1-
qism. – Toshkent. 2014-yil.
42
Mirzayev T., Zaripov H. - Alpomish. Toshkent: O‘zbekiston, 1992-yil. 82-bet.
44
borayotganidek, qahramonning ruhiyati ham shu kayfiyatda bo‗ladi. She‘rdagi
bo‗g‗inlar va turoqlar soni shunga qarab o‗zgarib boradi. Otlar chopishi, jang
manzaralari, personajlarning tezkor va shiddatli harakatlari aks etgan o‗rinlar yetti-
sakkiz bo‗g‗inli she‘rlar bilan ifodalanadi
43
. Biz bunday holatni barcha xalq
dostonlari uchun tipologik hodisa hisoblangan qahramonning mardligi, jasurligi,
botirligini namoyon qiluvchi musobaqalarda, jang lavhalarida ham ko‗rishimiz
mumkin. Doston qahramonlari hamma vaqt adolat uchun, yurtning ozodligi va elning
farovonligi uchun, or-nomus, iymon va din uchun jangga kiradilar. Shu sababli
dostonlarda ro‗y beradigan bunday lavhalar adabiyotning boshqa janrlaridagi
lavhalardan farq qilib, o‗quvchida og‗ir taassurot qoldirmaydi. Tushkun kayfiyat
uyg‗onmaydi. Aksincha, o‗quvchi dostondagi kurash va jang lavhalarini zavq-shavq
bilan, qahramonga havas qilib tinglaydi yoki o‗qiydi. Shuning uchun dostondagi ana
shunday lavhalarni o‗qituvchining ohang bilan rolga kirishib o‗qib bermog‗i
maqsadga muvofiqdir.
―Alpomish‖ dostoni xalqimizning asrlar davomida badiiy sayqal topgan adabiy
merosi bo‗lishi bilan bir qatorda xalqimizning muqaddas urf-odatlarini, milliy
qadriyatlarini, umuminsoniy fazilatlarini mujassamlashtirgan ulkan epik obidadir.
Shuning uchun, o‗qituvchi dostondagi milliy urf-odatlar tasviri berilgan o‗rinlarni
aytib o‗tishi, shuningdek, hozirgi kundagi urf-odatlar bilan solishtirib tushuntirishi
mumkin.
Dostonda betakror an‘analar, ota-bola munosabati, farzand tarbiyasi, yoshlarning
ishq-muhabbatga qarashi, taqdir tadbiri, do‗stlik va unga turfa xil munosabat kabi
g‗oyalar badiiy lavhalarda kuylangan. Dostonning didaktik ahamiyati esa mana shu
voqealarga qahramonlarning munosabati, ishq-muhabbat va do‗stlikni qadrlashi,
farzand tarbiyalash va uni tushuna bilish, taqdirga bosh egish va ayni paytda hayot
uchun kurash kabi umuminsoniy va ayni paytda sof milliy xususiyatlarda namoyon
bo‗ladi. O‗qituvchi ushbu dostonni o‗tish paytida mana shu xususiyatlarga alohida
e‘tibor berishi, uni hayotiy voqealar bilan qiyosiy tarzda tushuntirib bermog‗i, shu
43
Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J. Adabiyot: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf uchun darslik, 1-
qism. – Toshkent. 2014-yil, 44-bet.
45
yo‗l bilan yosh avlodning ongi va qalbiga milliy an‘ana va qadriyatlarimizga mehr-
muhabbat tuyg‗ularini uyg‗ota olishi kerak. Shundagina ushbu mavzuni o‗tishda
oldinga qo‗yilgan maqsadga yetiladi.
Dostları ilə paylaş: |